Angliya sertifikatlashtirish faoliyati Fransiya sertifikatlashtirish faoliyati


Angliya sertifikatlashtirish faoliyati



Yüklə 135 Kb.
səhifə2/4
tarix13.12.2023
ölçüsü135 Kb.
#139953
1   2   3   4
Xorijiy mamlakatlarda

Angliya sertifikatlashtirish faoliyati



Angliyada sertifikatlashtirish buyumlarni Britaniya standartlari institutida keltirilgan muvofiqlik belgisi va Britaniya standartlari
talablariga muvofiqligini tasdiqlash bilan amalga oshiriladi.
Ma’lumki, Ushbu institut tomonidan qator standartlar ishla chiqilgan va joriy qilingan. Bu standartlar bilan keyinchalik, o’qo’v qo’llanmaning sifat tizimi bo’limlarida tanishamiz.

Fransiya sertifikatlashtirish faoliyati

Fransiyada ilk bora 1938 yil sertifikatlashtirish haqidagi qonun qabul qilingan. Bu qonun milliy standart belgisi NF, hozirgacha o’zgartirish kiritilgan holda ishlatilmoqda. AFNOR zimmasiga 1941 yilda qabul kilingan dekret asosida NF belgisi maqomiga egaligi va mamlakatda sertifikatlashtirish faoliyati tizimi yuklatilgan.


Fransiyada NF belgisi milliy standartlarga mos eng birinchi sertifikatlashtirish muvofiqlik belgisidir. Ushbu belgi shaharda va chet davlatlarda keng tarqalgan va qo’llanilab kelinmoqda.
Mas’uliyatsiz bosilgan har bir qadam jazoga tortilishi mumkin, bu choralar oddiy ogohlantirishdan boshlanib yukoridagi belgini kullaniishiga berilgan litsenziyasidan mahrum qilinishgacha borib etadi. AFNOR tashkiloti har bir noto’g’ri berilgan reklama, tovlamachilik, belgini noto’g’ri ishlatilganida ham ishlab chiqaruvchilarni yoki sotuvchilarni qonuniy jazoga tortishi mumkin. AFNOR tashkilotining sertifikatlashtirish tizimi uchinchi tomon sifatida faoliyat ko’rsatadi, hamda korxona sifat tizimini va mahsulot namunasini sinash faoliyatini olib boradi.
Standartlashtirish bo’yicha Fransuz assotsiatsiyasi (AFNOR) – sertifikatlashtirish bo’yicha ishlarini va faoliyatni amalga oshiradi. Sertifikatlashtirishning tashkiliy tuzulishi va tarmoq standartlashtirish tizimi bilan milliy standartlar talablariga muvofiq reja asosida doimiy o’zaro faoliyat olib borib yangi standart va me’yorlarni ishlab chiqadi.
AFNOR, sertifikatlashtirish faoliyatini davlat idorasi sifatida va quyidagi tarmoqlar miqyosida boshqaradi: Fransuz tashqi savdo markazi (CNCE), Texnik reglamentlar va me’yorlar to’g’risidagi ma’lumotlar markazi (CINR), Elektrotexniklar Kengashi (UTE).

Germaniyada sertifikatlashtirish faoliyati


Germaniyada sertifikatlashtirishning asosi bo’lib Federal hokimiyat iq’yosida qabul qilingan qonunlar xizmat ko’rsatadi. Bular o’z ichiga sog’liqni himoya qilish, tabiatni muhofaza qilish, mehnat xavfsizligini, iqtisodiyot resurslarini, iste’molchilarning huquqlarini muhofaza qilishga yo’naltirilgan qonunlarni qamrab oladi. Bu qonunlarga asosan 1968 yilda qabul qilingan «Jihozlarning xavfsizligini ta’minlash» qonuni kiritilib, bu konunning asosi bo’lib tabiatni muhofaza qilish qonunlari xizmat kilgan.


Ishlab chiqaruvchi yoki chetdan mahsulot olib kiruvchining mahsuloti texnik nazoratdan va federal hokimiyat tarafidan tekshirilgan bo’lsa, u tekshirilganlik «xavfsizlik belgisi»ni qo’yishi mumkin bo’lgan. Sertifikatlashtirish bo’yicha Germaniyada faoliyat olib boradigan asosiy ettita tizim mavjud bo’lib, ularning doirasida 400 dan ortiq boshqarmalar ish yuritadilar. Mahsulotlarni sertifikatlashtirish bo’yicha eng faol ish olib boruvchi tashkilot sifatida DIN standartlariga muvofiqligini tekshirish bo’yicha ish olib boradigan Germaniya instituti (DIN) bo’lib hisoblanadi. Mahsulotlar ushbu institut tizimidagi sertifikatlashtirish tashkilotidan o’tgandan so’ng unga DIN belgisi qo’yilishiga ruxsat beriladi, bu belgi gaz, suv apparatlaridan tashqari barcha mahsulotlarga ishlatiladi.
Elektr tarmoqlarini sertifikatlashtirish Germaniya elektrotexniklar kengashi (VDE) orqali bajariladi. Ilmiy tekshirish institutlarida va sinov laboratoriyalarida mahsulotni nazorat qilish ishlari olib boriladi.
Germaniyada umummilliy sertifikatlashtirish tizimiga quyidagi tizimlar kiradi:
A – reglamentlarga muvofiq sertifikatlashtirish tizimi;
A 1 - DIN standartlariga muvofiq sertifikatlashtirish tizimi barcha turdagi mahsulotlarni/buyumlarni/ qamram olib, DIN
standartida o’rnatilgan talablariga muvofiqligiga solishtiriladi. Uga Germaniya standartlashtirish instituti rahbarlik qiladi. DIN standarti talablariga muvofiq buyumlar DIN GEPRUFT belgisi bilan tamg’alanidi;
A 2 - VDE sertifikatlashtirish tizimi. Bu tizim (VDE) elektrotexniklar Kengashi bo’lib, Sinov va sertifikatlashtirish institutini (PZI) qo’llab qo’vvatlaydi va buyumlar VDE belgisi bilan quyiladi;
A 3 - DVGW sertifikatlashtirish tizimi. Bu sertifikatlashtirish tizimi gaz va suv ta’minoti bo’yicha firma Assotsiatsiyalaridir. Germaniyaning bozorlariga etkazilib berilayotgan barcha gaz qurilmalari DVGW muvofiqlik belgisi bo’lishi lozim;
V – Germaniya sifat kafolati va RAL tamg’alash instituti sertifikatlashtirish tizimi. Bu tizimning qo’llanish sohasi qishloq xo’jaligi va qurilish materiallari uchun ishlatiladi va RAL sertifikatlashtirilgan mahsulotlarga muvofiqlik belgisi qo’yiladi;
S - GS belgisi bilan sertifikatlashtirish tizimi, Asbobuskunalar xavfsizligi to’g’risidagi Qonun talablariga muvofiq buyumlar sertifikatlanadi;

  1. – qurilish konsruksiyalarini federal me’yorlariga muvofiqligini nazorati uchun tizim;

  2. – etalon va o’lchash vositalarini sertifikatlashtirish tizimi. Metrologiya sohasida Federal idora bo’lib Federal fizika-texnika instituti hisoblanadi;

  3. – Germaniya sanoat qonunchiligining 24 bo’limiga muvofiq sertifikatlashtirish tizimi. Bu tizim bug’ qozonlar, yuqori bosimli idishlar, yonuvchi suyuqliklarni tashish, portlashdan himoyalangan elektr qurilmalari va ko’tarish qurilmalarini sertifikatlashtirish bilan shug’ullanadi.

S ifat tizimini sertifikatlashtirish bo’yicha jamiyat (DQS).
Germaniyada sifat tizimini sertifikatlashtirish bo’yicha Amaliy ishlarni olib boradi.
Sifat tizimini sertifikatlashtirish bo’yicha DQS jamiyati faoliyat olib borib, u firma va kompaniyalarning majburiy bo’lmagan holda ya’ni ixtiyoriy ravishda murojaatlarini qabul qiladi. Bundan tashqari RW TUV va bir necha xalqaro miq’yosda tanilgan Germaniya kompaniyalari ham sertifikatlashtirish ishlari bilan shug’ullanishadi.
Yaponiya sertifikatlashtirish tizimi faoliyati

YAponiyada asosan ixtiyoriy sertifikatlashtirish ishlari mavjud bo’lib, hozirgi bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib, raqobat tufayli majburiy sertifikatlashtirishga aylangan. Mahsulotlarni ixtiyoriy sertifikatlashtirish bilan birga ularning turli tekshiruvlari ham olib boriladi. Mahsulot yoki xizmatlarni sertifikatlashtirish bo’yicha 25 dan ortiq qonunlar mavjud bo’lib, bularning ba’zilari faqatgina mahsulotlarni tekshiruvlarini olib borish faoliyatiga qaratilgan.


Standartlarga muvofiqligini kafolatlovchi, hamda sertifikatlashtirish masalalari bo’yicha eng taniqli tashkilotlardan biri YAponiya sanoat standartlari komiteti (JISC) bo’lib, u tomonidan ishlab chiqilgan standartlar qator vazirliklar tomonidan (qishloq xo’jalik, tashqi savdo va sanoat, o’rmonchilik, baliqchilik, qurilish, aloqa xizmati va maoriflarda) qabul qilingan. Oziq-ovqat, qishloq xo’jalik va o’rmonchilik mahsulotlari uchun JAS standartlari talablari asosida sertifikatlashtirishda ishlari olib boriladi. YAponiyada qishloq xo’jalik assotsiatsiyasi tomonidan ham standartlar ishlab chiqilib, u qishloq xo’jalik va o’rmonchilik mahsulotlarini standartlashtirish va tamg’alashga mo’ljallangan.
Baliqchilik va o’rmonchilik xo’jaliklarida nazoratni ushbu vazirlik tomonidan ro’yxatga olingan mustaqil tashkilot olib boradi.
Mahsulotlarga qo’yilgan VCCI belgisi mahsulotning elektromagnit moslashuvchanligini bildiradi. Ushbu belgini olish va uni mahsulotlar yorlig’iga qo’llash ixtiyoriy sanaladi.
SG – belgisi 50 dan ortiq turdagi mahsulot va tovarlar uchun qo’llanilishi mumkin bo’lib, bu belgi ularning xavfsizligi haqidagi kafolat belgisi hisoblanadi, T – belgisi mamlakat ichki bozor savdosi va sanoat vazirligi tomonidan belgilangan bo’lib, import mahsulotlar ya’ni elektrotexnika mahsulotlarining xavfsizligi belgisini bildiradi.

Y aponiyada uchta shakldagi sertifikatlashtirish amal qilinadi: majburiy sertifikatlashtirish, qonuniy talablarga muvofiqligini tasdliqlash, milliy standartlarga muvofiq ixtiyoriy


sertifikatlashtirish.
Majburiy sertifikatlashtirishni hukumat tasarrufidagi idoralar va ixtiyoriy sertifikatlashtirishni xususiy idoralar shug’ullanishadi.
YAponiya qonunlarida turli xil mahsulotlar va turli toifadagi tavsiflari hamda xavfsizliklarini belgilanadi.

Yüklə 135 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin