Modul - Visual Basic dasturlash muhitida yozilgan dastur boʻlib, nostandart operatsiyalarni foydalanuvchi tomonidan bajarilishiga imkon yaratadi,
Makrobuyruq - bir qator buyruqlar majmui asosida hosil boʻlgan makrobuyruq boʻlib, foydalanuvchi tomonidan jadval tuzishda juda qiyin hal qilinadigan jarayonlarni echadi. Sanab oʻtilgan ob’ektlar ustida ishlash uchun darchaning oʻng tomonida Otkrit(ochish),
Konstruktor va Sozdat (yaratish) degan tugmachalar joylashgan. Demak, bu tugmalar Access ning ishlash tartibini ifodalaydi. Otkrit tugmasi bosilsa, joriy ob’ekt koʻz oldimizda namoyon boʻladi. Agar bu ob’ekt jadval boʻlsa, uni koʻrib yangi ma’lumotlar kiritish yoki avvalgisini oʻzgartirish imkoniyati hosil boʻladi (2.7-rasm).
Konstruktor tugmachasi bosilsa, u holda ob’ektning tuzilmasi namoyon boʻladi. Agar ob’ekt jadval boʻlsa, unga yangi maydon kiritish yoki olib tashlash mumkin. Bordiyu forma boʻlsa, u holda boshqarish elementlarini tashkil etadi. Ammo bu hol foydalanuvchilar uchun emas, balki MBni tashkil etuvchilarga koʻproq foydali.
2.7-rasm. Konstruktor rejimi.
Sozdat tugmasi bosilsa, u holda yangi ob’ektlar tuzish, uni boshqarish lozim boʻladi. Xullas, ana shu sanab oʻtilgan tartib(rejim)lar asosida ob’ektlar ustida quyidagi turda ish bajariladi:
Endi, har bir ob’ekt ustida qisqacha tushuncha berishga harakat qilamiz.
Jadval tuzish - bu ma’lumotlarning oʻziga xos xususiyatlarini e’tiborga olgan holda uning maydonlarini ifodalash. Bu jarayon MB darchasida Sozdat tugmasini bosish bilan boshlanadi va ekranda quyidagi muloqot darchasi paydo boʻladi (2.8-rasm):
2.8-rasm. muloqot darchasi Bunda jadval tuzishning bir qator usullari taklif qilinadi:
Rejim tablitsi(Jadval holatida) Bunda jadval tuzish oddiy mexanik usulda yaratiladi va ekranda formal nomlarda jadval maydonlari paydo boʻladi. Maydon 1, Maydon 2, Maydon 3, . . . va standart matnli maydon turi akslanadi (2.9-rasm):