377
Tenglik usuli –
tasdiqlangan formula bo‘yicha hisoblangan sof foyda
yordamida chegara nuqtasini aniqlash usuli.
Texnikaviy – iqtisodiy rejalashtirish –
tegishli yil uchun smeta va budjetni,
uzoq muddatga subektni hamma tomonlama rivojlantirishni
nazarda tutgan rejani
ishlab chiqish.
Transfert baho –
ishlab chiqarish bo‘linmalari yoki ma’suliyat markazlari
o‘rtasida ko‘rsatilgan xizmatlarni bir-biriga sotish uchun o‘rnatilgan baho.
Transfert baholarni o‘rnatish ayrim bo‘lgan va boshqaruvi markazlashtirilmagan
subektlarning bo‘linmalari o‘rtasida o‘rnatiladi.
Trendli tahlil –
bir necha hisobot davrlari ichidagi o‘zgarishlarning harakatini
o‘rganish.
Umumlashtirilgan moliyaviy smeta (budjet) –
daromadlar va sarflar
yig‘ilgan shaklda keltirilgan naqd pul mablag‘larining
harakati hisoblangan va
balansi aks ettirilgan yig‘ma hujjat.
Umumlashtirilgan smeta –
foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotning
loyihasi.
Xarajatning bahosi –
ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxiga asoslangan
baho. Ushbu baho rentabellik bo‘sag‘asini o‘rnatish uchun qo‘llaniladi.
Xarajatlarni baholash usuli –
xarajatlarning tarkibi “har
xil maqsadlar
uchun har xil tannarx“ shartida aniqlash usuli. YA’ni, muqobil xarajatlar, meyoriy
xarajatlar va qisman xarajatlarning hajmiga asosan hisoblangan to‘liq tannarx.
Hisoblangan bosqich –
TMZ olish uchun kutilayotgan vaqtning oralig‘i.
Dostları ilə paylaş: