Andijon davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi


Bitiruv malakaviy ishning maqsadi va vazifasi



Yüklə 459 Kb.
səhifə2/25
tarix16.12.2022
ölçüsü459 Kb.
#121200
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
401-27

Bitiruv malakaviy ishning maqsadi va vazifasi:
Bitiruv malakaviy ishda jismoniy tarbiya mutaxasisslarining kasbiy faoliyatlarining maqsad va vazifalari o‘rganish,
Jismoniy tarbiya mutaxassislari kasbiy faoliyatlarining shakllari va turlarini tahlil etish,
Jismoniy tarbiya mutaxassislari tayyorlash jarayonlari va muassasalarining tarkibini o‘rganish,
Jismoniy tarbiya mutaxassislari kasbiy faoliyatlarining xususiyatlari va ahamiyatini yoritish
Bitiruv malakaviy ishni tayyorlash: Andijon viloyati АOZK tashkil etildi. Ilmiy tadqiqot ishlarida 50 dan ortiq talabalarning jismoniy tarbiya, sport va sog‘lomlashtirish tadbirlari o‘rganilgan.
Ilmiy tadqiqot va pedagogik amaliyot jarayonlarida jismoniy tarbiya o‘qituvchilari va sport murabbiylarining faoliyatlari hamda yoshlarni kasbga yo‘naltirishda va kasbiy tayyorgarliklarida jismoniy tarbiya mutaxassislarining roli o‘rganilgan.
Bitiruv malakaviy ishni tayyorlash jarayoni:
Bitiruv malakaviy ishni tayyorlashda adabiyot va o‘quv materiallari hamda Internet materiallarini tahlili o‘tkazildi.
Pedagogik nazoratda jismoniy, texnik va taktik tayyorgarliklar nazorat me’yorlari orqali baholandi.
Ma’naviy va ahloqiy tayyorgarlik jarayonlarini o‘rganishda suhbatlar, anketalar, testlar o‘tkazildi.
Tibbiy ko‘rik davomida tana tuzilishi, bo‘y va tana qismlari uzunligi hamda tana vazni o‘rganildi.
Mustaqil O‘zbekistonimiz o‘z suverenitetining birinchi kunlaridanoq jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishiga milliy taraqqiyotiga yordam beruvchi omil sifatida katta e’tibor qaratdi. Aynan shu maqsadlarda jismoniy tarbiya va sport faoliyatidagi o‘zgarishlar jamiyatimizning yangi iqtisodiy hamda siyosiy sharoitlarga moslashishiga qaratildi, ya’ni sotsialistik asosidagi jismoniy tarbiya va sport tizimidan uning bozor iqtisodiyoti asoslariga, jismoniy tarbiya va sportning totalitar tizimidan demokratik tizimga o‘tishi amalga oshirildi. Davlatimiz mustaqil deb e’lon qilingandan boshlab, yarim yildan so‘ng O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi, so‘ngra juda muhim muammolar asta-sekin hal etila boshlandi: “Sog‘lom avlod uchun” ustuvor davlat siyosati; futbol, tennis, kurashni rivojlantirish to‘g‘risidagi qarorlar; yirik xalqaro sport forumlarining o‘tkazilishi; milliy kurashning xalqaro miqyosga chiqishi-Xalqaro kurash assotsatsiyasining tuzilishi hamda ushbu sport turi bo‘yicha Toshkentda birinchi jahon chempionatining zafarona o‘tkazilishi; O‘zR MOK ning tuzilishi, mustaqil jamoa sifatida davlatimiz sportchilarining Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishi va h.k.
Mana shunday muhim ishlar amalga oshirilganligiga qaramasdan, yangi hukumat qarori o‘zining keng miqyosligi, yangiligi, tuban amalga oshirilishi, dolzarbliligi bilan ajralib turadi. Jismoniy tarbiya va sportning asoslarini yanada rivojlantirishni keskin oldinga olib chiqadi. Qaror “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahririni ishlab chiqishni nazarda tutadi. Bu uni davlatimizni yangi siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlarga moslashtirish deganidir. Qarorning ushbu qismi bajarib bo‘lindi. 2000 yil may oyida Oliy Majlis, O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonunining yangi tahririni qabul qildi. Unda quyidagi vazifalar qo‘yiladi: qonuniy-me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va davlat, jamoat hamda xususiy jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari tomonidan unga amal qilish; sport-sog‘lomlashtirish klubi to‘g‘risidagi namunaviy qoidalarni tasdiqlash; professional sport ligalari, assotsatsiyalar hamda klublarning faoliyat ko‘rsatish sharoitlarni tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlar paketini ishlab chiqish va tasdiqlash; sportchilar va klublar o‘rtasida shartnomalar tuzish.
Qaror jismoniy tarbiya va sportni ta’lim hamda sog‘liqni saqlash tizimidagi tubdan o‘zgarishlar jarayoniga qo‘shib yuboradi. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” bilan harakatlarning muvofiqlashtirilishi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha yuqori malakali kadrlarni tayyorlash sifatini yaxshilashni nazarda tutadi, ya’ni: trenerlarni tayyorlashda Oliy o‘quv yurtlari mutaxasisslik fakultetlari ahamiyatini oshirish, menejment, marketing, milliy sport turlari, DJT bo‘yicha mutaxasislarni tayyorlashga kirishish lozim: viloyat universitetlari va pedagogika institutlarining jismoniy tarbiya fakultetlari, maktabgacha jismoniy tarbiya bo‘yicha mutaxasislarni tayyorlash uchun davlat standartlarini ishlab chiqishlari hamda bunday mutaxassislarni tayyorlashga kirishishlari zarur: Davlat sport qo‘mitasi mutaxassislarining malakasini oshirish, qayta tayyorlash, attestatsiyalash hamda stajirovka o‘tash tizimini yaratish bo‘yicha muhim ishlarni amalga oshirish kerak: Nukus, Namangan, Farg‘ona, Qarshi, Buxoro, Navoiy, Termiz, Urganch, Jizzax, Guliston shaharlarida olimpiya o‘rinbosarlari kollejlarini tashkil qilish yo‘li orqali ularning tarmog‘ini kengaytirish borasida bir qator ishlarni amalga oshirish lozim.
Jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari harakatlarining “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini islox qilish davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni bilan muvofiqlashtiruvchi jismoniy tarbiya va sportning sog‘liqni saqlash tizimiga yanada chuqurroq qo‘shilib borishni nazarda tutadi. Bunda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish: “Sog‘lom avlod uchun” dasturini amalga oshirish, xar yilgi dispanserizatsiya va ko‘rikdan o‘tkazishni amaliyotga tadbiq etish: aholi hamma qatlamlarining jismoniy rivojlanish holati darajasini tekshirish: terma jamoalarimiz tayyorgarligini tibbiy jihatdan ta’minlash: tibbiy jismoniy tarbiya dispanserlari, tibbiy-nazorat kabinetlari hamda jismoniy tarbiya tiklanish markazlari tarmoqlarini kengaytirish: korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda yagona salomatlik xizmatini yaratish.
Qaror butun jismoniy tarbiya-sport harakatini jadallashtirish xususiyatiga ega bo‘lgan bir muhim masalalarni hal etadi. Ushbu yangi kiritilgan qo‘shimchalarning ba’zilarida to‘xtalib o‘tamiz
-Sport klublari va aholi turli qatlamini sog‘lomlashtirish uchun mo‘ljallangan jismoniy tarbiya sog‘lomlashtirish klublari:
-Mahalla sog‘lomlashtirish harakatiga hissasini qo‘shish.
-“Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlarining kiritish:
-2000 yildan umumxalq “Sport bayrami” ni joriy etish.
-Talabalar sport harakati va “Talaba” sport jamiyatini tashkil etish:
-“Kollej sporti” harakatini tashkil qilish:
-Sport bazalarida yozgi hamda qishki sport turlari bo‘yicha olimpiyachilarni tayyorlash;
-Milliy sport turlari, musobaqalari va o‘yinlarini qayta tiklash.
Qaror qabul qilinishi jismoniy tarbiya va sport tizimi uchun mamlakatimiz aholisini jismoniy tarbiya va sport vositalari yordamida sog‘lomlashtirish bo‘yicha muhim davlat vazifasini hal etishda yangi turtki bo‘ldi.
Hozirgi zamonda Olimpiya xartiyasi xalqaro sport harakatida eng e’tiborli huquq manbai hisoblanadi. Uning nazariy qoidalari, tarixda tekshirilgan, tajribadan o‘tgan hamda sivilizatsiya tarixida sport maqomini aniqlashda etalon (andoza) sifatida qabul qilingan. Shu davr ichida Olimpiya xartiyasi, XOK va boshqa xalqaro sport tashkilotlari sababli jismoniy tarbiya va sport kishilar hayotiy faoliyati tizimiga qo‘shadigan hissasini muhim darajada oshirdi, aholining hamma qatlamlari hamda butun ijtimoiy institutlari rivojlantirishning zarur tarkibiy qismiga aylandi. Ekologik inqiroz va ilmiy-texnik taraqqiyot sharoitlarida ular insoniyatni hamda alohida har bir insonni saqlab qolish omiliga aylandi. Bu sharoitlarda Olimpiya xartiyasining nazariy qoidalariga zamon talabiga mos o‘zgartirishlarni kiritish zaruriyati tug‘ildi. Ushbu xartiyaning yaratilganligiga 100 yilda oshganligi sababli, yer aholisi hamda hamma davlatla hukumatlarini fuqarolar jismoniy tarbiyasi xususiyati, tamoyillari, sharoitlarga hamda sportni rivojlantirishga yo‘naltirish maqsadiga o‘zgartirishlar kiritildi. Bunday yangilangan hujjat Birlashgan Millatlar Tashkiloti faoliyati doirasida yaratildi.
