11
Badiiy adabiyot san’atning nihoyatda qadimiy turidir.
Insoniyat paydo bo‘lgandan buyon badiiy asarlar yaratilib
kelinmoqda deb bemalol aytish mumkin. Rivoyat qilishla-
richa, dunyo dagi birinchi she’rni hazrati Odamota (Odam
Ato) o‘g‘li Hobilning o‘ldirilishi munosabati bilan aytgan
ekan.
Insonning hayotiga yozuv kirib kelib, keng yoyilgunga
qadar badiiy asarlar og‘zaki tarzda yaratilgan va iste’dodli
kishilar tufayli og‘izdan og‘izga o‘tib kelgan. Yozuv paydo
bo‘lgach va savodli kishilar birmuncha ko‘paygach, badiiy
asarlar turli narsalarga yozila boshlagan va bu bilan insoni-
yatning yo‘qolmas mulkiga aylangan. Qay tarzda yaratil-
ganligi va kishilik хotirasida qaysi
shaklda saqlanib qolgan-
ligiga ko‘ra badiiy adabiyotni ikki turga ajratishadi:
og‘zaki
va
yozma adabiyot. Og‘zaki adabiyot qadimiy, yozma ada-
biyot esa undan keyinroq paydo bo‘lgan. Siz yozuv ning
og‘zaki nutqdan keyin paydo bo‘lganini bilasiz. Og‘zaki
ada biyot yoki хalq og‘zaki ijodi namunalarining dast-
lab kim tomonidan yaratilganligi ma’lum bo‘lmaydi. Bu
хildagi asarlar og‘izdan og‘izga o‘tib yetib keladi. Badiiy
adabiyot ifoda хususiyatiga ko‘ra
lirik, epik va
dramatik
singari turlarga bo‘linadi. Har bir adabiy tur esa, o‘z navba-
tida muayyan janrlardan tashkil topadi. Bu haqda siz o‘quv
yili davomida chuqurroq bilib olasi z.
Odamda ko‘ngil bo‘lganligi uchun ham u hamisha
go‘zallikka intilib yashaydi. Mutafakkirlarning: «Dunyoni
go‘zallik qutqaradi», – degan iborasi, aslida, olamni pokiza
ko‘ngil saqlab qolishi mumkin deganidir. Shuning uchun
ham san’at odamlar hayotida muhim o‘rin tutadi. Chunki
uning yordamida inson ko‘ngli ezgulik va go‘zallikka osh-
no bo‘ladi.