Akkulturatslya deb ataladi. Individ o'z madaniyatining an'analari va qadriyatlarini unutib, begona madaniyatga to'liq kirishib ketadigan jarayon assimilyatsiya


O'zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati



Yüklə 21,38 Kb.
səhifə3/4
tarix31.01.2023
ölçüsü21,38 Kb.
#122805
1   2   3   4
Boshqa madaniyat an

O'zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati
O'zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati 1925-yil 14-noyabrda tashkil topgan. 1992-yildan e'tiboran, O'zbekiston QYOJ respublikaning mustaqil Milliy jamiyatiga aylandi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonida shunday deyiladi:
«Xalqning insonparvarlik, mehr-muruvvat va beg'araz yordam an'analarining namoyon bo'lishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, O'zbekiston Respublikasining xalqaro hamkorligini rivojlantirish va mamlakat jamoatchiligining Qizil Xoch va Qizil Yarim oy harakati ideallari va tamoyillarini amalga oshirishda qatnashishi maqsadida O'zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati respublikaning butun hududida harakat qilishi va davlat, uning sog'liqni saqlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlariga insonparvarlik yordami ko'rsatish sohasida ko'ngilli ravishda ko'maklashuvi belgilab qo'yilsin. Davlat Qizil Yarim oy jamiyatining huquq va vakolatlari amal qilishini kafolatlaydi va unga o'z nizomidagi faoliyatini amalga oshirishda ko'maklashadi.» 1995-yil dekabrida O'zbekiston QYOMJ O'rta Osiyo mamlakatlari jamiyatlari ichida birinchi bo'lib Qizil Xoch va Qizil Yarim oy jamiyatlari Xalqaro Federatsiyasiga 165-a'zo etib qabul qilindi. Milliy jamiyatning 1998-il 5-iyuldagi navbatdagi syezdida I.A.Karimov uning faxriy prezidenti etib saylandi.


Xalqaro Qizil Xoch qo'mitasi: qiachajnaMumotlar

XQXQ Shveysariya fuqarosi bo'lgan jismoniy shaxslarning tashabbusi bilan 1863-yilda tashkil qilingan bo'lsa ham, u xalqaro tashkilotdir. U dunyoning 60 ta mamlakatida delegatsiya deb ataluvchi vakolatxonalariga ega, o'z faoliyatini 80 dan ortiq mamlakatda olib boradi, xodimlari soni esa 12 ming kishini tashkil etadi, ularning


ko'pchiligi ish olib borilayotgan davlatlarning fuqarolaridir. XQXQmng Jenevadagi (Shveysariya) qarorgohida ishlovchi 800 nafar xodim joylardagi tadbirlarga yordam ko'rsatishni ta'minlaydi.
XQXQ vazifalari sirasiga quyidagilar kiradi: mojaro tufayli hibsga olingan harbiy xizmatchilar va fuqaro shaxslarni borib ko'rish; bedarak yo'qolganlarni qidirish; mojaro natijasida ajratilgan oila a'zolari o'rtasida xat yozishmalarini tashkil qilish; ajratilgan oilalarni qayta birlashtirish; eng zarur narsalardan mahrum bo Igan ruqaro shaxslarga oziq-ovqat, suv berish va tibbiy yordam ko'rsatish; xalqaro gumanitar huquq haqidagi bilimlarni tarqatish va uning me'yorlari bajarilishini nazorat qilish; gumanitar huquq buzilishlariga e'tiborni jalb qilish va gumanitar huquqning rivojlanishiga ko'maklashish.

Yüklə 21,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin