Axborotlashtirish texnologiyalari


Sikllik jarayonlarni shartli operatorlar orqali dasturlash



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə52/69
tarix07.04.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#124910
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   69
Axborotlashtirish texnologiyalari

Sikllik jarayonlarni shartli operatorlar orqali dasturlash. Bunday holda sikl parametrining boshlang’ich qiymati berilgan bo’lishi kerak. Hisoblash shu parametr bilan bajariladi va qadam qiymati bilan o’zgartiriladi, hamda siklning tamom bo’lish sharti tekshiriladi. Agar sikl tugagan bo’lmasa, hisoblash davom ettiriladi.
Misol. ni hisoblash dasturini tuzing.
program SUMMA;
label 1;
var S, i : integer;
begin
S:=0; i:=0;
1: i:=i+1;
S:=S+(i /2 + 1);
if i < 20 then goto 1 ;
writeln('Yig’indi S=',S)
end.

9- амалий машғулот


Mavzu: Takrorlanuvchi dastur tuzish
Reja:

  1. Parametrli sikl dastur tuzish.

  2. Mustaqil topshiriqlar bajarish.

Mashg’ulotning maqsadi:

  1. Parametrli sikl yordamida dastur tuzishni o’rganish.

  2. Parametrli sikl yordamida dastur tuzish ko’nikmalarini shakllantirish.

Dars o’tish usuli: Takrorlash, suhbat va savol-javob, mavzu mazmunidan kelib chiqib talabalarga mustaqil topshiriqlar berish va ularni tasavvurini bilish.
Dars o’tish vositalari: Doska,o’uv va uslubiy qo’llanma, topshiriqlar majmuasi.
Dars mazmuni:
Darsning xronologik xaritasi – 80 minut.

  1. Tashkiliy qism – 2 minut

  2. Talabalar bilimi darajasini aniqlash – 10 minut

  3. Yangi mavzu o’tish (komputerda mustaqil topshiriq) – 50 minut

  4. Yangi mavzu ni o’zlashtish darajasini aniqlash- 10 minut.

  5. Sinov savollari – 5 minut.

  6. Uyga vazifa – 3 minut

Parametrli sikl operatori. Agar sikllik jarayonlarda takrorlanish soni oldindan ma’lum bo’lsa, ko’p hollarda parametrli sikl operatoridan foydalaniladi.
Parametrli sikl operatorining umumiy ko’rinishi quyidagicha: for V:=Xo to Xn do S;
Bu yerda for (uchun), to (gacha o’sib boradi) va do (bajar)- xizmatchi so’zlar; V- sikl parametri deb ataluvchi o’zgaruvchi; Xo,Xn - sikl parametrining mos ravishda boshlangich va oxirgi qiymati; S - sikl tanasi deb ataluvchi operatorlar ketma- ketligi.
Masalan: for n:=1 to 5 do x:=2*x ;
Bu yerda sikl parametri n besh marta takrorlanadi va o’zgaruvchi x ketma - ket 2*x , 4*x , 8*x , 16*x , 32*x qiymatlarni qabul qiladi, n=6 bo’lganda hisoblash to’xtatiladi.
Parametrli sikl operatorida sikl parametri V boshlang’ich qiymat Xo dan oxirgi qiymat Xn gacha bo’lgan qiymatlarni 1 qadam bilan o’zgarishda qabul qiladi. Uning xar bir qiymatida S operatorlar ketma-ketligi bajariladi.

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin