– 124 –
– 125 –
«Intizor», «Bo‘tako‘z», «Qunduz bilan Yulduz», «Zulfizar
bilan Avaz» «Gulixiromon», «Malika ayyor», «Mashriqo» va
boshqalar) turkumining bosh qahramonidir. Bu dostonlarning
asosini Avazxonning turli afsonaviy mamlakatlar go‘zallarini
olib kelish uchun ko‘rsatgan bahodirliklari tashkil etadi.
Hasan va Avaz kichik turkumlari Go‘ro‘g‘li, G‘irot, qirq yigit,
doimiy traditsion obrazlar (Ahmad Sardor, Soqibulbul, Hasan
Ko‘lbar, Hasan Chopson, Hasan Yakdasta va boshqalar),
Chambil yurti orqali «Go‘ro‘g‘li» turkumiga birlashadi.
Nasliy turkumlik doirasida yuzaga kelgan navbatdagi
dostonlar Go‘ro‘g‘lining nevaralari – Nurali va Ravshanlar-
ning nikoh safarini tasvirlovchi asarlar («Nurali», «Ravshan»)
bo‘lib, bu qahramonlar faqat bir doston doirasidagina harakat
qiladilar. Ayrim joylarda (Surxondaryo va Qashqadaryo
viloyatlarida) Nuraliga bir necha doston bag‘ishlangan, ya’ni
bu joylarda Nurali ancha ommalashgan.
Nasliy turkumlanishning so‘nggi halqasini Go‘ro‘g‘lining
evarasi (Nuralining o‘g‘li) Jahongir haqidagi epik rivoyat
tashkil etadi.
«Go‘ro‘g‘li» turkumi «Go‘ro‘g‘lining g‘oyib bo‘lishi»
yoki «Shahidnoma» dostoni bilan yakun topadi.
Go‘ro‘g‘li dostonlarining syujet qurilishi, badiiyati,
an’anaviy epik klishelari va boshqa jihatlari ma’lum
dostonchilik doirasida o‘ziga xos ravishda namoyon bo‘ladi
va o‘zbek epik ijodining boyligini ko‘rsatadi.
3. «Kuntug‘mish» dostonining g‘oyaviy-badiiy xusu-
siyatlari.
Ergash Jumanbulbul o‘g‘lidan yozib olingan
«Kuntug‘mish» dostoni syujeti, kompozitsion qurilishi
jihatidan o‘zbek xalq dostonchiligida favqulodda o‘rin tutadi.
Doston Ergash Jumanbulbul o‘g‘li, Nurman Abduvoy o‘g‘li,
Islom Nazar o‘g‘li, Bekmurod Jo‘raboy o‘g‘li, Egamberdi
Ollomurod o‘g‘li kabi baxshilardan yozib olingan. Umumiy
– 125 –
epik rivoyat, syujet va motivlari jihatidan bir-biriga o‘xshash
bo‘lgan bu variantlar orasida Ergash shoir nusxasi
1
badiiy
go‘zalligi, kompozitsion pishiqligi bilan ajralib turadi. Zulm
va zo‘rlik bilan bir-biridan ajratilgan oshiq-ma’shuqlar
taqdiri, adolatsiz zamon to‘fonida ota-onasidan va bir-biridan
ajralib qolgan egizaklar sarguzashti Ergash shoir variantida
turli-tuman ijtimoiy hodisalar fonida nihoyatda konkret
va real tasvirlangan. Bu variant dastlab Buyuk Karimov
tomonidan nashrga tayyorlanib, Hodi Zarifning so‘z boshisi
bilan chop etildi
2
, so‘ng Hodi Zarif tomonidan nisbatan to‘la
nashri amalga oshirildi
3
. Dostonning boshqa variantlaridan
Bekmurod Jo‘raboy o‘g‘li nusxasi Z. Husainova tomonidan
nashrga tayyorlanib, M. Saidov so‘z boshisi bilan bosilgan
4
.
Dostonning Ergash shoir va Nurman Abduvoy o‘g‘li nusxalari
asosida Hodi Zarif tomonidan tuzilgan yig‘ma (сводный)
varianti ham bor.
Doston «No‘g‘oy podsholaridan Avliyoyi Qoraxon degan
bor ekan, laqablari Qilichxon ekan, shu vaqtining odamlari
Avliyo ota deydi», degan muhim bir xabar bilan boshlanadi
5
.
Bu faktning o‘ziyoq dostonning tadqiq etuvchi mutaxassislarni
X asrdan boshlab Sharqiy Turkiston va Movarounnahrda
ikki asrdan ko‘proq hukmronlik qilgan qoraxoniylar davri
bilan bog‘lab o‘rganishga, dostonda uchrovchi avliyo ota,
Qoraxon, Buvraxon ismlari ham ayrim tarixiy joy va shaxs
nomlarning turkiy tilda yaratilgan ilk yozma doston, XI
asrning ulkan yodgorligi bo‘lmish Yusuf Xos Hojibning
«Qutadg‘u bilig» asarida Kuntug‘di obrazi nomiga hamda
1
Kuntug‘mish. Yozib oluvchi Muhammad Iso Ernazar o‘g‘li. 1926, O‘zbekiston
Respublikasi Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti folklor arxivi, inv. № 11.
2
Ergash Jumanbulbul o‘g‘li. Kuntug‘mish. Toshkent, 1949.
3
Bulbul taronalari. 1- tom, 171 - 342-betlar.
4
Xolbeka. Toshkent, 1967.
5
Bulbul taronalari. 1- tom, 178-bet.
|