Axborotlashtirish texnologiyalari



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə34/69
tarix07.04.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#124910
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   69
Axborotlashtirish texnologiyalari

Relyatsion tizim. Relyatsion tizim 1970 yilda IBM firmasining xodimi E.F.Kodd tomonidan taklif etilgan bo’lib, hozirgi paytda eng ko’p tarqalgan tizimlar qatoriga kiradi. Chunki bu tizimda ma’lumotlar orasida eng qulay bog’lanishlarni amalga oshirish mumkin.
Ma’lumotlarning relyatsion modeliga mos holda yaratilgan ma’lumotlar omboriga ma’lumotlarning relyatsion ombori deyiladi.
Ma’lumotlarning relyatsion tizimini yaratish va undan foydalanish uchun yaratilgan tizimga ma’lumotlar omborini boshqarishning relyatsion tizimi deyiladi. Ma’lumotlarning jadval ko’rinishida saqlanishiga ma’lumotlarning relyatsion modeli deyiladi.
Relyatsion tizimdagi elementlarda shajaraning yo’qligi tufayli bu qulaylikka erishiladi. Axborotni izlashda barcha elementlardan kalit sifatida foydalanish mumkin. Ya’ni ixtiyoriy tuzilishga ega ma’lumotni ikki o’lchamli jadval ko’rinishiga keltirish mumkin.
Relyatsion tizim sifatida telefon ma’lumotnomasini tuzish masalasini ko’rib chiqamiz. Masalan, «har bir telefon nomeri ko’rsatilgan abonentning manzili, uning kategoriyasi belgilangan ro’yxatni tuzing» kabi o’qiladi.


Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari:



  1. Ma’lumotlar strukturalarinini qanday turlari mavjud?

  2. Ob’ekt nima?

  3. Ob’ektlar to’plami nima? Ob’ekt nusxasi-chi?

  4. Ma’lumotlarni boshqarish tizimi deganda nimani tushunasiz?

  5. Sonli ma’lumotlar haqida gapirib bering.

  6. Ma’lumotlarni necha xil ko’rinishda saqlash mumkin?



Mavzuga doir testlar:
1. Ma’lumotlar deb nimaga aytiladi?
A) ma’lum bir shaklda qayd qilingan bo’lib, tahrirlash, uzatish uchun yaroqli
bo’lgan voqelikka aytiladi
B) ma’lum bir shaklga ega bo’lmagan, qayta ishlash, saqlash va uzatish uchun
yaroqli bo’lgan voqelikka aytiladi
C) ma’lum bir shaklda qayd qilingan bo’lib, qayta ishlash, saqlash va uzatish
uchun yaroqli bo’lgan voqelikka aytiladi
D) ma’lumotlar deb axborotning bir qismiga aytiladi
E) barchasi to’g’ri
2. Ma’lumotlar ombori -
A) jamiyatdagi axborotlar to’plamiga
B) borliqni ma’lum bir sohasi bo’yicha birlashtirgan ma’lumotlar to’plami
C) borliqdagi bir turdagi ma’lumotlar to’plami
D) ma’lum bir soha bo’yicha kengaytirilgan axborotlar
E) to’g’ri javob yo’q

3. Ma’lumotlarni uzatish va qabul qilishda qanday usuldan foydalaniladi?


A) davolovchi va nazoratchi B) kriptografiya C) virus
D) axborotni kodlash E) B va D
4. Relyatsion ma’lumotlar bazasi –
A) moslanuvchanlik, aniqsizlik, maxfiylik, bog’liqsizlik, tushunarlilik
B) soddalik, talabchanlik, maxfiylik, bog’liqlik, bog’liqsizlik
C) moslanuvchanlik, tushunarlilik, aniqlilik, talabchanlik, maxfiylik
D) soddalik, moslanuvchanlik, aniqlilik, maxfiylik, bog’liqlik, bog’liqsizlik
E) barchasi to’g’ri

5. Ob’ekt –


A) mavjud bo’lmagan va o’ziga o’xshash narsalardan ajralib turadigan
alohida olingan predmet
B) mavjud bo’lgan va o’ziga o’xshash narsalardan ajralib turadigan alohida
olingan predmet
C) mavjud bo’lgan va o’ziga o’xshamagan narsalardan ajralib turadigan
alohida olingan predmet
D) mavjud bo’lmagan va o’ziga o’xshamagan narsalardan ajralib turadigan
alohida olingan predmet
E) to’g’ri javob yo’q

6. Ma’lumotlarni modifikasiyalash –


A) berilgan axborotni foydalanuvchi talabiga mos holda o’zgartirish
B) axborotlarni foydalanuvchi talabiga mos holda nusxalash
C) berilgan axborotni foydalanuvchi talabiga mos holda kuchirish
D) axborotni foydalanuvchi talabiga mos holda uchirish
E) to’g’ri javob yo’q



Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin