"SAB'AI SAYYOR" DOSTONI Beshinchi iqlim yo'lidan kelgan musofirning dostonorolig'i Aziz o'quvchi! Endi e'tiboringizga «Xamsa»ning to'rtinchi dostoni bo'lmish «Sab'ai sayyor»dan olingan parchani havola qilamiz. Agar «Hayrat ul-abror»da yaxlit bir voqea hikoya qilinmay, u fikr-mulohaza, mushohada va tahlillardan iborat maqolatlardan, kichik hajmli hikoyatlardan tuzilgan bo'lsa, bu doston keng qamrovli voqealarni o'z ichiga olgan murakkab syujetli yirik epik asardir. Bunday asarlarda tasvirlar o'zgarishi, voqealar almashinuvi o'ziga xos tarzda bo'ladi. Ya'ni voqealar bir makondan boshqasiga o'tganda, lavhalarning biri ikkinchisiga ko'chganda zamonaviy epik asarlarda bo'lganidek boblar, bo'limlar yoki sarlavhalar bilan ajratilmaydi. Shuning uchun mutolaa davomida Sizdan diqqat va sinchkovlik talab qilinadi. Garchi dostonning o'zida bo'lmasa-da, Sizga tushunishni yengillatish uchun voqealar almashinuviga qarab, biz ushbu parchani shartli ravishda olti qismga ajratib taqdim etdik. Avvalgi uch qismda har bir baytning satrma-satr ma'nosini bermoqdamiz. Bundan maqsad: sizda oldingi mashg'ulotlar orqali shakllangan baytlarni tahlil qilish ko'nikmasini shakllantirish, epik asarlarni tushunish bo'yicha malaka hosil qilish. Siz avval baytni diqqat bilan o'qing, keyin
1 Dostonorolig' - dostonchilik, doston aytuvchilik.
uni satrlar ostida bugungi tilda berilgan mazmuni bilan misrama-misra solishtiring. E'tibor bering: tushunilishi qiyin so'zlar ma'nosi chiziq (defis) yoki «ya'ni» so'zidan keyin keltirildi. Agar bunday so'zlar bir necha marta takrorlansa, ma'nosi izohlanmay o'z holicha qoldirildi. Qavs ichida esa misralarda bevosita bo'lmasa-da, bayt mazmunidan kelib chiqib qo'yib olinishi kerak bo'lgan so'zlar keltirildi. Agar shu uch qism orqali bayt mazmunini chiqarishni puxta o'zlashtirib olsangiz,
keltirilgan parchaning qolgan qismini o'zingiz mustaqil tushunib, tahlil qila bilasiz.
I. Suv va qumqlikda zulmni o'ziga kasb qilib olgan zolim qaroqchi va uning makoni ta'rifi «Bor ekandur Adanda javr fane,
Javr qilmoq fanida safshikane.
Adanda jabrni fan - kasb (qilgan kishi) bor edi,
(U) jabr qilish fanida safshikan, ya'ni qahramon edi.
Bori manzil o'lub savohil anga,
Sohili bahr o'lub manozil anga.
Barcha manzillar unga sohil bo’lib
Dengiz sohillari uning manzillari edi.
Ham tanumandu ham shujou daler,
Ul sifatkim jazira ichraki sher.
(U) ham kuchli, ham botir-u qo'rqmas (bo'lib),
Bu sifatlari (bilan) jangalzor ichra sher(ga o’xshardi).
Axzi moli harom komi o'lub,
Bo'yla kom istabon haromi o'lub.
Maqsadi harom, ya'ni o’zgalar molini talash bo'lib,
Bunday istagidan (u) haromi(ga aylangandi).
Shavkatidin ne yor anga, ne rafiq,
Yolg'uzun aylar erdi qat'i tariq.
1 Adan - Arabiston yarimoralidagi mamlakat nomi. 2 Javr - jabr, azob. 3 Fan - hunar. 4 Safshikan - saflarni buzuvchi qahramon. 5 Savohil - sohillar, qirg'oqlar. 6 Sohili bahr – dengiz sohili. 7 Manozil - manzillar, maskan. 8 Tanumand - kuchli. 9 Shujo - botir. 10 Daler - qo'rqmas. 11 Jazira - orol. 12 Axz - olmoq, egallamoq. 13 Rafiq - do'st, o'rtoq. 14 Qat'i tariq - yo'l to'sish, yo'lto'sarilik.
Shavkatidan unda na o’rtoq, na do'st bo’lib,
Yolg’iz o’zi yo’lto’sarlik qilar edi.
Karvoni agar o'nu- gar yuz,
Borchasig'a harif edi yolg'uz.
(Yo'lda) karvon xoh o’n, xoh yuz (bo'lsa-da),
Barchasiga yolg’iz o’zi bas kela olardi.
Yo'q savohil ichinda rahzan ul,
Bahr aro ham anga kelib fan ul.
U sohilda, ya'ni quruqlikdagina qaroqchi emasdi,
Dengiz ichida ham bu (qaroqchilik) unga fan edi.
Bir necha zavraq asrabon tayyor,
Yangi oy zavraqi kibi sayyor.
(U doim) bir necha qayiqni tutardi tayyor,
(Ular) yangi (chiqqan) oy kabi edilar sayyor.
Qaysi zavraqkim, ul yasab oni,
Asrabon o'zga yerda pinhoni.
U qaysiki kema(lar)ni yasagan bo'lsa
(Ularni) o’zga, ya'ni boshqa yerda pinhon asrardi.
