"Humoyunnoma" – Z. M. Boburning qizi Gulbadanbegim (1523-1603) tomonidan yozilgan asar.
"Husn-u Dil" – O’ziga xos iste'dod egasi Muhammadniyoz Nishotiy (XVIII asrda yashab ijod clgan) o’rtacha, vaqti kelganda kambag’allik va sargardonlikda yashagan edi. Shoir 1778-yilda o’zining ajoyib „Xusnu Dil" dostonini yaratgan. O’zbek adabiyotining katta yulugi sanalgan bu asarni shoir majoziy shaklda yozgan. Doston qahramonlari — Aql, Husn, Yurak, Xayol, Vafo, Nazar, Ishq va boshqalarning har biri g’oyat go’zal insoniy fazilatlarga ega. Raqib, Fasod, Nafs obrazlari esa yomon sifatlar hamda turli yovuzliklarning timsoli edi.
I "Ikkinchi muallim" – darslik, A.Avloniy.
"Iliada" – Yunon shoiri Gomerning dostoni. Yunonlarning Troyaga urushlari haqida.
"Imperiya" – roman G. Mann. Nemis yozuvchisi, yumorist G. Manning „Sodiq fuqaro" romani hamda „Imperiya" trilogiyasiga kirgan boshqa asariari juda katta fosh etuvchi kuch sifatida namoyon bo'ldi. Uning sahilalarida ko'plab qirollar va kanslerlarni, zodagonlarni va amaldorlarni, xalqqa xiyonat qilgan-larni hamda viloyatlardan chiqqan zodagonlarni hatto imperator Vilgelm II ni ko'rish mumkin.
"Inoqlar hukmronligi"– N.Vasilevskiy. Xivaning XVI asrdan keyingi tarixiga oid.
"Irfon" – Bedil (asl ismi - Mirzo Abdulqodir, 1644-1721 yillar). Bedilning „Irfon" dostonida falsafa, tarix va ilohiyot masalalari bayon etilgan. Bedilning fikricha, dunyo abadiy bo’lib, to’xtovsiz harakat qiladi va o’zgarib turadi. U she'rlarida jamiyatdagi jabrzulm, adolatsizlik kabi illatlarni qoralaydi. Bedil Turkistonda „Abulma'oniy" („Ma'nolar otasi") degan nom olgan.
J "Jahonnoma" – muallifi Xoja Xalifa.
"Jaloliddin Manguberdi" – tarixiy drama M.Shayxzoda tomonidan 1944-yilda yozilgan
"Jasoratning qonli belgisi" – Stiven Kreyn (1871-1930).
"Jenkinsonning Rossiyadagi Moskva shahridan Baqtriyadagi Buxoro shahrigacha 1558-yilgi sayohati" – A.Jenkinson. (ingliz) Xiva xonligining XVI asr tarixiga oid.