– 56 –
– 57 –
xo‘jaligida qayd qilingan. Axborotchilarning ma’lumotiga
qaraganda, qattiq shamolning oti
«Choymomo»
bo‘lib,
olmapishar vaqtida kuchli shamol esib, mevalarni to‘kib,
zarar yetkazadigan bo‘lganda shamolni to‘xtatish maqsadida
mazkur marosim o‘tkazilar ekan. Marosimning barcha
rituallari, asosan, uchta kampir tomonidan bajarilgan: ulardan
biri o‘qlog‘ini minib olsa,
ikkinchisi, supurgi ushlab olgan,
uchinchi kampir esa yig‘iladigan masalliqlarni to‘rvaga solib
ko‘tarib yurgan. Uch kampir ana shu
holatda qishloqdagi har bir
uy oldiga borib Choymomo qo‘shig‘ini aytganlar. Uy egalari
xayr-sadaqa qilib chiqarib bergan narsalarni to‘plab, xudoyi
qilib berganlar. Axborotchi
Jahon opa Imomrashidovaning
eslashicha, ularning qishlog‘ida istiqomat qilgan Bodomgul
momo degan kampir ana shunday marosimlarda doim
qatnashib kelgan bo‘lib, u quyidagi qo‘shiqni aytgan ekan:
Choymomo, choy, choy, choy,
Chayilib qolsin quv shamol,
Bosa-bosa beringlar,
Bosilib qolsin quv shamol!
Uga-uga beringlar,
Ugilib qolsin bu shamol.
Choymomolar o‘libdi,
O‘g‘li yetim qolibdi,
Choymomoning onasi,
Amakimga boribdi,
Choymomo, choy, choy,
Chayilib qolsin quv shamol,
Bosa-bosa beringlar,
Bosilib qolsin quv shamol!
Uga-uga beringlar,
Ugilib qolsin quv shamol.
– 57 –
O‘zbeklarning shamol chaqirish bilan bog‘liq irim-
sirimlari va bu e’tiqodiy inonchlar
tizimi bilan aloqador magik
aytim matnlarida shamolning afsonaviy homiysi – Haydar
yoki Mirhaydar nomi tilga olinadi. Xirmon sovurayotganda
havo dim bo‘lib, somon yurishmasa, sopol
yoki chinni
idishlarni taqillatib, hushtak chalishgan. Shundayam shamol
esavermasa, hushtak chalib turib:
Shamolingni qo‘yvor,
Somoni sendan,
Bug‘doyi mendan,
Haydaro, Haydar,
Bolang suvga oqdi,
Yugur ushlab ol!
O‘rta Osiyo turkiy xalqlari folkloridagi shamol
homiysining nomi sifatida qo‘llaniluvchi «Haydar»
atamasining kelib chiqishi «Avesto»da nomi tilga olingan
shamol xudosi
Dostları ilə paylaş: