Kompyuter monitori (displey, display - ko’rsatmoq, tasvirlamoq), matnli va grafik axborotlarni asosan kineskop (elektron-nurli asbob) ekranida ko’z bilan ko’rish uchun aks ettiradigan qurilma. Monitorlar rangli va monoxrom bo’lib, bir-biridan o’lchamlari bilan farq qiladi. Shuningdek, rostlash va ranglarni to’g’rilash uchun mo’ljallangan turli vositalar bilan jihozlanadi. Monitorlarning axborotni tasvirlash qobiliyati (aks ettiriladigan tasvirdagi gorizontal va vertikal bo’yicha chiqariladigan nuqtalar soni) turlicha bo’ladi.
Kursor(ingl. cursor -ko’rsatkich) EHM tomonidan displey ekranida ko’rsatilib, uning ish nuqtasini belgilaydigan (identifikatsiyalaydigan) harakatchan belgi.
Kesh-xotira qurilmasi - foydalanuvchi daxl qila olmaydigan, nisbatan sekin ishlovchi xotira qurilmalari ichida saqlanayotgan axborot bilan bajarilayotgan operatsiyalarni jadallashtirish uchun kompyuter tomonidan avtomatik ravishda ishlatiladigan, tez ishlovchi, kichik hajmli (virtual) buferli xotira qurilmasidir. Agar mashinada hajmi 256 Kbaytga teng kesh-xotira qurilmasi qo’llanilayotgan bo’lsa, ushbu qurilma shaxsiy kompyuter ishining unumdorligini 20 foizga oshiradi
Mikroprotsessor xotirasi(MPX) - kichik hajmga ega xotira bo’lsa ham-ki, u haddan tashqari tez ishlaydi (bunda, MPXga murojaat qilish vaqti, ya’ni ushbu xotiradan axborotni qidirib topish, yozish yoki solishtirib chiqarish uchun sarflanadigan vaqt nanosoniyalarda o’lchanadi). Mazkur xotira qurilmasi axborotni qisqa muddat davomida saqlash, yozib olish va mashinaning hisoblarda ishtirok etayotgan taktlariga bevosita uzatish uchun mo’ljallangan. MPX mashinaning yuqori tezlikda ishlashini ta’minlash uchun qo’llaniladi, negaki asosiy xotira qurilmasi tez ishlaydigan mikroprotsessorning unumli ishlashi uchun zarur bo’ladigan axborot yozish, qidirib topish va solishtirib chiqarish tezligini doim ham ta’minlay olmaydi.
Minikompyuterlaryirik hisoblash mashinalari (meynfreymlar) bilan mikrokompyuterlar o’rtasidagi oraliq mavqega ega kompyuterlar turi. Aksariyat hollarda minikompyuterlarda RISC va UNIX arxitekturasi qo’llanilib, ular o’nlab va yuzlab terminallar yoki mikrokompyuterlar ulanadigan serverlar vazifasini bajaradi. Minikompyuterlar yirik firmalar, davlat idoralari, ilmiy muassasalar, o’quv muassasalari va kompyuter markazlarida, mikrokompyuterlar hal eta olmaydigan ishlarni bajarish, axborotning juda katta hajmini saqlash va unga ishlov berish uchun qo’llaniladi. Minikompyuterlar asosan Ay-Ti-end-Ti (AT&T), Intel (Intel), Xyulett-Pakkard (Hewlett-Packard), Digital Equipment firmalari tomonidan ishlab chiqariladi.