Bizning davlatimizda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining Olimpiya xartiyasini jismoniy tarbiya va sport sohasidagi huquq manbai sifatida yaxshi biladilar va undan muvaffaqiyatli foydalanadilar. Yoshlar jismoniy tarbiyasi va sportni rivojlantirish masalasi jismoniy tarbiya hamda sport Xalqaro xartiyasiga asosan amalga oshirilmoqda. Bunda YuNESKO shunday qonundan kelib chiqadiki, inson huquqlari deklaratsiyasida qayd etilgan inson huquqlarini amalga oshirish, ko‘p jihatdan har bir erkak va har bir ayolning o‘z jismoniy, intellektual va ma’naviy qobiliyatlarini erkin rivojlantirish hamda saqlash imkoniyatiga bog‘liq, shunga muvofiq har bir kishining jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishi ta’minlanishi hamda kafolatlanishi lozim.
Jismoniy tarbiya, Xalqaro xartiyasi kirish qismi va o‘nta moddadan iborat. Kirish qismida xalqaro sport va jismoniy tarbiya tizimi qurilish lozim bo‘lgan muhim tamoyillar o‘rin olgan.
-jismoniy tarbiya va sport faqatgina jismoniy tarbiya hamda sog‘liqni saqlash bilan cheklanmaydi, u shuningdek, insonning to‘liq va har tomonlama rivojlanishiga yordam beradi;
-jismoniy tarbiya va sport asosiy insoniy qadriyatlarni o‘rnatish maqsadida o‘zining tarbiyaviy ta’sirini kuchaytirishi lozim;
-jismoniy tarbiya va sport xalqlar o‘rtasidagi singari alohida kishilar o‘rtasida ham yaqinlashishga, shuningdek, beg‘araz musobaqalashish, insonlarning birdamligi hamda do‘stlashishga yordam berishga intilishi zarur;
-jismoniy tarbiya va sport insoniyat taraqqiyotiga xizmat qilishi, uning rivojlanishiga yordam berishi, hukumatlar, tegishli nodavlat tashkilotlari, maorif xodimlari, oilalar va alohida shaxslarni xalqaro xartiyaga amal qilishga undashi, uni keng yoyishi hamda qo‘llashi lozim.
“Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish-har bir insonning asosiy huquqi”, deb nomlangan moddada ta’kidlanishicha, har bir kishi o‘z davlatining sport an’analariga muvofiq o‘zining jismoniy holatini yaxshilash hamda o‘z qobiliyatlariga yarasha sport natijalariga erishish maqsadida jismoniy tarbiya va sportda qatnashishi uchun hamma imkoniyatlarga ega bo‘lishi zarur.
Jismoniy tarbiya va sport ta’lim hamda madaniyatning eng muhim jihati sifatida, yoshlarni ijtimoiy hayotda, ya’ni jamiyatga qo‘shilishiga yordam berishi lozim, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanish umumiy uzluksiz hamda demokratik ta’lim doirasida butun hayot davomida ta’minlanishi zarur”.
Boshqa moddalarda jismoniy tarbiya va sport sohasida taalluqli bir qator muhim qoidalar bayon qilinadi. Ular jahon mamlakatlarining qonunchiligida o‘z aksini topishi lozim:
-jismoniy tarbiya va sport dasturlari alohida shaxslar hamda jamiyat talablariga javob berishi lozim;
-jismoniy tarbiya va sport sohasida ta’lim berish, kadrlar bilan ta’minlash hamda boshqarish yuqori malakali xodimlarga topshirilishi zarur;
-jismoniy tarbiya va sport uchun tegishli inventar hamda asbob-anjomlar kerak;
-ilmiy tadqiqotlar jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishning zarur elementi hisoblanadi;
-jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida axborotlar hamda hujjatlarni to‘plash, taqdim etish va keng tarqatish birinchi darajali ish hisoblanadi;
-ommaviy axborot vositalari jismoniy tarbiya va sportga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi lozim;
-milliy tashkilotlar jismoniy tarbiya va sportda birinchi darajali ahamiyatga ega;
-xalqaro hamkorlik jismoniy tarbiya va sportning har tomonlama hamda mo‘’tadil ravishda rivojlanish shartlaridan biri hisoblanadi.

Yüklə 459 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin