Aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/156
tarix08.03.2022
ölçüsü1,65 Mb.
#114787
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   156
Adabiyot. 7-sinf (2017, Q.Yo\'ldoshev, B.Qosimov)

Cho‘lpon
(1897–1938)


300
lardagi  adabiyotlarni  puxta  biladigan  o‘qimishli  kishi  bo‘lib 
yetishdi.  Tinimsiz  o‘qish-o‘rganish  va  kuchli  iste’dod  tufayli 
Abdulhamid  o‘n  olti  yoshlarga  yetib-yetmay  ijod  qila  bosh-
ladi. Uning shu davrda yaratgan hikoya va she’rlari Turkiston 
o‘lkasi  gazetalarida  chop  etilardi.
Ijodkorning  iste’dodi  ko‘lami  uning  o‘z  xalqiga  bo‘lgan 
muhabbati ko‘lami bilan o‘lchanadi. Katta iste’dod ko‘pincha 
katta  muhabbatdan  iborat  bo‘ladi.  Cho‘lponning  dastlabki 
asarlaridayoq  bosqinchilar  zulmi  ostida  ezilayotgan  Turkis-
ton  xalqiga  bo‘lgan  cheksiz  muhabbat  yorqin  ko‘rinib  tu-
rardi.  U xalqini  ozod  va  baxtli  ko‘rishni  istardi.  Buning 
uchun  odamlarni  jaholat  uyqusidan  uyg‘otish,  ma’rifatdan, 
ilm-u  fandan  bahramand  qilish  kerak  deb  hisoblardi.  Ayni 
paytda, rus bos qinchilari millatning ma’rifatli bo‘lishiga keng 
yo‘l bermasligini ham bilardi. Erksiz ma’rifatning, ma’rifatsiz 
esa erkning bo‘lmasligi shoirga ayon edi. Shu bois Cho‘lpon 
1917-yilning fevralida Rossiyada sodir bo‘lgan inqilobga katta 
umid bilan qaradi. Lekin bu inqilob Turkiston o‘lkasiga chin 
ozodlik bermadi. Chunki ozodlik o‘zga kishi yoki tabaqa, yo-
xud millat tomonidan beriladigan sadaqa emas, balki kurash-
larda  qo‘lga  kiritiladigan  ne’matdir.  O‘sha  yilning  oktabrida 
ro‘y  bergan  to‘ntarish  esa  shoirning  so‘nggi  umidlarini  ham 
so‘ndirdi. Milliy zulm ostida ezilayotgan xalqning zabun ho-
lini  aks  ettiri sh  va  xalqni  bunday  holatdan  qutqarish  istagi 
Cho‘lpon ijodining bosh yo‘nalishi bo‘lib qoldi.
Minglab yillik an’analarga ega qadimiy o‘zbek she’ riya tida 
Cho‘lpon  o‘z  yo‘lini  izladi  va  hech  kimnikiga  o‘xshamagan, 
samimiyligi, jozibadorligi, ta’sirchanligi, tuy g‘u larning rangin-
ligi bilan o‘zgalarnikidan ajralib turadigan she’riy olam yara-
ta  bildi.  Bugungi  o‘zbek  adabiy  tili  ko‘p  jihatdan  Cho‘lpon 
she’rlari ta’sirida shakllangan tildir.
Cho‘lpon  mislsiz  she’riy  kashfi yotlardan  tashqari  «Kecha 
va kunduz» deb ataluvchi birinchi o‘zbek roman-dilogiyasi ning 
muallifi   hamdir.  Afsuski,  zamondoshlari ning  хo tir lashlaricha, 
romanning  ikkinchi  kitobi  qo‘lyozmasi  Cho‘l pon  qamalgan 


