Anvar Obidjon hayoti va ijodi


Anvar Obidjon ertak va dostonlarida Vatan ozodligi va erk uchun kurash masalalarining aks etishi



Yüklə 414,21 Kb.
səhifə3/7
tarix26.11.2023
ölçüsü414,21 Kb.
#135360
1   2   3   4   5   6   7
Nazirova M bolalar adabiyoti

Anvar Obidjon ertak va dostonlarida Vatan ozodligi va erk uchun kurash masalalarining aks etishi
Ma’lumki, o’tgan asrning saksoninchi yillari o’rtalaridan boshlab xalqimizning tarixga, ajdodlar merosini o’rganishga bo’lgan qiziqishi kuchaya bordi, bu mavzuda qator asarlar yaratildi. Bu davrda bolalar adabiyotida ham tarixiy-ijtimoiy masalalarni aks ettirishga moyillik sezilarli darajada kuchaydi. Ayniqsa, X. To’xtaboev, N. Aminov, O. Begaliev, S. Salimov va boshqa bolalar adiblari bu mavzularda qiziqarli asarlar ijod etdilar. Anvar Obidjon 70-yillarning oxirlarida yaratilgan «Alamazon va uning piyodalar»5 qissasida, 80-yillarning oxirlarida bitilgan «Meshpolvonning janglari» dostonlarida hamda bir necha she’riy ertaklarida Vatan ozodligi, erk uchun kurash masalasini tarixiy mavzuga uyqash tarzida ko’tarib chiqadi. «Alamazon va uning piyodalar» dagi voqealar afsonaviy shahar YUldistonda bo’lib o’tsa, «Meshpolvonning janglari»dagi voqelar turli qishloqlarda, mustabid shoh taxti joylashgan «Qahratoniya» da ro’y beradi. SHunisi e’tiborga sazovorki, har ikki asarda ham agar davlat boshliqlari ongsiz bo’lishsa, muttahamlik, xudbinlik, laganbardorlik, mansabparastlikka yo’l ochiladi va o’lkasi jannatmakon, odamlari qanchalar pokizafe’l bo’lmasin, har qanday jamiyat, oxir-oqibat «yurt iflos xandaqqa, xalqi irqit maxluqqa» aylanishi mumkinligini kuyunib bayon etiladi. Asarning ichki mazmun-mohiyatidan unda sobiq sho’rolar jamiyati nazarda tutilayotganligi ochiq-oydin sezilib turadi.
Qissa qahramoni Alamazon, ko’plab tengdoshlari qatori, nihoyatda xayolparast va ta’sirchan. Uning ma’naviy dunyosi shakllanishida badiiy asarlarning o’rni beqiyos. Alamazon kitob o’qib zavqlanadi, qattiq ta’sirlanadi, asar qahramonlariga yurakdan havas qiladi, ularga o’xshab odamlarga ezguliklar va yaxshiliklar qilish, jasoratlar ko’rsatish orzusi bilan yonadi, hayotga cheksiz ishonch va umid bilan qaraydi.
Muallif o’smirdagi mana shu sifatlarni mehr bilan ko’rsatar ekan, bunday sifatlarga ega bo’lgan inson xalqning og’ir ahvolini ko’rib loqayd o’tib ketolmasligini, ifloslik anqib turgan havodan bemalol nafas ololmasligini ta’kidlaydi.



