2. Ikkinchi bandda shoir vatanning qanday jihatlariga urg‘u
berayotganini anglating.
3. Vatandan ko‘z yumib, unga o‘q otib, «boyonlara» sotgan
«tug‘gonlar» kimlar va she’rda ularga qanday baho beril-
gan?
4. Oltinchi to‘rtlikda tasvirlangan «bilguvchilar» kimlar va
shoir ularga qanday ayb qo‘ygan?
5. Keyingi baytda tilga olingan «bilimsizlar» kimlar va
ularning aybi nimada deb o‘ylaysiz?
DARDIGA DARMON ISTAMAS Bizni Turkiston eli dardiga darmon istamas,
Zulmat ichra kechsa umri, mohi tobon
1
istamas,
Uxlama ko‘p, o‘zbek eli, asri taraqqiy vaqtida.
Ko‘nglidur oshuftai
2
lahvu tarab
3
, nafs-u havo
4
,
Tilsa zillat xanjari bag‘rini Luqmon istamas.
Uxlama ko‘p, o‘zbek eli, asri taraqqiy vaqtida.
Qo‘lidadir domi tama’
5
, ko‘zidadur kayfi xumor,
Soch oqarub qaddi хam
6
bo‘lsa pushaymon istamas,
Uxlama ko‘p, o‘zbek eli, asri taraqqiy vaqtida.
Ilmsizlikda hama kelgan baloni anglayur,
Ittifoq-u g‘ayrat aylab lek irfon istamas,
Uxlama ko‘p, o‘zbek eli, asri taraqqiy vaqtida.
1
Mohi tobon – yorug‘ oy, to‘lin oy.
2
Оshufta – shaydо, оshiq.
3
Lahvu tarab – befoyda hangomatalablik.
4
Nafs-u havо – nafs istagi, kibr, maqtanchоqlik.
5
Dоmi tama’ – tama tuzоg‘i.
6
Хam – egilgan, bukilgan.