Algebraik tenglamalar sistemasini yechish ancha murakkab va bu masala hisoblash matematikasining mukammal yechilmagan muammosidir. Algebraik tenglamalar sistemasini yechishning boshlang’ich muammosi – bu algebraik tenglamalar sistemasini yechimlarining mavjudligi, soni va ular yotgan oraliqni topish muammolari o’rganilgan, bular aniq misollarni yechish orqali izohlanadi.
Algbraik tenglamalar sistemasi tadbiqlarining, masalan, fizik-mexanik jarayonlar masalalarida qo’llanilishi ko’rsatilgan. Nochiziqli tenglamalar sistemasidan iborat bo’lgan bir qator amaliy masalalarni sonli yechish masalasi qaraladi. Nochiziqli tenglamalar sistemasini yechishning bir qator taqribiy hisoblash usullar (Nyuton usuli, iteratsiyalar usuli va boshqa usullar)dan iborat. Shu usullardan foydalanib bir qator aniq amaliy masalalar yechilgan, hisob algoritmi va blok-sxemasi tuzilgan, shunga ko’ra Mathcad matematik paketida dastur ishlab chiqilgan. Olingan natijalar analitik yechimlar bilan taqqoslangan, natijalarni ko’rinishida grafiklardan foydalanilgan, tegishli xulosalar chiqarilgan.
Ushbu kurs ishida algebraik tenglamalar sistemasini taqribiy yechish metodlari o’rganildi. Algebraik tenglamalar sistemasini yechishning Nyuton, takomillashgan Nyuton, oddiy iteratsiya usullari o’rganildi. Bu usullarning barchasi uchun Mathcad muhitida natijalar olindi.
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: «Ma’naviyat», 2008. – 220 b.
O’zbekiston Respublikasi «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni. – Toshkent, 1992.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 31 maydagi PF-3080-son «Kompyuterlashtirishni rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnolo-giyalarini joriy etish to’g’risida»gi Farmoni. – Toshkent, 2002 yil 31 may.