Muhabbat Hamidova hayoti va ijodi


Respublikamizning qaysi viloyati, tumaniga borib: “Gulxan” jurnalidan keldim, desak, suhbatdoshimiz beixtiyor jilmayib: “Opa, Hamidova opa ishlayaptilarmi?! Men falon yilda u kishidan xat olganman. Juda ajoyib jurnalist: Maqola, lavhani ham hikoyadek qiziqarli qilib yozadilar, deyishadi. Bu eʼtiroflar bejiz emas. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi,Shuhratmedalisohibasi,jurnalist Muhabbat opa HAMIDOVA “Gulxan”da kamol topdi. Opaning bu dargohga ishga kelganiga bu yil 45 yil toʻlibdi. Bugun Navroʻz arafasida oʻzining tabarruk 65 yoshini nishonlayotgan jurnalistning bolalik xotiralari bilan tanishasiz.
Goʻroʻgʻli” yangragan kechalar
Tuzel qishlogʻimiz shundoq Toshkent shahri bilan chegaradosh, etagidan Chirchiq daryosi oqib oʻtadi. Juda xushmanzara, bogʻlarga, ekinzorlarga boy manzil. Bolaligim 1960-yillarga toʻgʻri keladi. U paytda hali qishlogʻimiz koʻchalari asfalt qilinmagan, yozda biz bolalar qaynoq tuproqda oyogʻimizni juftlab yurib, traktor izi qoldirish oʻynardik. Oyogʻimiz jizillab kuyar, lekin biz parvo qilmasdik. Ust-boshimiz-u aft-angorimiz, kipriklarimiz tuproq boʻlib ketgachgina oʻzimizni ariqqa otardik. Shoʻngʻib-shoʻngʻib, miriqib choʻmilgach, apil-tapil kiyinib, bir yugurib “Qoraqosh” tepaga yetib olardik. Kim birinchi chiqish oʻynaganday tirishib, tirmashib tepa ustiga oʻrnatilgan temir minoraga chiqardik. U yerdan butun atrof kaftdagidek aniq koʻrinardi. Botib borayotgan quyosh esa xuddi qishlogʻimiz ustiga agʻanayotgandek tuyulardi. U paytlarda kolxozimiz dalalariga paxta ekilardi. Kolxozchilar kech kuzgacha daladan chiqmasdi. Qor yogʻib, havo sovugach, ochilmay qolgan koʻraklar terib olinib, odamlarning uylariga eltib berilardi. Dadam brigadir boʻlganlari uchun koʻpchilik biznikiga kelib, koʻrak chuvirdi. Ertasiga bu xom paxtalar koʻrak chuvish mashinasida qayta ishlanib quritilardi. Kechki payt koʻrak chuviyotganlar davrasiga biz ham qoʻshilardik. Kattakon xontaxtaga onam girdi patnis qoʻyardilar. Patnis jiyda, turshak, mayiz, olma, shaftoli qoqi, patir non bilan toʻla boʻlardi. Kattakon xonaning derazasi yonidagi pechkada gurullab olov yonar, pechka ustidagi tunuka chovgumda shaqillab choy qaynab turardi. Eng qizigʻi, bu davrada dadam uyning toʻrida oʻtirardilar. Qoʻllarida “Ravshan va Zulxumor”, “Chambil qamali”, “Kuntugʻmish”, “Malikayi ayyor” dostonlari yozilgan qalin, koʻk muqovali kitob. Dadam “Kuntugʻmish” dostonini shunday chiroyli ohangda oʻqirdilar-ki, xonada faqat u kishining ovozi yangrar, boshqalarning esa qoʻllari ishda, quloqlari dostonda boʻlardi. Ammo Kuntugʻmishning oʻgʻli Mohim onasi Xolbekaning qoʻlidan daryoga tushib ketib, baliq yutib yuborganida xotinlar yum-yum yigʻlashardi... Doston voqealariga berilib ketgan ayollar yarim kecha boʻlganda chuvilgan nam paxtalarni katta etakka yigʻib, bir chekkaga olib qoʻygach, doston davomini ertaga eshitishga kelishib, noiloj xayrlashishardi. Keyinchalik dalalarga paxta ekmay qoʻyildi, biroq qoʻshnilarimiz doston eshitish uchun har oqshom biznikiga chiqishni kanda qilishmasdi. Shu tariqa men ham, oʻrtoqlarim ham maktabga chiqquncha, “Goʻroʻgʻli” turkumidagi dostonlardan parchalar yodlab oldik. Keyin dadam uyga kattakon “Rekord – 9” televizorini olib keldilar. Endi qoʻshnilar televizordan konsert yoki hindcha filmlar koʻrishga keladigan boʻlishdi

Yüklə 414,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin