14
Аdаptiv –
ахbоrоtlаrni o‘rgаnish vа ulаrdаn fоydаlаnish jаrаyonini o‘rgаnish
hаmdа o‘rgаtish uchun qulаylаshtirish, mоslаshtirish аsоsidа kutilgаn nаtijаgа
erishish.
Inklyuziv-
o‘qituvchi bilаn o‘quvchining o‘zаrо munоsаbаtlаridа tеnglik
аsоsidа tа’lim-tаrbiya jаrаyonini tаshkil qilish.
Pеdаgоgik tехnоlоgiya bilаn mеtоdikа оrаsidаgi аyrim fаrqlаr mavjud.
Mеtоdikа-
birоr ishni mаqsаdgа muvоfiq o‘tkаzish mеtоdlаri, yo‘llаri mаjmuаsi.
Аlоhidа mеtоdikаlаrni tаshkil qilаdi. Pеdаgоgikа fаni sоhаsidа mа’lum o‘quv fаnini
o‘qitish qоnuniyatlаrini tаdqiq qilаdi. Mаsаlаn, tillаr mеtоdikаsi, аrifmеtikа
mеtоdikаsi vа shu kаbilаr. Mеtоdikаning pеdаgоgik tехnоlоgiyadаn fаrqini
tushunish vа аmаldа hаr ikkisidаn unumli fоydаlаnа bilishni tаlаb qilinаdi.
Pedagogik texnologiya natijaviylikni ta’nimlaydi hamda har bir darsga
o‘qituvchining individual yondashuvi asosida vujudga keladi.
1.1.
Adabiyot ta’limida yangi pedagogik texnologiyalarning ahamiyati
Adabiy ta’lim bu inson tarbiyasining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, unda
yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Badiiy adabiyotning inson ruhiyati hatto uning shaxsiyatining shakllanishi va
rivojlanishidagi o‘rni beqiyosdir.
10
Adabiyot ta’limidan ko‘zlangan asosiy maqsad
o‘quvchilarni badiiyatdan zavqlanishga, nutqini va mustaqil fikrlashini
rivojlantirish bilan birga o‘zligini anglashga o‘rgatish hamda o‘zgalar fikrini
anglashga qaratiladi. Bu esa adabiyot ta’limida boy badiiy manbalarimizni yanada
chuqurroq o‘rgatish bilangina cheklanib qolmasdan undan hayotda foydalanish
malakalarini ham kamol tortirishni talab etadi. Shulardan kelib chiqqan holda
adabiy ta’limning mazmuni: o‘quvchilarning fikrlash salohiyatini, aqliy
rivojlanishini, mantiqiy tafakkurini o‘stirish; o‘z-o‘zini, moddiy borliqni badiiy
10
To
‘
qliyev B. Adabiyot o
‘
qitish metodikasi.-T.:
www.Ziyouz.com
kutubxonasi, 2010
16
qahramonlarda singdirilgan mohiyatdan holi emas va ushbu mazmunni o‘quvchi
shunchaki uni o‘qib yoki testlar, savollar orqali asl mohiyatiga yetib bora olmaydi.
Qachonki baxs-munozaralar, fikrlar rang-barangligi, tahliliy yondashuvlar
kechgan jarayonlardagina bunga erishish mumkin. Muammoli texnologiya aynan
shunday metod va usullarga boy texnologiyadir.
O‘yin texnologiyasi adabiy ta’limda o‘quvchi faolligini ta’minlovchi, dars
samaradorligiga erishishga xizmat qiluvchi pedagogik texnologiyadir desak
mubolag‘a bo‘lmaydi. Adabiy ta’limda shunday darslar, mavzular borki unda bir-
biridan qiziqarli o‘yin mashg‘ulotlarini o‘tkazish mumkin. Masalan, dramatik
asarlarni o‘qitishda rolli o‘yinlarni qo‘llash juda muhimdir. Umuman adabiy
ta’limda o‘yin texnologiyasi o‘qituvchiga katta imkoniyatlarni beradi. Ushbu
texnologiyalar, aytish mumkinki, yangi ilg‘or usullarni adabiyot o‘qituvchisiga
taqdim etadi va ta’limda natijaviylikni, samarani ta’minlash uchun muhim
ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: