Murakkablashti-ruvchi vosita shu gapning bo’lagi hisoblanadi.
Uyushiq bo’laklar
Gullar, rayhonlar va maysalar ajib bir go’zallik baxsh etadi. U o’qidi, biroq yozmadi.
Ajratilgan bo’laklar
Ukam, qo’zichog’im, orom olib uxlayapdi.
Oshpazning, Alimjonning, qo’li gul ekan.
Yozda, qovun pishig’ida, havo kechasi ham dim bo’ladi.
Murakkblashti-ruvchi vosita shu gapning bo’lagi hisoblanmaydi.
Kirish birikmalari
Majlisga dadam, albatta, boradi, balki akam ham borar.
Baxtimizga, havo ochilib ketdi. O’sha odam, men sizga aytsam, maktabimizga direktor bo’ldi.
Kiritma birikmalar
Onam (o’gay) qarg’agani-qarg’agan edi.
Bolani (uyda kattalardan hech kim yo’q edi) men o’zim uyg’otdim.
Undalmalar
Mashinalarni tezroq ishga sol, qizim, vaqt g’animat! (I.R.) O’rtoqlar! Bizning oldimizda katta vazifalar turibdi.
Muhokama uchun savollar: 1. Soda gaplarning tuzilishiga ko’ra turlari.
2. Sodda gaplarning murakkablashuvi nimaga ko’ra ro’y beradi?
3. Uyushiq kesimli gaplar va uyushgan gaplar.
4. Ajratilgan bo’laklar va oborotlar.
5. Undalma va eganing munosabati.
6. Kirish va kiritma munosabati.