B. A. Nazarbayeva



Yüklə 3,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/205
tarix10.12.2023
ölçüsü3,42 Mb.
#139476
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   205
O\'lchash asboblarini konstruksiyalash

 Termovakuumli changlash. 
Bu uslubda metall oldindan gazga aylantiriladi, 
u namunaning yuzasiga o‘tiradi va uning yuzasida yupqa plenkani shakllantiradi. 
Changlash tizimi vakuum kamera (4.39- rasm), kamerada 10
-6
...10
-7 
torr atrofida 
bosimni ta’minlaydigan diffuzion nasos, tutqich, tigl va zaslonkadan tashkil topadi. 
Qoplanadigan material keramik tiglga joylashtiriladi, volfram cho‘g‘lanma tola 
yordamida metallning erish haroratigacha qizdiriladi. Qizdirishning muqobil uslubi 
elektron nurdan foydalanish bo‘lib hisoblanadi.
Boshqaruv blokidan berilgan komanda bo‘yicha zaslonka ochiladi va uzilib 
chiqqan metall atomlariga namunaga o‘tirish imkonini beradi. Namunaning niqob 
bilan himoya qilingan qismlari qoplanmasdan qoladi. Plenkaning qalinligi 
changlash vaqti va metall bug‘larining bosimi bilan belgilanadi. Metallning erish 
harorati qanchalik past bo‘lsa, uni changlash shunchalik oson bo‘ladi (masalan, 
alyuminiy). Qoidaga ko‘ra, vakuumli changlash uslubi bilan qoplangan plenkalar 
katta qoldiq kuchlanishga ega bo‘ladi, shu sababli ushbu uslub faqatgina yupqa 
plenkalarni qoplash uchun qo‘llaniladi. 
Erigan material amalda atomlarning nuqtali manbai bo‘lib hisoblanishi 
sababli, ikkita muammo vujudga keladi. Plenkalarning notekis qoplanishi va 
niqobning chegaralari bo‘ylab plenka chekkalarining aniq bo‘lmasligi. Bu 
hodisalarni kamaytirish uchun quyidagi uslublar qo‘llaniladi: yoki bir nechta 
tigeldan (3 yoki 4 ta), yoki namunaning aylanishidan foydalaniladi.
Vakuumli changlash uslubidan foydalanishda kameraga begona moddalar 
tushishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur bo‘ladi. Masalan, unchalik ko‘p bo‘lmagan 
miqdorda moy tushishi ham (masalan nasosdan) organik materiallarning yonib 
ketishi yoki namunaga hohlanmaydigan tarkibiy qismlarning, masalan, 
uglevodlarning o‘tirishiga olib kelishi mumkin. 


240 
4.39- rasm. Vakuum kamerada yupqa metall plenkani qoplash 

Yüklə 3,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin