Akkulturatslya deb ataladi. Individ o'z madaniyatining an'analari va qadriyatlarini unutib, begona madaniyatga to'liq kirishib ketadigan jarayon assimilyatsiya



Yüklə 21,38 Kb.
səhifə2/4
tarix31.01.2023
ölçüsü21,38 Kb.
#122805
1   2   3   4
Boshqa madaniyat an

An'analar. Bilim olish va uni uzatishning eng ishonchli manbalaridan biri an'analardir, chunki donolik asrlar osha aynan ularda jamlanadi. Ijtimoiy qoidalar, xatti-harakat normalari, qadriyatlar, g'oyalar, udumlar, marosimlar va shu kabilar an'ana sifatida amal qilishi mumkin. Turli-tuman an'analar har qanday jamiyatda, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida mavjud. Biroq bu fikr an'anaviy tasawur va xulosalarni pisand qil-maydiganlarni ruhiy nosog'lom yoki tentak, deb atashimiz, yoxud, agar an'ana o'tmishda ijobiy bo'lgan bo'lsa, uning asosiy qoidalarini shu turishicha qabul qilish kerak deyishimiz mumkinligini bildiradimi? Bu savollarga javob berayotib, an'ana o'tmishdagi avlodlar tomonidan to'plangan donolik majmuyini ham, aqlsizlik majmuyini ham o'zida saqlashini hisobga olish lozim. Shu munosabat bilan, bu an'analardan haqiqiy, asl narsalarni ajratib olib, jamiyat taraqqiyoti yo'lida g'ov bo'lishi mumkin bo'lgan barcha eskilik sarqitlarini tashlab yuborish zarur.
Odatlar'. Insonning jamiyatdagi hayoti hamisha muammolarga boy: atrofdagi voqelikka qanday moslashish mumkin, farovon hayot mevalarini qanday baham ko'rish kerak, boshqa odamlarga qanday mutanosib bo'lish kerak va hokazo. Har bir kishi, imkoni boricha, bu muammolarni hal qilishga intiladi. Muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz urinishlar davomida turli ijtimoiy guruhlar va, umuman, jamiyat sekin-asta yurish-turishning samarali namunalarini shakllantiradi. Bu namunalar jamiyat a'zolariga ham atrof-muhit bilan, ham bir-birlari bilan murosa qilish imkonini beradi. Ba'zi xalqlar borki, ularda, masalan, polda o'tirib ovqatlanish qabul qilingan, boshqalar esa stulda o'tirib, stolda ovqatlanadi. Bir-birini ko'rganda salom-lashish yoki so'rashish barcha qit'alarda yashovchi xalqlarda mavjud, ular umumiy bo'lsa-da, har xil ijro etiladi.
An'analar va odatlarga oid tadbirlarda — marosimlarda2 ishtirok etish alohida shaxs bilan jamiyat o'rtasidagi aloqani mustahkamlashga yordam beradi. U ijtimoiy ongning barcha shakllari bilan bog'liq. Marosimlarda kishilarning ijtimoiy tajribasi to'planib, yangi avlodlarga uzatiladi. Marosimning shaxsni shakllantiruvchi vosita sifatidagi o'ziga xosligi u inson ongiga ham aql-idrok, ham his-tuyg'u shaklida ta'sir ko'rsatishida namoyon bo'ladi. Urf-odatlarning insonga ta'siridagi aql-idrok va his-tuyg'uning uyg'unligi ijtimoiy fikrning shakllanishiga katta ta'sir ko'rsatadi. An'anaviy tadbirlarda ishtirok etish shaxsga uning xalq bilan, jamoa bilan birligini anglatadi va odamlar hamda, umuman, jamiyat oldida burch va shaxsiy javobgarlik tuyg'usini tarbiyalaydi.
An'analar va odatlarni turlicha tasnif qilish mumkin, masalan, ularning g'oyaviy mazmuni nuqtayi nazaridan. Bu belgiga ko'ra quyidagi asosiy guruhlarni ajratish mumkin: 1) butun davlatga old; 2) xalqqa old; 3) oilaviy-maishiy hayotga oid.
Axloqiy normalar. Ijtimoiy amaliyot natijasida muayyan guruhda yoki butun jamiyatda qabul qilingan ba'zi odatlar guruh a'zolarining o'zaro muloqotlaridagi hayotiy manfaatlarga daxl qiluvchi, ularning xavfsizligi va ijtimoiy tartibga yordam beruvchi muhim omil sifatida namoyon bo'ladi. Ikki turdagi odatlarni farqlash mumkin: yaxshi odob va xushmuomalalilik sifatida ergashiladigan yurish-turish namunalari va guruh yoki jamiyat farovonligi uchun ahamiyatli va ularni buzish umuman nomaqbul deb hisoblanganligi uchun ergashish kerak bo'lgan yurish-turish namunalari. Nima qilish kerak va nima qilmaslik kerakligiga oid bo'lgan, individlar hayot kechirishining ijtimoiy usullari bilan bog'langan g'oyalarni axloqiy me'yorlar yoki rasm-rusmlarga (taomillarga) kiritish mumkin.
Demak, axloq normalari deganda biz ma'lum harakatlarni sodir etishni talab qilib, boshqalarini taqiqlaydigan qoidalarni tushunamiz. Ular avloddan avlodga amaliy manfaatlar tizimi emas, balki buzilmas «muqaddas» tizim sifatida o'tadi. Natijada axloqiy normalar qat'iy o'rnatiladi va avtomatik ravishda bajariladi. Ular individ tomonidan o'zlashtirilgandan keyin xatti-harakatlarni axloqiy nazorat qiluvchi kuchga aylanadi, ana shunday individning taqiqlangan harakatlarni amalga oshirishi psixologik jihatdan qiyindir. Masalan, kannibalizm, ya'ni odam go'shtini iste'mol qilish bizda darhol salbiy ruhiy ta'sirni yuzaga keltiradi. Axloqiy norma bu harakatni his-tuyg'u darajasida qabul qilib bo'lmaydigan qiladi. Qattiq axloqiy normalar o'rnatilgan va bu normalarni yangi avlodlarga uzatishning aniq tizimiga ega bo'lgan jamiyatda axloqiy taqiqlar juda kam buziladi.
O'zbekiston xalqlarining an'ana va odatlari boy va rang-barangdir. Ular orasidan maqsadi yordam ko'rsatish bo'lganlarini ko'rib chiqamiz. Navro'z — Sharq xalqlarining, shu jumladan, O'zbekiston xalqlarining eng qadimiy va azaldan nishonlanib kelinayotgan bayramlaridan biridir. Hozirga kelib u bahor va tabiatning uyg'onishi, yangilanish va yosharish ramziga aylandi. Tarix guvohlik berishicha, «Navro'z» bir kun emas, balki bir oy davomida bayram qilinadi va odamlar tabiat bilan uyg'unlashib, bu kunlarning xursandchiligini yoru birodarlari davrasida baham ko'radilar. Bayram kunlari odamlar faolroq mehr-shafqat ko'rsatishga intiladilar, ezgu amallarni bajaradilar va jamiyatdagi muhtoj kishilarga yordam qo'lini
cho'zadilar. Ma'lumki, qadimda «Navro'z» bayrami kunlarida urush qilayotgan tomonlar o'rtasida vaqtincha tinchlik sulhi tuzilgan va qon to'kishlar to'xtatilgan.
Hashar — kishilarning mehnatdagi ko'ngilli o'zaro yordami. Ko'p asrlik bu an'ana Markaziy Osiyo xalqlari orasida juda keng tarqalgan. O'tmishda hashar, odatda, qishloq xo'jaligi, qurilish va irrigatsiya kabi sohalarga oid ko'p mehnat talab qiladigan ishlarni bajarish uchun qo'llanilgan. Ayniqsa, turarjoylarni, xo'jalik va yordamchi xonalarni, jamoat binolarini qurishda ko'pincha hashar tashkil qilingan. Shuningdek, kanallar qazish, ariqlar va hovuzlarni har yili tozalash ishlari hashar yo'li bilan bajarilgan. Masalan, 1930-yillarda Toshkentda ko'plab istirohat bog'lari, klublar va stadionlar hashar yordamida barpo etilgan. Ayniqsa, hasharning kuchi poytaxtni 1966-yildagi yer qimirlashidan so'ng tiklashda ravshan namoyon bo'ldi. Hozirgi kunda ham shahar va qishloqlarimiz yuz minglab kishilarning hasharlardagi ishtiroki bilan yanada chiroy ochib bormoqda.
Inson hayoti boshqa kishilar bilan o'zaro munosabatlarning cheksiz zanjiridan tashkil topadi. Muloqot turli usullar bilan amalga oshib, mohiyatan ikki yoki bir necha kishi o'rtasidagi bilim olish yoki hissiy baholash xususiyatidagi axborot almashinuvidan iborat o'zaro ta'sirdir. Odatda, muloqot — odamlarning amaliy hamkorligi (birgalikdagi mehnat, o'qish, jamoaviy o'yin va hokazo) ichida bo'ladi, ularning faoliyatini rejalashtirishni, amalga oshirishni va nazorat qilishni ta'minlaydi. Shu bilan birga muloqot — odamning boshqalar bilan aloqada bo'lishdek alohida ehtiyojini qondiradi. Odamlarning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti jarayonida paydo bo'lgan bu ehtiyojni qondirish quvonch tuyg'usining yuzaga kelishi bilan bog'liq. Muloqot qilishga intilish ko'pincha odamlarni birgalikda faoliyat ko'rsatishga undovchi sabablar orasida katta ahamiyat kasb etadi, ba'zan esa yetakchi o'rin tutadi.
Yordam - bu biror-bir kishiga foyda keltiruvchi biron narsada ko'maklashish, biron narsada qatnashishdir. «Yordam» tushunchasining turli jihatlarini ko'rib chiqamiz va birgalikda hamda yakka holda ko'rsatiladigan yordamning samarasi va ahamiyati haqida o'ylab ko'ramiz.


Yüklə 21,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin