1-rasm. TJABTning ishlab chiqish pog’onalari va bosqichlari: 1 — TJABT ni yaratishni asoslash (1.1 — BTO ni tadqiq etish, ya’ni ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish; 1.2 — tizimga talablar ishlab chiqish va hujjatlashtirish); 2 — texnik topshiriq (2.1 — ilmiy-tadqiqot ishlari; 2.2 — loyihani ishlab chiqish; 2.3 — texnik topshiriq ishlab chiqish); 3 — dastlabki qarorlarni ishlab chiqish (shart emas); 4 — texnik loyiha yechimlarini (qarorlarni) ishlab chiqish (4.1 — umumiy tizim masalalari bo‘yicha so‘nggi — oxirgisi; 4.2 — tashkiliy ta’minlash bo‘yicha; 4.3— texnik ta’minlash bo‘yicha; 4.4 — algoritmlarni tanlash bo‘yicha; 4. 5— axborotlarni ta’minlash bo‘yicha; 4.6 — lingvinistik ta’minlash bo‘yicha; 4 . 7 — dasturni ta’minlash bo‘yicha; 4 . 8 — metrologik ta’minlash bo‘yicha; 4 . 9 — loyiha-sxema qurilish hujjatlari bo'yicha; 4.10 — o ‘zaro turli aloqalami ta’minlash, yechimlami moslashtirish va umumiy tizim huyatlarini to‘liq ishlab chiqish; 4.11 — texnik vosita kompleks (TVK) lariga buyurtma hujjatlarini tuzish); 5 — ish hujjatlarini ishlab chiqish (5.1 — axborotlarni ta’minlash bo‘yicha; 5.2 — tashkiliy ta’m inlash bo‘yicha; 5.3 — metrologik ta’minlash bo‘yicha; 5 . 4 — lingvinistik ta’minlash bo‘yicha; 5 .5 — dasturni ta’minlash bo‘yicha; 5 . 8 — bir marta tayyorlanadigan texnik vositalar bo'yicha; 5.7 — qurilishga oid); 6 — TVK komponentlarini seriyasiz tayyorlash (6, — TVK komponentlarini tayyorlash; 6 .2 — komponentlarni avtonom sozlash va sinash); 7 — ishga tushirish (7. — foydalanuvchi xodimlarni o'qitish, ishga tushirish, tayyorgarlik ko‘rish; 7.2 — qurilish-montaj ishlari; 7.3 — dastur va texnik vositalami komplektlash; 7.4— ishga tushirish, sozlash ishlari; 7.5— tajriba o‘tkazib, ekspluatatsiya qilish; 7.6— qabul qilishga oid sinov; 7 .7 — mulohaza (kamchilik)larni bartaraf qilish; 7.8— ekspluatatsiyaga qabul qilib olish).