– 118 –
– 119 –
Folklorshunoslar
H.T.Zarifov, B.A.Karriev,
V.M.Jirmunskiy, M.S.Saidov, T.Mirzayev, M.Murodov va
boshqalar «Go‘ro‘g‘li» («Ko‘ro‘g‘lu» ) eposining sharqiy va
g‘arbiy versiyalarini bir umumiy yadro asosida tarqalganligi
haqida yozishgan. Ular doston yadrosi janubiy Ozarbayjonda
XVI–XVII asrlarda kechgan tarixiy voqealar asosida vujudga
keldi, degan fikrni yoqlashadi
1
. Folklorshunoslarning bunday
xulosaga kelishlariga arman tarixchilari Arakel Tabriziy
(1670-yili vafot etgan) hamda Elyos Mushgyan (XVIII asr)
larning taxminiy farazlari va jaloliylar (XVI–XVII asr) xalq
harakati asos qilib olinadi. Shu bilan birga, epos tarkibidagi
mifologik obrazlar, arxaik element va motivlar tadqiqotchilarni
birmuncha kengroq qarashga majbur etgan. Chunki eng
«tarixiy» deb belgilangan ozarbayjon «Ko‘ro‘g‘lu»sidagi
Qirot, Yildirim qilich, Qo‘sha buloq bilan bog‘liq motivlarni
XVI–XVII asr tarixiy voqealari qamrovida izohlab bo‘lmaydi
va M.Seyidov Ko‘ro‘g‘lu (Go‘ro‘g‘li)ni birgina jaloliylar
harakati bilan bog‘lab baholashga qarshi chiqqan edi
2
.
B.A.Karriev va X.G.Ko‘ro‘g‘lular esa ozarbayjon
«Ko‘ro‘g‘lu»siga nisbatan turkman Ko‘ro‘g‘lu –
Go‘ro‘g‘lisida arxaik elementlar ko‘p o‘rin olganligini qayd
qilib o‘tishgan
3
. Ustoz olimlar bildirgan ushbu fikrlarni
quyidagi tarzda umumlashtirish mumkin:
1
Жирмунский В. М., Зарифов Х. Т. Узбекский народный героический
эпос. – Москва: ГИХЛ, 1947. –Б. 165-279; Каррыев Б. А. Эпические сказания о
Кёр-оглы у тюркоязычных народов. – Москва: Наука, 1968; –Б. 9-44; Saidov M.
O‘zbek dostonchiligida badiiy mahorat. – Toshkent: Fan, 1969. –B. 70-144; Mirzayev
T. Xalq baxshilarining epik repurtuari. – Toshkent: Fan, 1979. –B. 129-140; Muro
-
dov M. Po‘lkan shoir repertuarida «Go‘ro‘g‘li» dostonining o‘rni // Po‘lkan shoir.
– Toshkent: Fan, 1976. – B. – 28; Короглi Х.Г. Трансформация заимствованного
сюжета // Фольклор: поэтическая система. – М.: Наука, 1977. – С. 106 – 125.
2
Cejидов M. Aзэрбаjчан халгiнiн соjкокуну душунэрэкэн – Бакi: Jэзiчi, 1989.
–Б. 245-322.
3
Каррыев Б. А. Эпические сказания о Кёр-оглы у тюркоязычных народов.
– Москва: Наука, 1968; . –С. 149; Короглы Х.Г. Огузский эпос // Типология
народнога эпоса. – М.: Наука, 1975. – С. 109.
– 119 –
V.M.Jirmunskiy va H.T.Zarifovlarning «Узбекский
народный героический эпос» kitobida bayon etilgan fikr.
Bu mualliflar XVII asr boshlari XIX asrning birinchi yarmi
davomida «Go‘ro‘g‘li» turkum dostonlari mavjud epik
an’analar asosida to‘liq shakllandi, deb ko‘rsatishadi
1
H.T.Zarifov keyinchalik doston asosini birmuncha
chuqurroq qarash lozimligini aytgan. Olimning ushbu fikrini
T.Mirzayev quyidagicha keltiradi: «Marhum folklorist Hodi
Zarifovning og‘zaki mulohazalariga ko‘ra, qandaydir bir
xalq bahodiri haqida ilgaridan dostonlar kuylanib kelingan.
XVI–XVII asrlardan boshlab Ko‘ro‘g‘lu va uning nomi
bilan bog‘liq dostonlar mashhur bo‘la boshlagach, ilgaridan
mavjud dostonlarga yangidan yaratilganlari ham qo‘shilib,
Go‘ro‘g‘li nomi atrofida turkumlasha boshlagan. Ilgarigi
qahramon nomi ham Go‘ro‘g‘li bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Biroq qadimiy turkiy «go‘r-ko‘r» so‘zining «botir, mard,
bahodir» ma’nolari arxaiklashib, qahramonning g‘ayritabiiy
tug‘ilishi motivi formalariga ham o‘zgarishlar kiritilgan va
qahramon nomi «go‘rda tug‘ilgan o‘g‘il» ma’nosini kasb
etgan. Shu bilan birga, ayrim variantlarda «botir o‘g‘li» degan
qadimiy ma’no ham parallel ravishda saqlangan. Turkumning
so‘nggi dostonining «Ero‘g‘li» deb atalishi buni tasdiqlaydi»
2
.
T.Mirzayev fikr davomida yozadi: «Atoqli olimning bu
mulohazasi qanchalik original va hayratomuz bo‘lishiga
qaramay, qo‘shimcha tekshirishlarni talab qiladi. Bizningcha,
«Go‘ro‘g‘li» turkumidagi dostonlarning muayyan qismi ikki
joyda, ikki xil ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda yaratilib, mustaqil
rivojlanishda davom etgan»
3
.
Folklorshunos X.G.Ko‘ro‘g‘lu «Go‘ro‘g‘li» eposining
1
Жирмунский В. М., Зарифов Х. Т. Узбекский народный героический
эпос. – Москва: ГИХЛ, 1947. – С.192;
2
Mirzayev T. Xalq baxshilarining epik repurtuari. – Toshkent: Fan, 1979. – B.132;
3
O‘sha asar. – B.132
|