– 230 –
– 231 –
15-MAVZU. TOMOSHA SAN’ATI
1
Reja:
1.O‘zbek an’anaviy teatr san’ati.
2.Xonliklar davrida tomoshagohlar.
3.Tomosha turlari.
O‘zbekiston hududlarida yashovchi mahalliy aholi
azaldan o‘zining rang-barang ijodiy merosi bilan badiiy
madaniyatimizni boyitib kelgan. Bunda ijrochilikka
asoslangan an’anaviy teatrning alohida o‘rni bor. Ular kelib
chiqishiga ko‘ra, uzoq tarixga ega bo‘lib, ajdodlarimiz
ijodiy salohiyati, ma’naviy va badiiy-estetik talab-ehtiyojlari
negizida ijod etilgan, bugungi kunda ham shu maqsadlarga
xizmat qilib keladi. Avloddan-avlodga o‘tishi, ommaviyligi,
mehnat jarayonlari, urf-odatlar, marosimlar, bayramlar bilan
bog‘liq holda yashashi xalq teatrining asosiy xususiyatidir.
O‘tmishda va hozirgi kunda ham amal qilayotgan o‘zbek
xalq tomoshalari ana shunday an’anaviy va ommaviy ijod
mahsulidir. Ular asrlar davomida ijtimoiy hayot, siyosat,
mafkura ta’sirida o‘zgarib, tuslanib bordi. Ba’zilari unutildi.
Ammo aksariyat tomoshalar xalq urf-odatlari, marosimlari va
bayramlaridan oziq olib, hayot bilan hamnafas yashab, oddiy
kishilar ma’naviy hayotida muhim o‘rin egallab kelgan.
Qancha mafkuraviy tazyiqlarga uchragan bo‘lmasin,
aholi ma’naviy fazilat (his-tuyg‘u, e’tiqod, odat kabi)larining
shakllanishida muhim bo‘lgan san’at, shu jumladan, teatr
san’ati vositalaridan keng miqyosda foydalanuvchi xalq
marosimlari doim yashab keldi. Aksariyat marosimlarda
sahnaviy shakllardagi badiiy obrazlar yaratildi. Xalq
1
Ushbu mavzu I.Abdurahmonov, B.Sangirovlarning “O‘zbek an’anaviy
qiziqchilik san’ati” (“Tafakkur gulshani”, Toshkent –2017) kitobi asosida tayyorlan-
di.
– 231 –
termalari aytishuvlari, savol-javoblari, qo‘shiqlari, raqslari-
dan foydalanilgani malakali tashkilotchi(korfarmon, o‘yin-
boshi, nadim, onaboshi, bakovul, oqsoqol)lar tomonidan
tayyorlanishi va o‘tkazilishi sababli, marosimlar ko‘p hollarda
ommaviy tomosha shaklini olgan va qatnashuvchilarning
kayfiyatlarini, ehtiroslarini umumlashtirgan.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, aksar tomoshalar bir
zamonlar marosim sifatida vujudga kelib, jamiyat taraqqiyoti
davomida o‘z asosidan uzoqlashib, oddiy o‘yin hamda
oddiy tomoshaga aylanib borgan. Ayni chog‘da marosimlar,
shuningdek, xalq bayramlari asrlar davomida avloddan-
avlodga o‘tib kelayotgan ko‘pgina o‘yin va tomoshalar
zamirida xalqimizning ijrochilik salohiyati, iste’dodi,
dunyoqarashi, orzu-intilishlari yotadi. Jonli va hayotiy
obrazlar, tomosha vositalari ularda yetakchilik qiladi.
O‘zbek an’anaviy teatr san’atining eng keng tarqalgan turi
bu shubhasiz, qiziqchilik san’atidir. Bu san’at turi vatanimizda
keng ma’nolarga ega bo‘lib, ayrim hollarda “tomosha” nomi
ostida xalq madaniy hayotining tarkibiy qismiga singib
ketgan. Ayni paytda xalqimiz badiiy madaniyatining eng
ommabop va ko‘pqirrali murakkab sohalaridan biridir.
Istiqlol yillarida qiziqchilik san’atini rivojlantirish uchun
keng imkoniyatlar ochildi. Poytaxt va viloyatlarda o‘nlab
yangi ijodiy guruhlar paydo bo‘ldi, turli teleko‘rsatuvlar
tayyorlanib, muntazam ravishda efirga uzatilayotgani ham
shundan. Ayniqsa, poytaxtimizda tashkil etilgan Mustaqillik
va Navro‘z bayramlari tomoshalarida askiyachilar guruhlar
ijrolarining o‘rin olishi davlatimiz rahbarining bu sohaga
bo‘lgan alohida e’tibori va g‘amxo‘rligidan dalolat beradi.
An’anaviy teatr deganda nimani tushunishimiz kerak?
Mazkur savol anchadan beri ilm ahlining e’tiborini tortib
keladi. Xususan, professor M.Qodirov mazkur tushunchani
|