301
paytda  yo‘q  qilingan  va  hozirgacha  topilgan  emas.  Bi rinchi 
kitobi  «Kecha»  egamanlik
1
  yillarida  qaytadan  nashr  etildi  va 
ko‘pchilik o‘quvchilar tomonidan Abdulla Qodiriy ning «O‘tkan 
kunlar»  romani  darajasidagi  asar  sifatida  baho  oldi.
Cho‘lponning  1921-yilda  yaratgan  «Yorqinoy»  dramasi 
badiiy  jozibasi  jihatidan  hozirgacha  ham  o‘z  ta’sir  kuchini 
yo‘qotmay kelmoqda.
Abdulhamid Cho‘lpon o‘zbek o‘quvchilarini jahon adabiyo-
tining durdona asarlari bilan tanishtirish borasida ham salmoq-
li  ishlarni  amalga  oshirdi.  Shekspir,  Blok,  Gorkiy,  Thakur 
singari  mashhur  adiblar  ijodidan  qilgan  tarjimalari  xalqimiz 
ma’naviyatining shakllanishida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Cho‘lpon haqiqat va hurlikni e’tiqodiga aylantirgan ijodkor 
edi.  Shu  sababli  ham  milliy  zulmni  milliy  tenglik  deb  da’vo 
qilgan  hukmdorlarga  uning  ijodi  yoqmas  edi.  Ular  shoir dan 
xalq  baхtiyor,  erkin  va  ozod  yashamoqda  deb  kuylashni  ta-
lab  qilishdi.  Haqiqat  kuychisi  va  erk  farzandi  –  Cho‘lpon 
buni  qilolmasdi.  Shu  bois  uni  o‘zi  sevgan,  hayotini  baxshi-
da  qilgan  xalqqa  dushman  deb,  millatchi  deb  e’lon  qilishdi. 
Shoirni 1937-yilning 14-iyulida qamoqqa olishdi. O‘zbekning 
buyuk shoiri uzoq qiynoq va tahqirlardan keyin 1938-yilning 
4-oktab rida  Toshkent  yaqinidagi  xilvat  joylarning  birida  otib 
tashlandi.  Dahshatlisi  shundaki,  Cho‘lponni  o‘limga  hukm 
qilgan  sud  qarori  1938-yilning  5-oktabrida  chiqarilgan  edi. 
Dushmanlar  xalqimizning  asl  farzandlarini  tezroq  yo‘q  qi-
lishga, odamlarni ma’naviyat buloqlaridan bebahra qoldirishga 
shoshilardi.
Cho‘lpon  ijodi  namunalari  uzoq  vaqt  mobaynida  o‘quv-
chilardan  berkitib  kelindi.  Chunki  sho‘ro  tuzumi  haq  gapni 
aytadigan  jasoratli  shoir  ijodini  o‘rganishdan  manfaatdor 
emas  edi.  Lekin  haqiqatni  umrbod  berkitib  bo‘lmaydi.  Qu-
yoshni  yashirib  qo‘yishning  imkoni  yo‘q.  Cho‘lpon  o‘zbek 
she’riyatining yorqin yulduzi sifatida o‘tkinchi bulutlar parda-
sini yirtib tashlab, milliy she’riyat osmonida qayta porladi.
1
 Egamanlik – mustaqillik.


302
GO‘ZAL
Qorong‘u kechada ko‘kka ko‘z tikib,
Eng yorug‘ yulduzdan seni so‘raymen.
Ul yulduz uyalib, boshini bukub,
Aytadir: men uni tushda ko‘ramen.
Tushimda ko‘ramen – shunchalar go‘zal,
Bizdan-da go‘zaldir, oydan-da go‘zal!
Ko‘zimni olamen oy chiqqan yoqqa,
Boshlaymen oydan-da seni so‘rmoqqa.
Ul-da aytadir: bir qizil yanoqqa
Uchradim tushimda, ko‘milgan oqqa.
Oqqa ko‘milganda shunchalar go‘zal,
Mendan-da go‘zaldir, kundan-da go‘zal!
Erta tong shamoli sochlarin yoyib,
Yonimdan o‘tganda so‘rab ko‘ramen.
Aytadir: bir ko‘rib, yo‘limdan ozib,
Tog‘-u toshlar ichra istab yuramen!
Bir ko‘rdim men uni – shunchalar go‘zal,
Oydan-da go‘zaldir, kundan-da go‘zal!
Ul ketgach, kun chiqar yorug‘lik sochib,
Undan-da so‘raymen sening to‘g‘ringda.
Ul-da o‘z o‘tidan bekinib, qochib
Aytadir: bir ko‘rdim, tushdamas, o‘ngda.
Men o‘ngda ko‘rganda shunchalar go‘zal,
Oydan-da go‘zaldir, kundan-da go‘zal!
Men yo‘qsil na bo‘lib uni suyibmen,
Uningchun yonibmen, yonib-kuyibmen,
Boshimni zo‘r ishga berib qo‘yibmen,
Men suyib... men suyib, kimni suyibmen?
Men suygan suyukli shunchalar go‘zal,
Oydan-da go‘zaldir, kundan-da go‘zal!
 
1919


303

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin