13
jarangli va jarangsiz variantlarda ishlatilishi bobida qadimgi yodgorliklar bilan
o‘xshash tomonlar bo‘lishi bilan birga ma’lum farqlar bor.
Bu masalada qadimgi yodgorliklar o‘rtasida ham o‘zaro farqlar mavjud
bo‘lib, bu manbalarni mazkur masala bo‘yicha shartli ravishda uch gruppaga
bo‘lish mumkin: 1. O‘rxun-enisey yodgorliklari; 2. XI asr yodgorliklari –
«Qutadg‘u bilig» va «Devonu lug‘otit turk» asarlari; 3. Qadimgi uyg‘ur tiliga oid
matnlar. Shu bilan birga har bir gruppaga oid manbalar o‘rtasida ham juz’iy
farqlar bor. 1. O‘rxun-enisey yodgorliklarida
-dы affiksining jarangli va jarangsiz
variantlarda ishlatilishi quyidagicha bo‘lgan:
O‘rxun yozuvlarida, jumladan, «Kultegin» va «To‘nyuquq» yodnomalarida
[l], [r] [n] sonor tovushlari bilan tugagan fe’llarga jarangsiz
-tы/-ti variantlari
qo‘shilgan: qaltы, kolti, urtы, kөrti, өtүnti kabi. Boshqa o‘rinlarda esa jarangli
-
Dostları ilə paylaş: