– 233 –
ijro etilavergan. Ular og‘zaki ko‘rinishda bo‘lganligi jihatidan
davr o‘tishi, ijrochilar avlodining
almashinuvi oqibatida
ko‘plari unutilib, yo‘q bo‘lib ketgan. Faqat XX asrning
boshlaridan e’tiboran tadqiqotchilar xalq og‘zaki dramalari
va ularning ijrochilari hayoti va san’atlarini o‘rganish ishlari
bilan mashg‘ul bo‘la boshladilar”
1
Xonliklar davrida barcha yirik shaharning o‘ziga xos
sayilgoh, tomoshagohlari bo‘lgan. Qo‘qonning «Katta
chorsu»si katta sayilgoh vazifasini o‘tagan. Sathi uch ming
kvadrat metrli keng maydonga o‘n-o‘n besh ming tomoshabin
yig‘ilgan. Ayrim paytlarda xonning farmoni bilan O‘rda
atrofida ham turli tomoshalar tashkil etilgan.
Shuningdek,
«Yangi chorsi», «Muyimarak», «Qaynar buloq», «Ovg‘on
bog‘», «Erhubbi», «Qorayuz buvo», «Xo‘jaytirab» kabi
sayilgohlarda ham tomoshabinlar yig‘ilib sayillar, bayramlar
tashkil etilgani.
M.Qodirov Madalixon davrida saroyda Bidiyorshum
o‘z shogirdlari bilan «Mudarris» spektakli ijro etilganligini
yozadi. Saroyda xalq cholg‘u asboblari va mahalliy raqs
jamlanmasi hamda aktyorlar guruhi faoliyat ko‘rsatgan. Saroy
qiziqchilariga Zokir eshon bosh bo‘lgan. Uning rahbarligida
Rizo qiziq, Sa’di Maxsum,
Normat qiziq, Boybuva qiziq,
Mo‘min qishloqi, Bahrom qiziq,
Usmon qiziq, Ro‘zi gov,
Baxtiyor, Shomat qiziq, Davlat qiziq, mullo Hoshim, Usmon
qiziq, Xolmat qiziq, Qalsariq qiziq, Avliyoxon qiziq kabilar
o‘z mahoratini namoyish etishganlar.
Zokir eshon jamoasi turli mavzulardagi 40 dan oshiq
tomoshalarni sahnalashtirganlar. «Mudarris», «Zarkokil»,
«Avliyo», «Xon hajvi», «Sirka taroq azizlar», «Farzand
duosi», «Qalandarlar», «Dorbozlik», «Xatna», «Mardikor
1
Tursunov T. XX asr o‘zbek teatri tarixi (1900-2007). – T.: ART-PRESS. 2010.
16 -b.