– 234 –
– 235 –
va nonvoy», «Shayxul Islomning sud munozarasi», «Yomon
uka», «Chusti muqallidi», «To‘rt jinni yoki Azayimxon»,
«Qo‘ydi-chiqdi», «Imom domlaning uylanishi», «Uloq»,
«Kelin tushirdi», «Maqtanchoq kishi», «Er va xotin»
«Duxtorbozlik», «Oqsoqol», «Qozi», «Mamayunusning
dadasi», «Sudxo‘r», «Lo‘li», «Attorlik», «Ketmon o‘g‘risi»
yoki «Xotin janjali», «Bachchaboz», «Hoji kampir»,
«Hammom», «Mozor», «O‘lik sotdi», «Murob boshi»,
«Obijuvoz», «Xotin tug‘dirish», «Xonga ariza», «Uy
tesharlar», «Uylanish», «Suxmozor», «Kafan o‘g‘risi», «Boy
bilan mardikor», «To‘rg‘ay», «G‘irrom polvon» kabi asarlar
ijro etilganligi aniqlangan.
XVIII va XIX asrlarda Buxoro xonligida ham turli
tomoshalar namoyish etilgan. Abulfayzxon (1711 —1747)
saroyida maxsus san’atkorlar guruhi faoliyat ko‘rsatgan
1870-yilda Buxoroga sayohat qilgan rus missiyasining
ishtirokchisi L. R. Kostenko Buxoroda ko‘rgan spektakllari
to‘g‘risida o‘z taassurotlarini yozib qoldirgan. Bunday
ma’lumotlar 1878-yilda Buxoroda bo‘lgan I. L. Yavorskiy
asarida ham uchraydi.
Samarqandda 1891-yildagi Navro‘z bayramida
aktyorlar o‘ynagan «Kiyik ovi» (yoki «Mergan») spektakli
tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘lgan. 1900-yilda
Toshkenda Samarqand truppasining o‘ynagan «Mirob»,
«Eshak savdosi», «Hundilar» spektakllarida aktyorlarining
saviyasi Toshkent san’atkorlaridan har tomonlama yuqori
bo‘lganligi haqida ma’lumotlar uchraydi. Buxoro xonligi
tarkibidagi Samarqand, Shahrisabz, Kattaqo‘rg‘on, Jizzax,
Boysun, Denov shaharlarida XVIII va XIX asrda professional
san’atkorlar guruhi faoliyat ko‘rsatgan.
XVIII—XIX asrda Xorazmda ham tomosha san’ati
rivojlangan. Olloqulixon (1825—1842) o‘g‘il to‘yi
– 235 –
munosabati bilan 1835-yilda o‘tkazilgan tomoshalarda
sozanda va masxarabozlar chiqishlari yuqori bo‘lgan.
H.Vamberi Xorazmda o‘zi ko‘rgan turli tomoshalar haqida
yozadi. Unga ko‘ra xonning maxsus qiziqchisi bo‘lgan, kechki
ovqatdan so‘ng huzurida soz chalinib, qo‘shiq kuylangan,
so‘ngra masxarabozlarga gal berilgani yozilgan.
Muhammad Rahim II (Feruz) hukmronlik qilgan davrda
(1865—1872) tomosha san’atining deyarli barcha turlari
taraqqiy etgan. Chunki, xonning o‘zi shoir, bastakor sifatida
atrofiga sozandalar, shoirlar, hofizlar va masxarabozlarni
yig‘ib, ularga shart-sharoitlarni yaratib bergan, homiylik
qilgan. Doimiy ravishda ularning ijodidan bahramand bo‘lgan.
T.Obidovning aniqlashicha, Xorazm mahalliy
tomoshalarini bir necha guruhga ajratadi. Bular – musiqali
va musiqasiz ijroga mo‘ljallangan muqallidlar; bir aktyor
spektakli, jamoaviy ijrodagi «Xatarli o‘yin» tomoshalaridir.
«Xatarli o‘yin» katta turkumdagi tomosha bo‘lib, turli
mavzulardagi ko‘plab tomoshalarni o‘z ichiga oladi.
Xorazm muqallidlari ikkiga ajratiladi: hayvonlar
mavzusidagi: «Tustovuq o‘yini», «Chag‘aloq», «Kaptar
o‘yini», «Ot o‘yini», «Ayiq o‘yini»; mehnat jarayonini
ifodalovchi: «Olma terish», «Chugurma tikish», «Kampir»,
«Ko‘knori» va boshqalar ijro etilgan.
XVIII asrdan to XIX asrning ikkinchi yarmigacha kechgan
sharqona tomoshalar M.Umarov tomonidan har tomonlama
jiddiy va chuqur o‘rganilgan. Olim mazkur davrdagi tomosha
turlarini quyidagi guruhlarga shartli ravishda ajratadi:
1. Xalq dostonlarda tomoshalar bayoni haqida gapirar
ekan, bu davrda o‘zbek adabiyotining bitmas-tuganmas
chashmalaridan hisoblangan xalq og‘zaki adabiyoti – folklor
sohasida ham xilma-xil durdonalar yaratildi: “Alpomish”
dostoni va “Go‘ro‘g‘li” turkumidagi epik qissalar keng
|