Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/131
tarix10.12.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#139243
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   131
O\'zbek folklori P

– 234 –
– 235 –
va nonvoy», «Shayxul Islomning sud munozarasi», «Yomon 
uka», «Chusti muqallidi», «To‘rt jinni yoki Azayimxon», 
«Qo‘ydi-chiqdi», «Imom domlaning uylanishi», «Uloq», 
«Kelin tushirdi», «Maqtanchoq kishi», «Er va xotin» 
«Duxtorbozlik», «Oqsoqol», «Qozi», «Mamayunusning 
dadasi», «Sudxo‘r», «Lo‘li», «Attorlik», «Ketmon o‘g‘risi» 
yoki «Xotin janjali», «Bachchaboz», «Hoji kampir», 
«Hammom», «Mozor», «O‘lik sotdi», «Murob boshi», 
«Obijuvoz», «Xotin tug‘dirish», «Xonga ariza», «Uy 
tesharlar», «Uylanish», «Suxmozor», «Kafan o‘g‘risi», «Boy 
bilan mardikor», «To‘rg‘ay», «G‘irrom polvon» kabi asarlar 
ijro etilganligi aniqlangan. 
XVIII va XIX asrlarda Buxoro xonligida ham turli 
tomoshalar namoyish etilgan. Abulfayzxon (1711 —1747) 
saroyida maxsus san’atkorlar guruhi faoliyat ko‘rsatgan 
1870-yilda Buxoroga sayohat qilgan rus missiyasining 
ishtirokchisi L. R. Kostenko Buxoroda ko‘rgan spektakllari 
to‘g‘risida o‘z taassurotlarini yozib qoldirgan. Bunday 
ma’lumotlar 1878-yilda Buxoroda bo‘lgan I. L. Yavorskiy 
asarida ham uchraydi.
Samarqandda 1891-yildagi Navro‘z bayramida 
aktyorlar o‘ynagan «Kiyik ovi» (yoki «Mergan») spektakli 
tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘lgan. 1900-yilda 
Toshkenda Samarqand truppasining o‘ynagan «Mirob», 
«Eshak savdosi», «Hundilar» spektakllarida aktyorlarining 
saviyasi Toshkent san’atkorlaridan har tomonlama yuqori 
bo‘lganligi haqida ma’lumotlar uchraydi. Buxoro xonligi 
tarkibidagi Samarqand, Shahrisabz, Kattaqo‘rg‘on, Jizzax, 
Boysun, Denov shaharlarida XVIII va XIX asrda professional 
san’atkorlar guruhi faoliyat ko‘rsatgan.
XVIII—XIX asrda Xorazmda ham tomosha san’ati 
rivojlangan. Olloqulixon (1825—1842) o‘g‘il to‘yi 


– 235 –
munosabati bilan 1835-yilda o‘tkazilgan tomoshalarda 
sozanda va masxarabozlar chiqishlari yuqori bo‘lgan. 
H.Vamberi Xorazmda o‘zi ko‘rgan turli tomoshalar haqida 
yozadi. Unga ko‘ra xonning maxsus qiziqchisi bo‘lgan, kechki 
ovqatdan so‘ng huzurida soz chalinib, qo‘shiq kuylangan, 
so‘ngra masxarabozlarga gal berilgani yozilgan.
Muhammad Rahim II (Feruz) hukmronlik qilgan davrda 
(1865—1872) tomosha san’atining deyarli barcha turlari 
taraqqiy etgan. Chunki, xonning o‘zi shoir, bastakor sifatida 
atrofiga sozandalar, shoirlar, hofizlar va masxarabozlarni 
yig‘ib, ularga shart-sharoitlarni yaratib bergan, homiylik 
qilgan. Doimiy ravishda ularning ijodidan bahramand bo‘lgan.
T.Obidovning aniqlashicha, Xorazm mahalliy 
tomoshalarini bir necha guruhga ajratadi. Bular – musiqali 
va musiqasiz ijroga mo‘ljallangan muqallidlar; bir aktyor 
spektakli, jamoaviy ijrodagi «Xatarli o‘yin» tomoshalaridir. 
«Xatarli o‘yin» katta turkumdagi tomosha bo‘lib, turli 
mavzulardagi ko‘plab tomoshalarni o‘z ichiga oladi.
Xorazm muqallidlari ikkiga ajratiladi: hayvonlar 
mavzusidagi: «Tustovuq o‘yini», «Chag‘aloq», «Kaptar 
o‘yini», «Ot o‘yini», «Ayiq o‘yini»; mehnat jarayonini 
ifodalovchi: «Olma terish», «Chugurma tikish», «Kampir», 
«Ko‘knori» va boshqalar ijro etilgan. 
XVIII asrdan to XIX asrning ikkinchi yarmigacha kechgan 
sharqona tomoshalar M.Umarov tomonidan har tomonlama 
jiddiy va chuqur o‘rganilgan. Olim mazkur davrdagi tomosha 
turlarini quyidagi guruhlarga shartli ravishda ajratadi:
1. Xalq dostonlarda tomoshalar bayoni haqida gapirar 
ekan, bu davrda o‘zbek adabiyotining bitmas-tuganmas 
chashmalaridan hisoblangan xalq og‘zaki adabiyoti – folklor 
sohasida ham xilma-xil durdonalar yaratildi: “Alpomish” 
dostoni va “Go‘ro‘g‘li” turkumidagi epik qissalar keng 



Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin