"Tarixi Shohruxiy" – Mulla Niyoz Muhammad Xo`qandiy (1802-1872). XIX asrning 70-yillarida yozilgan. 1872 yilgacha bo`lgan va ko`zi bilan ko`rgan voqealarni yozgan.
"Tarixi Turkiston" – tarixchi va journalist Mulla Olim Maxdum xoji. Unda qadimgi davrdan to Turkistonning XX asr boshlarigacha bo‘lgan voqealari yilnomasi bayon etilgan edi. Bu kitob o‘zbek tilidagi ilk tarixiy asar sifatida shuhrat qozondi.
"Tarixlar dengizi"– Muhammad ibn Muhammad Zamon Buxoriy.
"Ta'vilot ahl as-Sunna" ("Sunniylik an'analari sharhi") – Abu Mansur al- Moturudiy (870-944) asari.
“Tavjud” – Qur’oni Karimni qiroat bilan o`qish san’ati haqidagi ilm va kitob
"Temir tovon" – roman. J.London. Insoniyat oldida turgan dahshat va azoblar oldindan aytib beriladi.
“Telba” – F.M. Dostoyevskiy (1821-1881) asari
“Temur qarorgohi” – ispaniyalik elchi de Klavixo tomonidan yozilgan asar.
“Temur tuzuklari”– Amir Temur (1336-1405) hayotlik davridayoq yaratilgan uning harbiy san’ati va davlat boshqarish uslubiga bag‘ishlangan maxsus asar.
"Tirik mavjudodlar a'zolari haqida" – Farobiy (873-950) asari.
"To’fon rivoyati" – Mesopotamiyada jahondagi eng qadimiy rivoylardan biri – Yer yuzini butunlay suv bosishi to`g`risidagi To`fon rivoyati dunyoga kelgan.
"To`qson uchunchi yil"– Viktor Gyugo (1802-1885) o`z asarida zulmga, jaholat va adolatsizlikka qarshi norozilik, bosqinchilikka nafrat, kurashchan xalqqa xayrxohlik bildiradi va haqoratlangan mehnatkash insonning fojiali hayoti va kurashini tasvirlaydi.
"To`rt unsur" – Bedil (asl ismi - Mirzo Abdulqodir, 1644-1721 yillar). Uning yirik asari „To’rt unsur" nasrda yozilgan bo’lib, havo, suv, yer, olov haqida, shuningdek, o’simliklar, hayvonlar va odamning kelib chiqishi haqida o’z qarashlarini bayon etadi.
"To`y"– Nusratulla Qudratulla.
"Tom tog`aning kulbasi" – Garriyet Bicher-Stoun. Irqchilikka qarshi kurash.