36
bilmaydi» degan fikrda Karimning kimga nisbatan yoki qanday vazifani bajarishga
nisbatan yaxshi bilmasligi ko‘rsatilmagan).
Tabiiy tildagi mana shu hodisalardan holi bo‘lish uchun ilmiy bilishda
atamalardan foydalaniladi. Atama o‘zining qat’iy va aniq ma’nosiga ega bo‘lgan so‘z
bo‘lib, bu ma’no definisiya (ta’rif) yordamida ko‘rsatiladi. Shuningdek, tabiiy tilda
aniqlikka sun’iy tildan foydalanish yo‘li bilan ham erishiladi. Sun’iy til tabiiy til
negizida yaratilgan yordamchi informasion belgilar tizimidan iborat bo‘lib, u mavjud
axborotlar, xabarlarni aniq hamda tejamli bayon qilish va uzatish uchun xizmat
qiladi. Sun’iy tilda sun’iy yo‘l bilan yaratilgan maxsus belgilar, ya’ni simvollar -
ramzlar ishlatiladi. Tabiiy tildagi aniq mazmunga ega bo‘lgan fikrlar ilmiy bilishda
ana shunday simvollar bilan almashtiriladi. Demak, sun’iy til fikrimizning aniq
mazmunidan chetlashgan holda faqat simvollar bilan ish olib borishni ta’minlaydi.
Sun’iy tillar hozirgi zamon fani va texnikasida keng qo‘llaniladi. Ularning
ayniqsa matematika, fizika, kimyo, kibernetika, hisoblash texnikasi va shu kabi
sohalar rivojlanishida hissasi katta. Sun’iy tillarning ishlatilishiga misol qilib
matematikadagi
to‘g‘ri
burchakli
uchburchak
tomonlarini
ifoda
qiluvchi
Cos
2
+Sin
2
= 1 formulani, kimyodagi suvni ifoda qiluvchi N
2
0 formulani,
mexanikadagi tezlikni ifoda qiluvchi
Dostları ilə paylaş: