27
Qo‘shimcha mutolaa
Multimedia (ko‘p muhitlik - degan ma’noni anglatadi) - zamonaviy axborot
texnologiyasi bo‘lib, axborotlarning turli ko‘rinishlari-matn, nutq animatsiya
(multiplikatsiya) video tasvir, musiqa yordamida axborotni yig‘ish, saqlash, qayta
ishlash va uzatish kabi vazifalarni bajaradi. Multimedia insonning kompyuter bilan
muloqotining yangi takomillashgan shakli bo‘lib, undan har tomonlama axborot olish
mumkin. Multimedia orqali ta’limiy, tarbiyaviy, ma’lumotlarni yetkazish, reklama
berish va boshqa vazifalarni amalga oshirish mumkin.
XXI asr axborot asri ekanligi kundalik turmushimizda o‘z tasdig‘ini topmoqda.
Fan va texnika tobora rivojlanayotgan bir davrda turli sohaga oid axborotlarni
tezkorlik bilan etkazish texnologiyalarining paydo bo‘lishi va ijtimoiy hayotimizning
barcha sohalariga “Internet”ning kirib borayotganligi hech kimga sir emas. Inson
tafakkurining mahsuli bo‘lgan kompyuter va axborotlashtirish jarayoni ma’naviyat,
madaniyat va ta’lim tizimida ham faol qo‘llanmoqda. «O‘zbekiston XXI asrga
intilmoqda» nomli multimedia almanaxi o‘zbek tilida ishlab chiqildi. Almanax
respublikamiz olimlari tomonidan yaratilgan bo‘lib, “Kompyuter-Osiyo” ilmiy –
texnika parkida ishlab chiqarilgan.
Adabiyotlar:
1. Новиков П.С. Элементы математической логики. – М.: Наука. 1973.
2. Ёқубов Т., Каллибеков С. Математиқ мантиқ элементлари. – Тошкент:
Ўқитувчи. 1996. – 272 б.
3. Йўлдошев Б. Математик ва компютер лингвистикаси. –Самарқанд. 2007.
4. Йўлдошев Б. Компютер лингвистикаси. –Самарқанд. 2009.
5. Эшқобил Шукур. Она тилимиз “ҳужайралари” ёхуд сўз математикаси //
Ўзбекистон адабиёти ва санъати, 2006 йил 24 феврал, 8 (3837)-сон.
6. Тўраев Ҳ. Математик мантиқ ва дискрет математика. –Тошкент:
Ўқитувчи, 2003.-416 б.
Dostları ilə paylaş: