– 127 –
yuborgan ajdarga qarshi kurashi va uni o‘ldirishi tasviri ham
bir qancha afsona va naqllar bilan o‘xshashdir. Bunday afsona
va rivoyatlar yana Talas atroflari va unga yaqin joylar bilan
bog‘lanadi. Akademik V.V. Bartoldga 1890-yilda Tulkiboshda
(hozirgi Chimkent viloyat, Tulkibosh tumani) shunday bir
naqlni so‘zlab beradilar: qishloqdan besh
chaqirim narida bir
g‘or bo‘lib, uning ichidagi bir toshga odamni yutib turgan ilon
surati o‘yilgan emish, g‘ordan doim tutun chiqib turarmish
1
.
Lekin bu g‘orni hech kim tekshirmagan va o‘sha toshni hech
kim ko‘rgan emas. Hozirgi paytda bunday naql o‘sha yerda
yashovchi kishilarning yodidan ko‘tarilib ketgan. Har
holda
bu haqiqatdan ko‘ra, ajdarga qarshi kurashuvchi qahramon
obrazini yaratish to‘qilgan afsonalardan biri bo‘lishi kerak.
Zero, xalq o‘rtasida bunday afsona va rivoyatlar anchaginadir.
«Kuntug‘mish» dostonining birinchi tadqiqotchisi H.
T. Zarifov bu va shunga o‘xshash bir qator tarixiy fakt va
afsonalarni qiyosiy tahlil etib, shunday xulosaga kelgan
edi: «Ba’zi tarixiy va jug‘rofiy faktlar,
qadim naqllar bilan
«Kuntug‘mish» dostoni ma’lum darajada yaqinlashdi
va ayrim detallarda birlashdi. Lekin bu hol dostonning
qoraxoniylar davrida yaratilganligiga dalil bo‘la olmasa ham,
dastlab qadim Talas tevaragida mahalliy naqllar, afsonalar
yaratilgani, ajdar bilan kurashuvchi qahramon (Kuntug‘mish)
obrazi ishlangani, keyinchalik tarixiy faktlardan material olib,
«Kuntug‘mish» dostoniga asos solinganidan darak beradi»
2
.
Bunday xulosa uchun muayyan asos bor. Chunki
muntazam og‘zaki epik an’anada xalq
dostonlari doimo
harakatda bo‘lib, o‘zlarining dastlabki asoslarini saqlaganlari
holda epiklashtirish tomon rivojlanishda davom etganlar. Bu
narsa folklor jarayoni uchun g‘oyat xarakterli bir holatdir.
1
Бартольд. В. В. Сочинения. Т. IV. М., 1967. –C. 115.
2
Hodi Zarif. “Kuntug‘mish” dostoni haqida. 45-bet.