207
Kuchli invaziyalanganida esa parazit ko‘zning shox pardasiga
kirib oladi, bunda keratit rivojlanadi. Parazitlar hattoki og‘iz
bo‘shlig‘ida ham joylashib olishi mumkin.
Kasallikning boshlang‘ich davrida
baliqlarda hech qanday
o‘zgarish
kuzatilmaydi, patologik jarayonning rivojlanishi oqi-
batida esa baliqlar bezovtalana boshlaydi, garang, mastga o‘xshab
qoladi, tezlik bilan suv ostidan suvning yuzasiga otilib chiqadi,
suv ostidan loyqalarni qo‘zg‘atib
tashlaydi,
aylanma harakat
qiladi, so‘ngra suv ostiga yotib oladi.
Keyinchalik kuchli invaziyalangan baliqlarning faolligi yo‘qo-
ladi, suv qirg‘oqlarida ushlanib qolib, tashqi taassurotlarga deyarli
javob bermaydi. Baliq terisi shilinib, ajralib, baliqlar harakat-
langanida ular orqasidan mayda lentaga o‘xshab ergashib boradi.
Òashxis. Kasallikning klinik belgilari va patologik materialda
katta miqdordagi parazitlarni topish asosida qo‘yiladi.
Dostları ilə paylaş: