Angren universiteti


Bolalar jamoasi xakida tushuncha



Yüklə 164,5 Kb.
səhifə2/7
tarix13.12.2023
ölçüsü164,5 Kb.
#139961
1   2   3   4   5   6   7
Bolalar shakillanishida taqlidning o‘rni xaqida.

Bolalar jamoasi xakida tushuncha.
Jamoa ijtimoiy jamoaning bir qismi hisoblanib, kishidan ma’lum bir maqsad asosida intiladigan, harakat qiladigan, va о‘zi hamma kuch - xarakatini ijtimoiy faoliyat, mehnatga sarf qiladigan bо‘lishini talab etadi. Jamoani tushunish, uni his etish hamda shaxsni shakllantirishdagi о‘rni va rolini tug‘ri baholay olish, inson fikrini hurmatlash, jamoaning munosib a’zosi bо‘lishga intilish har bir shaxs uchun muhimdir. Bolalar jamoasini shakllantirish uzoq vaqtni talab etadigan murakkab jarayondir. Dastlab birgalikdagi faoliyat kо‘pincha dunyo bilan bog‘liq bulgan faoliyatga birlashadi. Bu birlashish beqaror, qisqa muddatli bо‘lib, tez buziladi Bunday dastlabki birlashishning birinchi tashkilotchisi tarbiyachidir. Chunki u bolalarga birgalikda о‘ynashni taklif etadi. Bolalardan bittasi о‘yinchoqlarni yuklasa. ikkinchisi tashiydi, uchinchisi yukni tushiradi. 4-5 qiz qо‘g‘irchoq bilan «Oila» о‘yinini о‘ynaydi, tarbiyachi esa, ularga rollarni taqsimlashda yordam beradi va h.k.
Tarbiyachi bolalarni bir guruhga birlashtirishda ularning о‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga oladi, chunonchi bitta guruhga serharakat va boshqasiga, passivroq bolalarni birlashtiradi.
Ikkinchi xususiyat bolalar jamoasining barqaror
bо‘lishini ta’minlashdir. Bu davrga kelib bolalar ancha
mustaqil hamda tashkilotchilik qobiliyatini eg‘allagan bо‘ladilar. Jamoada katnashuvchilar soni 8-10 kishiga yetib qoladi.
Birgalikdagi faoliyat jarayonida о‘yin va mehnatdan keng
foydalaniladi. Bu bosqichda tarbiyachining vazifasi hamma
bolalarda tashkilotchilik qobiliyatini shakllantirishdir. Mashg‘ulot о‘tkazayotgan jarayonda uning о‘zi hammaga kо‘rinib
turishi va ovozi balandroq va hamma uchun tushunarli bо‘lishi
kerak. Tarbiyachi shunday mashg‘ulot jarayonida о‘rtoqlarining
ishini tahlil qilishga jalb etish orqali bolalarni izlanuvchanlikka, haqiqatgо‘ylikka о‘rgatadi hamda bolalarning о‘z tengdoshlariga xayrixoh munosabatda bо‘lishini ta’minlaydi.
Bolalyr jamoasini shakllantirish axloqiy tarbiya bilan chambarchas bog‘liqdir. Bolalar о‘z xulqlarining jamoa manfaati bilan bog‘liqligi haqidagi bahoni eshitadilar. Bola jamoa fikri va bahsi bilan hisoblashsa, о‘zining jamoa uchun zarurlyatini sezsa, u bilan g‘ururlansa, umumiy hayotning yoqimli va quvonchli bо‘lishi uchun intilsa, bu jamoaning yetarli darajada shakllanganligidan dalolat beradi.
Bola kelishi bilan bolalar jamoasining a’zosi bо‘lib koladi, u boshqa bolalar bilan uynashi mehnat qilishi, kelishishi kerak bо‘lsa yon bosishi о‘rganib oladi.
Tarbiyachi har bir bolaning qobiliyatini alohida baholab borishi kerak.
Keyinchalik jamoada hayot tajribasining tо‘plapishi natijasida «men», «meniki» tushunchasining о‘rnini «biz», «bizniki» degan tushunchalar egallaydi. Bu esa bolalarning о‘zini jamoa a’zosi deb tushunib olganidan va о‘z shaxsi manfaatini umumiy maqsadga buysundira oladigan davridan boshlanadi.
Yaxshi о‘rtoq bulish,- bu boshqalar bilan о‘zini bir qatorda qо‘yishi, ular tо‘g‘risida g‘amxо‘rlik qilish, shu bilan birga sen yolg‘iz emassan, sen tо‘g‘ringda boshqalar ham о‘ylaydi, senga boshqalar ham g‘amxо‘rlik qiladi degan ma’noni anglatadi.

Yüklə 164,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin