Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


-MAVZU: TILSHUNOSLIKDA AKSIOMATIK NAZARIYA



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/60
tarix23.06.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#117181
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   60
KOMPYUTER LINGVISTIKASIDAN UNIVERSAL QO‘LLANMA

 
6-MAVZU: TILSHUNOSLIKDA AKSIOMATIK NAZARIYA. 
NAZARIYANI KELTIRIB CHIQARISH QOIDALARI 
Reja: 
1. Nazariyani keltirib chiqarish qoidalari. 
2. Aksiomatik nazariya teoremalari. 
3. Sillogizm qoidasi va uning tildagi ifodasi. 
4. Mulohazalar algebrasi va mulohazalar hisobi orasidagi munosabatlar. 
K
L fani nisbatan mustaqil, alohida ahamiyatga ega bo‘lgan soha. U 
matematika, mantiq, informatika, dasturlash nazariyasi kabi fanlar bilan chambarchas 
bog‘loqdir. 
Informatika bilan bog‘lanib, informatsiyani uzatish va saqlashning mazmun 
tomonini emas, balki uning statistik qurilishi bilan shug‘ullanadi, ya’ni informatsiya 
nazariyasi axborot matnini statistik struktura sifatida o‘rganadi. Informatsiya 
nazariyasi muayyan axborotdagi ma’lumotlarni ushbu ma’lumotlarning tabiatiga – 


28 
mazmuniga bog‘liq bo‘lmagan holda miqdorini o‘lchash yo‘llarini, usullarini ishlab 
chiqadi. Shunga ko‘ra, informatsiya nazariyasining muhim va asosiy xulosalari KLda 
ham o‘z ifodasini topadi. Informatsiya nazariyasi ma’lumotlarini o‘rganish jarayonida 
maxsus atamalardan foydalanadi. Bular: Kod – axborotni yozub olish vositasi. Matn 
– muayyan axborotni berish, uzatish jarayonidagi belgilarning izchilligi, ketma-
ketligi. Kanal – axborot beriluvchi, uzatiluvchi muhit, sharoit. 
Mulohazalar hisobida murakkab xulosa qoidasi, o‘rniga qo‘yish qoidasi va 
sillogizmlar qoidasi, konterpozitsiya qoidasi kabi tushunchalar bor. Murakkab 
xulosalar qoidasida 2 va undan ortiq bajarilishi ko‘zda tutilayotgan formulalarga 
nisbatan ikki xulosaviy qoida ishlatiladi va ular (Shifter shtrixi) tasdiq yoki inkor 
yordamida ifodalanadi. 
Sillogizm qoidasi. 
Mulohazalar hisobida sillogizmlar qoidasi alohida o‘rin tutadi.
Teorema: Agar A→ V bo‘lsa va V→ S isbotlanuvchi formula bo‘lsa, u holda 
A→ S formula ham isbotlanuvchi bo‘ladi. Bu teoremaning shartini shiffer shtrixiga 
ko‘ra quyidagicha ifodalash mumkin: / A→ V /V→ S isbotlanuvchi formulalar 
bo‘lsa, u holda A→S ham isbotlanuvchi formula bo‘lishini matematik mantiqda 
sillogizm qoidasi deb yuritiladi. 
Masalan:
Mulohazalar hisobida keltirib chiqarish, umumlashtirish tushunchasi kabi 
qoidalar ham bor. Bularning barchasi mulohazalar algebrasi va mulohazalar hisobi 
orasidagi munosabatlarni belgilashga xizmat qiladi. Mulohazalar hisobida ham xuddi 
mulohazalar algebrasidek v, ^, →, - amallari aniqlanadi va bu amallardan chin yoki 
yolg‘on qiymat oladi. Mulohazalar hisobida aksiomalarning erkinlik muammosi ham 
mavjud. Har qanday aksiomatik hisobda aksiomalarning erkinligi masalasi ijobiy hal 
etilsa, u holda bu aksioma aksiomalar sistemasidan chiqarib tashlanadi. Agar 
mulohazalar hisobi aksiomalar sistemasining har bir aksiomasi erkin bo‘lsa, u holda 
mulohazalar hisobining aksiomalar sistemasi ham erkin deb nomlanadi. 

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin