"Al-jome’ as-sahih" – Imom Buxoriy tomonidan yozilgan 7275 hadisdan iborat asar.
"Al-Kashshof" – Mahmud Zamaxshariyning Qur’oni Karim tafsiriga oid asari.
"Al-Mufassal" – Mahmud Zamaxshariyning arab tili fonetikasi va morfologiyasiga bag`ishlangan asari.
"Alpomish"– qoraqalpoq dostoni.
"Al-qonun fit-tib" ("Tib qonunlari") – Ibn Sino 450 dan ortiq, shu jumladan tibbiyotga doir 43 ta asar yozgan. Uning
5 jildlik «Al-qonun fit-tib» («Tib qonunlari») nomli qomusiy asarida kasalliklarning kelib chiqish sabablari va manbalari, diagnostika, muolaja usullari, dorivor o'simliklar va dori-darmonlarning xususiyatlari, parhez, inson salomatligi uchun jismoniy tarbiyaning ahamiyati kabi tabobatning g'oyat muhim masalalariga alohida e'tibor berilgan. Uning «Al-qonun fit-tib» asari XII asrdayoq lotinchaga tarjima qilinib, to XVII asrgacha Yevropa tabobatida asosiy qo'llanma sifatida foydalanilgan.
"Alvido qurol"– E.Xemenguey. (AQSH). 1929 yilda yozilgan.
"Amerika fojeasi" – T.Drayzer (1871-1945). AQSHning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini ko`tarib chiqishga jur’at etgan edi. 1930-yilda "Amerika fojeasi" romani ekranlashtirildi. 1944-yilda AQSH san’at va adabiyot akademiyasi tomonidan faxriy oltin medal bilan taqdirlandi.
“Amir Temurning O‘rta Osiyo tarixida tutgan o‘rni va roli”– 1968-yilda nashr etilgan faylasuf olim I.M.Mo‘minovning risolasi
“Anglosakson solnomasi” – Qirol Buyuk Alfred (871-900) davrida tuzilib yilma-yil qayd qilib borilgan solnoma.
"Antigona" – tragediya muallifi yunon Sofokl.
"Arastu "Metafizika" asariga sharh" – Farobiy (873-950) asari.
"Arshin mol olan" – musiqali pyesa. U. Gajibekov.
“Avvali ilm”– fors tilidagi o`quv qo`llanmasi Buxoro xonligi madrasalarida o`qitilgan
"Avesto" – O`rta Osiyoliklar tarixi bo`yicha eng qadimgi yozma manba. Unda yurtimizning qadimgi tarixiy viloyatlari – Baqtriya, So`g`diyona va Xorazm aholisi haqida ma’lumot beriladi.