Arilar hujumi
Oilada toʻrt oʻgʻil, ikki qiz edik. Opam bizdan ancha katta boʻlgani uchun oyimni dastyoriga aylanib qolgan, biz bilan oʻynashga vaqti yoʻq edi. Men ukalarim bilan lanka tepardim, futbol oʻynardim, ariq boʻyidagi tutdan suvga kalla tashlab, ancha joygacha suv tagida suzib borardim. Eng qizigʻi, dadam menga ot minishni ham oʻrgatgan edilar. Bir kuni dadam saman otini hovlimiz devori yonidagi oʻrikka egarini yechmasdan bogʻlab qoʻyib, oʻzlari qoq tush payti boʻlgani uchun uyda dam olayotgan edilar. Men hech kimga aytmasdan devorga chiqdim, undan ot egariga oʻtdim. Asta arqonni yechdim. Ot avvaliga yurgisi kelmay tixirlik qildi. Men egar ostiga qistirilgan qamchinni olib, uni beliga kuch bilan urdim. Ot jahldanmi yoki meni jazolash uchunmi yeldek uchib ketdi. Jilovni tortsam ham toʻxtamadi. Shu yugurgancha dala shiyponiga bordi. Aksiga olib u yerda na qorovul Aʼzam amaki, na oshpaz Asem apshe koʻrinmadi. Men jilovni tortish oʻrniga yurishga qistagandek silkitibman. Ot yana yugurib ketdi. Shu yugurganimizcha bedazorni kesib oʻtib, daryoga kelib qoldik. “Xayriyat, chanqabdi, suv ichayotgan payti tushib olaman”, deb oʻyladim. Ammo qayoqda, u suvni hidlab, bir pishqirdi-yu daryoga tushdi. Oyogʻi silliq toshga tegib toyib ketdi. Shunda jilov qoʻlimdan, oyogʻim uzangidan chiqib “shalop” etib daryoga tushdim. Daryoning sertosh, tezoqadigan joyi ekan. Besh-olti qadamcha toshdan toshga urilib, sirpanib oqqach, oʻzimni tutib oldim. Qirgʻoqqa qarab suza boshladim. Sohilga yetgach suvga egilgan tol shoxidan ushlab qirgʻoqqa intildim. Birdan yuzim, peshanam, boʻynim jizillab achishdi. Bir shoʻngʻib suvdan chiqdim. Oʻzimni qirgʻoqqa tashladim. Qancha yotdim bilmadim. Koʻzimni ochsam, uyda yotibman. Dadam otini qidirib shiyponga kelayotganida Oftob urgan amaki (haqiqiy ismini bilmasdim, u dalada ishlayotganlarga har doim: “Hormanglar, oftob urganlar”, deb oʻtgani uchun odamlar uni shunday chaqirishardi) meni otni yugurtirib daryo tomonga ketganimni aytibdi... Dadam meni qirgʻoqda behush holda topibdilar. Charchaganimdanmi, qoʻrqqanimdanmi yoki arilar hujumidanmi hushimdan ketgan ekanman. Uch kunda yuzimdagi shishlar qaytdi. Qaytib otga minmadim.
Hayotimni yoritgan nur
Ilk yozgan sheʼrlarimni adabiyot oʻqituvchimiz Sanʼat opaga koʻrsatardim. Opa taniqli yozuvchi Vali Gʻafurovning jiyani edi, sheʼrni yaxshi tushunardi. Ikkita sheʼrimni kamchiliklarini toʻgʻrilab berdilar. Ularni “Gulxan” jurnaliga joʻnatdik. Koʻp oʻtmay jurnalning adabiy xodimi Xayriddin Saloh degan shoirdan: “Koʻproq kitob oʻqing, sheʼr yozish qoidalarini oʻqituvchingizdan oʻrganib oling. Sizdan yaxshi sheʼrlar kutib qolamiz”, degan javob keldi. Men bundan ruhlanib, yanayam koʻproq kitoblar oʻqiy boshladim. Gʻafur Gʻulom, Hamid Olimjon, Uygʻunning oʻnlab sheʼrlarini yodlab oldim. Shu orada maktabimizda Gʻafur Gʻulom tugʻilgan kuniga bagʻishlab oʻtkazilgan adabiy kechaga yozuvchi Hamid Gʻulom bilan soʻz ustasi Muxsin Hamidovlar kelishdi. Oʻsha paytda Toshkentda qattiq zilzila boʻlgan, Gʻafur Gʻulom betob boʻlib qolgan ekan. Hamid Gʻulom oʻquvchilarga u kishining salomini yetkazdi. Men Gʻafur Gʻulomga bagʻishlangan sheʼrimni aytib berdim. Shunda Hamid Gʻulom qoʻlida aylantirib turgan chiroyli avtoruchkasini sovgʻa qilib, “Kattakon yozuvchi boʻlgin”, deb duo qildi. Muxsin Hamidov esa, “Hamidovlar mashhur boʻlishi kerak, boʻsh kelma”, deb yelkamga qoqib qoʻydi. Men olgan sovgʻa butun qishloqqa doston boʻldi. “Mashʼal” romanining muallifi kimsan Hamid Gʻulom Mahmudjonning qiziga oʻz ruchkasini beribdi. Bunda bir hikmat bor, deyishdi. Kolxozimiz raisi, Mehnat Qahramoni Turob ota Normuhamedov ataylab maktabimizga keldi. Maktab oʻquvchilarini yigʻib, men haqimda gapirdi. Menga oʻzi Yaponiyadan keltirgan yaltiroq sharf sovgʻa qilib: “Bizning kolxozdan ham mashhur odamlar chiqishi kerak-da, boʻsh kelma, ona qizim”, deb peshonamdan oʻpib qoʻydi. Shundan keyin qishloqda dadamniyam, meniyam obroʻmiz oshib ketdi.
Eduard Uspenskiy
Eduard Uspenskiy 1937 yil 22 dekabrda Yegorevskda tug‘ilgan. She'rlar va hikoyalarni maktab yillarida yoza boshlagan. Shu bilan birga, mashhurlikka birinchi marta hajviyachi sifatida erishgan. 1966 yilda u, Arkadiy Arkanov, Grigoriy Gorin va Feliks Kamov mualliflarga mashhurlik keltirgan «To‘rttasi bitta muqova ostida» nomli kitobni nashrdan chiqarishdi.Bo'lajak yozuvchining ota -onasining yozish yo'li bilan hech qanday aloqasi yo'q edi. Ota Nikolay Mixaylovich KPSS Markaziy Qo'mitasining ovchilik bo'limida itga ishlovchi bo'lib ishlagan, shuning uchun uyda hayvonlar ko'p edi. Onam ma'lumoti bo'yicha muhandis -mexanik edi. Edikdan tashqari, oilada yana ikkita o'g'il tarbiyalangan: akasi Igor va kenja Yuriy. Millati bo'yicha Ouspenskiyning otasi yahudiy, onasi esa rus edi.
Bundan tashqari, Uspenskiy Timsoh Gena va Cheburashka, Prostokvashinodagi do‘stlar sarguzashtlari, «Bo‘g‘irsoqlar tergov olib boradi» sikli, «Plastilin qarg‘a» va boshqa ko‘plab multfilmlarga ssenariylar yozgan.
Uning bolalar she'rlari "Literaturnaya gazeta" da kulgili tarzda nashr etila boshlandi, ular radio dasturida "Xayrli tong!" Eduard Uspenskiy multfilm ssenariylarining muallifi bo'lib ishlagan, ularning ko'pini bir necha tomoshabinlar avlodi yaxshi ko'radi. Birinchi marta 1966 yilda nashr etilgan "Timsoh Gena va uning do'stlari" romani bolalar yozuvchisiga katta shuhrat keltirdi.
Uning qahramonlari Gena Crocolil va Cheburashka bir necha o'n yillar davomida bir nechta multfilmlarda yashagan. Prostokvashino do'stlarining sarguzashtlari ham muvaffaqiyatli o'tdi - Fedor amaki, Sharik, mushuk Matroskin. Va ular ham o'zlarining ekran tasvirini topdilar. Bundan tashqari, Eduard Uspenskiy mashhur "Baby Monitor" bolalar dasturiga, "ABVGDeyka" teleko'rsatuviga yozgan va hozirda "Kemalar bizning portimizga kirdi" dasturini olib bormoqda.
Yozuvchining asarlari 25 dan ortiq tillarga tarjima qilingan, kitoblari Finlyandiya, Gollandiya, Frantsiya, Yaponiya va AQShda nashr etilgan. Yaqinda Eduard Uspenskiy soxta Dmitriy davri va qiyinchiliklar davri haqidagi tarixiy romanlar tsikli ustida ko'p yillik ishini tugatganini e'lon qildi.
Dostları ilə paylaş: |