2 - rasm.
Bevosita astatik regulyatorning prinsipial sxemasi.
Bilvosita astatik regulyatorning prinsipial sxemasi 3 – rasmda ko’rsatilgan. Regulyator suyuqlik sarfining Q2 o’zgarishi mavjud bo’lganda ob’ektdagi suyuqlik sathi balandligini o’zgarmas saqlash uchun xizmat qiladi.
3 - rasm.
Bilvosita astatik regulyatorning prinsipial sxemasi.
Suyuqlik sathi balandligi N ning o’zgarishi qalqovich 1 tomonidan o’lchanib, taqsimlovchi porshen 2 balandligi berilgan qiymati N6 ga nisbatan yuqoriga ko’tarilsa, taqsimlovchi porshen 2 ham yuqoriga ko’tariladi va bosimli suyuqlik R porshen 3 ga yuqorigi kanali bo’yicha ta’sir qilib, uni pastga bosadi. Suyuqlik sathi N6 ga nisbatan kamaysa, taqsimlovchi 2 porshen pastga suriladi va bosimli suyuqlik porshen 3 ning past tomoniga ta’sir qilib, uni yuqoriga ko’taradi. Porshen 3 yuqoriga ko’tarilganda tiqin 5 ham yuqoriga ko’tarilib, ob’ektga suyuqlik kelishi ko’payadi. Porshen 3 pastga surilganda esa ob’ektga suyuqlik kelishi kamayadi.
Rostlovchi organ – tiqin 5 ning surilish tezligi suyuqlik sathi balandligining o’zgarishiga proporsional bo’ladi.
Regulyatorning muvozanat holatida taqsimlovchi porshenlar – 2 neytral holatni egallaydi, ijrochi mexanizmga bosimli suyuqlik o’tish kanallari berkitilgan bo’ladi. Bu holatda ob’ektga keluvchi suyuqlik Q1 miqdori bilan ob’ektdan chiquvchi suyuqlik Q2 miqdori o’zaro tenglashadi va H(t)=Hb bo’ladi.
O’tish prosessi yuz berganda regulyator o’zining muvozanat holatiga bir necha tebranishdan so’ng, rostlash – tp oralig’ida o’tadi. Buni quyidagicha tushinish mumkin.
Ob’ekt nagruzkasi (suyuqlik sarfi) kamayishi bilan ob’ektdagi suyuqlik sathi yuqoriga ko’tariladi, taqsimlovchi porshen 2 ijrochi mexanizmning yuqorigi kanalini ochadi, bosimli suyuqlik porshenning ustki yuzasiga ta’sir qiladi, porshen 3 pastga surilib, shtok 4 tiqin 5 ni pastga suradi. Ob’ektga suyuqlik kelishi kamayadi. Ma’lum vaqt o’tishi bilan
Q1=Q2 bo’ladi. Lekin suyuqlik sathining balandligi hali tiklanmagan Hb=H(t) bo’lgani uchun porshen 3 pastga surilishida davom etadi, tiqin 5 ning yopilishi va Q1 ning kamayishi ham davom etaveradi. Nihoyat, H(t)=Hb bo’lganda Q12 bo’lib qoladi.
Endi Q12 bo’lgani uchun vaqt o’tishi bilan H(t), berilgan balandlik Nb dan kamayadi – H(t)b bo’ladi va rostlovchi organ tiqin 5 yuqoriga ko’tarilib, Q1 ni ko’paytira boshlaydi. Bunday tebranish bir necha marta takrorlangach – sistema barqaror rejimga o’tadi.
Tebranish kelib chiqishiga Nb=H(t) bo’lganda ob’ektga keluvchi suyuqlik miqdori Q1 bilan undan chiquvchi miqdori Q2 ning o’zaro teng emasligi va aksincha, Q1=Q2 bo’lganda, H≠H(t) bo’lishi asosiy sabab bo’ladi. Tebranish Q1=Q2 Hb=H(t) bo’lgandagina tugaydi. Bu shart – sharoitning vujudga kelishida ob’ektni o’zicha tenglashish xususiyati regulyatorga ancha katta yordam beradi.
Astatik regulyatorning xususiyatini quyidagicha bayon qilish mumkin.
Membrananing shtokka ko’rsatadigan ta’siri bilan toshlar og’irligining ta’siri ma’lum bir miqdordagi bosimda o’zaro teng bo’ladi. Muvozanat holat faqat toshlar og’irligi bilan belgilanadi va truboprovodning chiquvchi tomonidagi nagruzkaning o’zgarishiga bog’liq bo’lmaydi. Rostlovchi organning (shtok va tiqin) surilish tezligi va tiqin 5 ning ochilish bosim og’ishi +R=Rb – R(t) ga proporsional bo’lib qoladi.
Astatik regulyatorlar o’zicha tenglashish xususiyatiga ega bo’lgan ob’ektlarda, ob’ekt nugruzkasining sekin o’zgarishi mumkin bo’lgan hollarda qo’llaniladi.
Proporsional (statik) regulyator deb, rsotlovchi organning surilishi rostlanuvchi parametrning berilgan qiymatiga nisbatan og’ishiga proporsional bo’lishini ta’minlaydigan regulyatorga aytiladi. Amalda qisqacha P – regulyator deb ataladi.
P – regulyator o’z funksiyasini inersiyasiz zveno qonuniga muvofiq
b ajaradi.
(7)
Regulyatorning uzatish funksiyasi uning uzatish koeffisientiga teng bo’ladi.
kn(R)=Xr/∆X=kn (8)
bunda: kn – regulyatorning signal uzatish koeffisienti, regulyatorning sozlash parametri
deb ham yuritiladi. 4 – rasm.
Regulyatorning dinamik xarakteristikasi 4 – rasm, b da ko’rsatilgan. Regulyatorga kiruvchi signal ∆X=A (1) bo’lsa, undan chiquvichi signal Xr, kiruvchi signalga qaraganda kn marta katta bo’ladi.
R eguyaltorning ishlash prinsipi quyidagicha. Rostlanuvchi parametrning o’zgarishi rostlovchi organining regulyatornin muvozanat holatini tiklash yo’nalishida harakatga keltiriladi. sistemaga tashqi ta’sining miqdori (nagruzka o’zgarishi) qancha bo’lsa, rostlovchi organning surilishi Xr ham shuncha katta bo’ladi. Rostlovchi organda rostlanuvchi parametr ma’lum minimal qiymat Xmin ga ega bo’ladi. Rostlovchi organning surilishi nolga teng bo’lganda (Xr=0) esa rostlanuvchi parametr Xmax o’zining maksimal qiymatiga ega bo’ladi. Bunday bog’lanish regulyatorning statik xarakteristikasini ifodalaydi.
Rostlanuvchi parametrning eng ko’p og’ishi σmax regulyatorning statik xatosi deb ataladi va regulyatorning asosiy sifat ko’rsatkichi hisoblanadi. Bu xato – miqdori oldindan belgilangan “qo’yim” dan oshmasligi kerak.
Bilvosita P – (statik) regulyatorning prinsipial sxemasi 5 – rasmda ko’rsatilgan.
Dostları ilə paylaş: |