Necha rahzan anga mulozim etib,
Hifzini borchasig'a lozim etib.
Qancha yo’lto’sarni unga, ya'ni kemalarga etib mulozim,
Barchasiga (kemalarni) qo’riqlashni ayladi lozim.
Qaydakim zavraqi topib taskin,
Anda bir diydabon qilib tayin.
Qayerdaki kemasi taskin topgan - yashirilgan bo’lsa,
U yerga bir diydabon - kuzatuvchini tayin qilardi.
Kim jazoirdakim tutub besha,
Ul kishiga bu ish bo'lub pesha.
Kim (qaysi) jazira, ya'ni orolda makon tutsa,
Unga bu ish, ya'ni kuzatuvchilik pesha - vazifa bo'lardi.
Kim, chiqib bir biyik shajar uzra,
Ko'z solib bahri mavjvar uzra.
(Kuzatuvchi) bir ulkan daraxt ustiga chiqib,
Mavjli dengiz uzra ko’z solib (o’tirar edi).
1 Harif - raqib, bas kelguvchi dushman. 2 Rahzan - yo'lto'sar, qaroqchi. 3 Zavraq - qayiq. 4 Hifz - saqlash, qo'riqlash. 5 Diydabon - kuzatuvchi, poyloqchi. 6 Besha - o'rmon, to'qay. 7 Bahri mavjvar - mavjlangan dengiz.
Ko'ziga kema uchrasa nogah,
Ani filhol etar edi ogah.
Nogoh ko’zlariga kema ko’rinsa,
Darhol u (zolim)ni ogah etardilar.
Ul minib zavraqi sabuksayre,
O'ylakim suvda sayr etar tayre,
U (darhol) tezyurar kemaga minar (edi),
Go’yoki suvda sayr etuvchi suzar qush(dek bo’lardi).
Kema ahlig'a hay deguncha yetib,
Borchag'a har ne ko'ngli istar etib.
Kema ahliga «hay» deguncha - birpasda yetardi,
Barchasiga ko’ngli istaganini qilardi.
Talabon mol-u elni aylab halok,
Yonibon komi dil bila bebok.
Mol(lar)ni talab, (kemadagi) elni halok qilib,
Dildagi maqsadi(ga yetib) xotirjam qaytardi.
Bahr aro ofati nechukki nahang,
Besha ichra nechukki sher-u palang.
(U) dengiz ichida go’yo nahang kabi ofat (bo’lsa),
To’qay, ya'ni quruqlikda sher-u yo’lbars(day edi).
1 Filhol - darhol. 2 Sabuksayre - tezyurar. 3 Tayr- qush. 4 Yonib - qaytib, ketib. 5 Bebok - qo'rqmay. 6 Nahang - ulkan yirtqich baliq, akula. 7 Palang - yo'lbars.
Suv yuzinda sabo kibi obir,
Otini xalq aytibon Jobir.
Suv yuzida shabada kabi kezuvchi (edi),
Xalq (uning) otini Jobir derdi.
Dashtu daryoda lek ahli ubur
<Lekin dasht-u daryoda(gi) sayyohlar (orasida)
(U) «qaroqchi Jobir» (nomi bilan) mashhur edi.
Bor edi bir jazira ma'man anfa,
Xalq molin yig'org'a maxzan anga.
Uning bir jazirada joyi bo'lib,
(U talangan) xalq moli yig'iladigan xazina edi.
Bir yig'ochqa yaqin jazirag'a davr,
Davrida suvg'a topmayin kishi g'avr.
Jaziraning davr(i) - atrofi bir yig'ochga yaqin (bo'lib),
Bu masofadagi suv tubiga hech kim yetmagandi.
Davrasida ko'runmayin ko'zga,
Onchakim ko'z tushar sudin o'zga.
Atrofdan (qaraganda jazira ko’zga ko'rinmasdi,
Shunchalik ediki, ko’z suvdan o’zgasiga tushmasdi.
Ichida beadad shajar butubon,
Sabza o'rnig'a nilufar butubon.
Ichida beadad, ya’ni behisob daraxt bitgan,
Sabza, ya'ni maysalar o’rniga nilufar bitgandi.
Chashmayi erdi xushguvor anda,
Zahr aro no'sh oshkor anda.
U yerda shirin chashma (bor bo'lib),
U zahar ichidagi ichimlik suvdek ko'rinardi.
Ul su birla yasab edi bog'e,
Bog' ichinda imorati dog'i.
1 Obir - yeluvchi, yengil o'tuvchi. 2 Jobir - jabr qiluvchi. J Ahli ubur - keluvchilar, sayyohlar. 4 Jobiri rohzan - Jobir yo'lto'sar. 5 Maxzan - xazina. 6 Yig'och - o'n ikki chaqirim (kilometr) chamasidagi masofa. 7 Davr- oraliq, aylana. 8 G’avr - tub, qa'r, tag. 9 Xashguvor - shirin, lazzatli. 10 Zahr aro no'sh - dengizning zaharday sho'r suvi o'rtasidagi birdan bir ichimlik suv.
Shu (buloq suvi) bilan bog' barpo etgan,
Bog' ichida (esa) yana imorat ham yasagan edi.
Anda dahlez-u gunbaz-u ayvon,
Suyi andoqki chashmayi hayvon.
Unda dahliz-u gumbaz-u ayvon (bo'lib),
(Uning) suvi obi hayot bulog'idek edi.