5 – rasm. Bilvosita statik regulyatorning prinsipial sxemasi.
Bu sxema bilvosita statik sxemasidan ijrochi mexanizmdagi porshenni yuqoriga surish uchun tashqi energiya manbaidan (bosimli suyuqlik kuchidan) emas, balki prujina 4 ning itarish kuchidan foydalanganligi bilan farq qiladi. Shuning natijasida neytral (astatik) regulyator o’rnida turg’unligi yuqori bo’lgan statik regulyator vujudga keladi. Prujina ijrochi mexanizm bilan manfiy teskari bog’lanishli yopiq zanjirni vujudga keltiradi. bu zanjir qattiq teskari bog’lanish zanjiri vujudga zanjiri deb ataladi.
4 – rasm, b da ko’rsatilgan. Regulyator quyidagicha ishlaydi.
Agar suyuqlik sarfi ko’paysa (Q2>Q1) cuyuqlik sathi balandligi N(t) berilgan qiymatga nisbatan kamayadi. Qalqovich 1 taqsimlovchi porshen 2 ni neytral holatidan pastga
suradi. Shunda taqsimlovchi porshen va porshen 3 ustidagi suyuqlik ochilgan kanal 6 orqali prujina 4 ning itarish kuchi ta’sirida tashqariga chiqib keta boshlaydi. Porshen 3 ning yuqoriga surilishi ijrochi organ (klapan) tiqini 5 ni yuqoriga surib ob’ektga suyuqlik kelishini ko’paytiradi, ya’ni muvozanat holat o’rnatadi. Bu yangi holatda suyuqlik balandligi o’zining berilgan qiymatiga teng bo’la olmaydi. Rostlanuvchi parametrning og’ishi to’la yo’q bo’lmaydi. Bu xato rostlovchi organning surilishi ∆Xr oshgan sayin ko’paya boradi. Buni statik regulyatorning xarakteristikasiga muvofiq tushinish mumkin.
(4 – rasm, v) xarakteristikaga muvofiq ob’ekt nagruzkasi osha borib, rostlovchi organning surilishi ∆Xr maksimum bo’lganda rostlash xatosi ham maksimum qiymat σmax ga ega bo’ladi. Xr=0 bo’lgand, ya’ni H(t)=H0 bo’lganda rostlash xatosi nolga teng (σ=0) bo’ladi.
Rostlash xatosi kelib chiqishiga sabab prjinaning itarish kuchi – porshenning surilish oralig’iga bog’liq (∆F=c∆l) bo’lishidir. prujina yoyilishi bilan uning yuqoriga itarish kuchi kamayadi.
Bevosita statik P – regulyator (6 – rasm) ham rostlash xatosiga ega.
|