II BOB. KOMPYUTERLAR VA ULARNING ATROF QURILMALARI
2.1. Hisoblash texnikasining rivojlanish tarixi
Zamonaviy hisoblash mashinalari yoki kompyuterlarning asosiy qismlari elektron qurilmalardan tashkil topgan. Shuning uchun ular elektron hisoblash mashinalari yoki EHM deb yuritiladi. Axborotni tasvirlash usuliga qarab hisoblash mashinalari 3 turkumga bo‗linadi:
analog (uzluksiz) hisoblash mashinalari. Ularda axborot uzluksiz o‗zgaruvchi bo‗lib, biror fizik kattalik (masalan, tok kuchi) bilan ifodalanadi;
raqamli hisoblash mashinalari. . Ularda axborot diskret qiymatli o‗zgaruvchi(son)lar bilan ifodalanadi. Masalan, elektr impulslari.
gibrid hisoblash mashinalari. Ularda axborotni tasvirlashning yuqoridagi har ikki usulidan foydalaniladi.
Hisoblash qurilmalari tarixi bir necha asrni o‗z ichiga oladi. Quyida bu tarixning eng salmoqli voqealari va uning ishtirokchilari haqida so‗z yuritiladi.
1614 yil.Shotlandiyalik Jon Neper logarifmni ixtiro qildi. Ko‗p o‗tmay R.
Bissakar logarifmik lineyka yaratdi.
1642 yil. Fransuz olimi Blez Paskal mexanik qurilma – arifmetik mashina yasashga kirishdi. Bu qurilma oddiy arifmetik amallarni bajarar va sonlarni ―eslab‖ qolardi.
1804 yil. Fransuz muxandisi Jakkar avtomatik to‗quv dastgohlarini boshqarish maqsadida perfokarta ixtiro qildi.
1834 yil. Angliyalik olim Charlz Bebbidj ma‘lumotlarni kiritish va chiqarish, sonlarni eslab qoluvchi, arifmetik amallarni bajara oladigan va mashinaning ishlashini boshqaradigan qurilmalarni o‗z ichiga olgan ―analitik‖ mashina loyihasini yaratdi. Loyiha amalga oshirilmay qoldi.
1876 yil. Angliyalik muxandis Aleksandr Bell hozirgi vaqtda juda ommalshib ketgan telefonni ixtiro qildi.
1890 yil. Amerikalik muxandis German Hollerit tomonidan perfokartaga kiritilgan ma‘lumotlarni elektr toki yordamida ―o‗qiy‖ oladigan statistik tabulyator yaratildi. O‗sha paytda tabulyator yordamida AQSh aholisini ro‗yxatga olish ma‘lumotlarini qayta ishlashda ishlatildi.