73
4. Mashina tarjimasi va uning mohiyati haqida tushuncha.
5. Mashina tarjimasining lingvistik ta’minoti va uning tarkibiy qismlari haqida.
6. Mashina tarjimasi muammolarini yechish metodlari haqida tushuncha.
7. Mashina tarjimasi jarayonining blok sistemasi.
8. Fe’l mashinada so‘zlarni tahlil qilishning boshlang‘ich nuqtasi sifatida.
Topshiriqlar.
1-mashq. Quyidagi gaplarni transformatsion yoki algoritmlik jihatdan til
birliklarini tahlil qilish metodi, ehtimollik belgilariga ko‘ra tahlil qilish metodlari
asosida tahlil qiling.
1. Daraxt barglarining sirli shitirlashi zo‘raydi. Qorong‘ilikni yirtib chaqmoq
chaqdi. ….Momaqaldiroq qaldiradi. Dabdurustdan yomg‘ir savaladi. Yirik tomchilar
oynalarga
tasir-tusur uriladi, cho‘ziq iz qoldirib pastga oqadi.
Ariq nariroq borib,
qalin bodomzorga tutashar ekan. 2. Rais og‘ilni aylanib chiqib ketayotganda, Saltanat
opaga duch keldi. U quchog‘iga sig‘maydigan bedani to‘kib-sochib ko‘tarib
kelayotgan edi.
2-mashq. Mumtoz adabiyot kafedrasining veb-saytini yaratish uchun
ma’lumotlar.
Eng ma’qul talqinni tanlang.
1.
Avtomatik tahrir qilish yo‘nalishida samarali tadqiqot olib borgan olimlar:
a) R.Kotov, V.Britvin, I.Melchuk, A.Kuznetsov
b) A.Zubov, B.Golovin, A.Juravlyov, R.Kobrin
c) L.Nelyubin
d) E.Popov
2.
Sintagmalar ikki xil sintaktik munosabarga asoslanadi. Bular:
a) ishtirokchilar va bevosita ishtirokchilar
b) ishonchli voqea va mumkin bo‘lmagan voqea
c) predikativ munosabat va predikativ bo‘lmagan munosabat
d) ishonchli voqea va tasodifiy voqea
3.
Mashina tarjimasi muammolarini yechida ikki xil metod qo‘llaniladi. Bular...
a) sub’ektiv va ob’ektiv
b) deduktiv va induktiv
c) sinxron va diaxron
d) deretmenantiv va predikativ
4.
Statistik xususiyati o‘rganilayotgan konkret natijalar .... deyiladi
a) mulohaza
b) tasodifiy voqea
c) tanlanma
d) ehtimollik
5.
Til birligining gapga yoki matn tarkibida qo‘llanish chastotasiga, darajasiga
... deyiladi.
a) mulohaza
b) tasodifiy voqea
74
c) tanlanma
d) ehtimollik
6.
Har bir tilda analiz qilish ... so‘z turkumidan boshlanadi.
a) ot
b) sifat
c) ravish
d) fe’l
7.
Avtomatik tahrir qilish yo‘nalishining asosiy muammolaridan biri…sanaladi.
a) tabiiy nutqni ilg‘ay bilish va qayta ishlov berish
b) tanlanma matndagi qo‘llanilgan so‘zlarning chastotasini
aniqlash orqali
nazariy va amaliy ahamiyatini o‘rganish
c) o‘qitish jarayonini yengillashtirish uchun turli dasturlar yaratish
d) bir tildan ikkinchi tilga tarjima qiluvchi dasturlar yaratish
8.
Nutqni avtomatik tahrir qilish sistemasining modelllarini aniqlang.
a) analiz va sintez qilish modeli
b) sintaktik, fonetik analiz modeli
c) morfoligik, semantik sintez modeli
d) sintaktik, semantik sintez modeli
Topshiriq. Maqollarni yozing. Ma’nosini izohlang.
a) Uyadosh so‘zlarni tagiga chizing va izohlang.
Dostları ilə paylaş: