32
2. Modellashtirish va uning ko‘rinishlari.
3. Modellashtirish va uning bosqichlari.
Model (lotincha “modelus” -“nusxa, andoza, o‘lchov” ma’nolarini anglatadi) –
tabiiy fanlar yoki umuman fanda muayyan original-ob’yekt haqidagi ma’lumotlar
majmui sifatida yuzaga kelgan hosila-ob’yekt,
moddiy qurilma, grafik, sxema,
umuman, bilish vositasi. Model tabiiy ob’yektlarning imitatsiyasi (o‘xshashi, taqlidiy
ko‘rinishi) bo‘lib, u o‘zbek tilidagi “qolip”, “andaza” so‘zlariga mos keladi. Model
hodisalarning yuzaga kelishi uchun asos vazifasini o‘taydi, bunda aniq yoki mavhum
ob’yektlar
kichraytirilgan
ob’yektlar,
sxemalar,
chizmalar,
fizikaviy
konstruksiyalarda tadqiq etiladi. Model,
dastavval, moddiy va fikriy modelga
bo‘linadi. Masalan,
olmani xarakterlovchi belgilar, atributlar – uning dumoloqligi,
mevaligi, shirinligi tushunchaning fikriy modeli hisoblanadi. Agar olma loydan yoki
sun’iy materialdan yasalsa, bu uning moddiy modeli hisoblanadi.
Model quyidagi asoslarga ko‘ra muhim hisoblanadi:
- o‘rganish ob’yektini soddalashtiradi;
- o‘rganish ob’yektini boshqa ob’yektlar ta’siridan ajratiladi;
- ob’yektni ta’riflashni osonlashtiradi.
Model
amaliy sohalarda, jumladan,
matematika, kimyo, fizika fanlarida, so‘ng
ijtimoiy sohalarda ham keng qo‘llanilmoqda. O‘tgan asrning o‘rtalariga
kelib
tilshunoslik sohasida ham ommalasha boshladi. Modellashtirishda, asosan, 3 xil
metoddan foydalaniladi:
1. To‘plam nazariyasi
2. Mantiq algebrasiga asoslangan transformatsion metod.
3. Statistik metod.
Modellashtirish tilshunoslikda strukturalizm yo‘nalishi ta’sirida faol tatbiq qilina
boshlandi. Gap strukturasini modellashtirish g‘oyasi XX asrning 50-yillarida
amerikalik tilshunos Charlz Friz tomonidan olg‘a surildi.
Dostları ilə paylaş: