"Esdaliklar" – 1858-yil Xiva va Buxoroga jo`natilgan diplomatic missiya rahbari N. Ignatyev tomonidan yzib qoldirilgan
“Esdaliklar” – 1582-yili Seveliyada nashr etilgan mashhur Ispaniya elchisi Klavixoning kitobi.
F "Fantaziya yo`lida sonata" – L. Betxoven (1770-1828). Betxoven ayanchli hayot kechirdi. U eshitish qobiliyatim deyarli yo’qotgan edi. Shunday bo’lsa-da, kompozitor taslim bo’lmadi. U mashaqqatli ijod yo’lida o 'zi bilan o’zi kurash olib bordi. Natijida Betxoven barchani hayratga soladigan musiqalar yaratdi.Ular ichida «Fantaziya yo’lida sonata» va “Qahramonnoma simfoniya”si kabi asarlari, ayniqsa, mashhurdir. Simfoniya markazida bo’ysunmas, isyonkor, taqdirning hech qanday zarbasi ham sindira olmaydigan jasur, qo’rqmas inson obrazi turadi.-
"Fathnomayi sultoniy"– Mir Olim Buxoriy.
"Faust" – I. Gyote (1749-1832). U o’zining «Faust» deb ataluvchi mashhur asarini avlodlarga meros qilib qoldirdi. «Faust» jahon adabiyotidagi shoh asarlardan hisoblanadi. Shoir bu falsafiy asami 60 yil davomida yaratdi. Asar inson kurashining buyukligini tasdiqlaydi va ma'rifat asrini yakunlaydi.
"Figaroning uylanishi"– komediya P.Bomarshe (1732-1799). U mashhur «Figaroning uylanishi» komediyasining muallifidir. Asar qahramoni Figaro chaqqon, yoqimtoy va hazilkash xizmatkor. U «dunyo zo’rlari»ning kirdikorlarini masxara qilib hazillashadi. Jahldorlardan qo’rqmaydi. Qashshoq bo’lsada o’zining insoniy qadrini sotmaydi. Komediya Parij teatrlarida katta shuhrat qozondi. Figaroning mavjud tuzum kirdikorlarini fosh qiluvchi o’tkir so’zlari hech kimni befarq qoldirmagan. Hatto, qirol Lyudovik XVI bu asar haqida g’azab bilan: «Buni sahnada qo’yish uchun Bastiliyani vayron qilish kerak!», deb xitob qilgan edi. Bu go’yo bir bashorat edi. Chunki bu xitoblardan bir necha yil o’tgach qirolning bu mahbuslar zindoni - Bastiliya inqilob natijasida qulaganligiga tarix guvoh.
"Firdavs ul-iqbol" ("Iqbol bog`i")– Munis (1778-1829) boshlagan Ogahiy tugatgan. 1806 yilda Eltuzarxon topshirig`i bilan yozilishi boshlangan. Xivaning XVI asrdan 1825 yilgacha bo`lgan tarixi bayon etilgan. Shuningdek, Muhammad Raximxon II, Olloqulixon davri tarixi, Feruzning taxtga o`tirishi va rus bosqini tarixiga ham bag`ishlanadi.