Baliqchilik asoslari


Gaff kasalligi (Yuksov yoki Sartlan kasalligi)



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə138/152
tarix14.12.2023
ölçüsü3,01 Kb.
#140743
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   152
Gaff kasalligi (Yuksov yoki Sartlan kasalligi) — o‘rta o‘tkir
kechuvchi yuqumli kasallik bo‘lib, yirtqich baliqlar orasida spo-
rodik shaklda namoyon bo‘ladi. Kasallikka ayrim go‘shtxo‘r hay-
vonlar, parrandalar hamda odamlar moyil.
Kasallik o‘tgan asrning 30-yillarida G‘arbiy va Sharqiy Yev-
ropaning ayrim rayonlarida baliqlar orasida qayd etilgan. Bunday
baliqlarni go‘shtxo‘r hayvonlar va odam iste’mol qilganida ularda
o‘ta og‘ir kechuvchi kasallik kelib chiqqan.
Hozirgi paytda baliq, hayvon va odamlar orasida geografik
joylashuvi bir-biridan uzoq joylarda, oldin kelib chiqqan punktlar
bilan o‘zaro hech qanday epizootologik va epidemiologik bog‘liqlik
bo‘lmagan.
Etiologiyasi va patogenezi. Kasallikning ilk marotaba qayd
etilishiga bir asrga yaqin vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, uning etiolo-
giyasi aniqlanmagan. Kasallikning kelib chiqishi va baliqlarda
toksik, zaharli ta’sirining namoyon bo‘lishini ayrim tadqiqot-
chilar suv havzalarining chiqindi suvlar bilan ifloslanganli-
gidadir deb hisoblasalar, ayrimlari esa qirg‘oqdagi sklerotsiy-
larni baliqlar iste’mol qilganidan kelib chiqadi degan fikrni bil-
dirmoqdalar.
Baliqlarning o‘lishi suvda kislorodning kam bo‘lishi sababli
ular organizmiga kislorodning yetarli miqdorda tushmasligi
natijasida sodir bo‘ladi. Hozirgi paytda ko‘pchilik tadqiqotchilar
tomonidan tiaminaza baliqlarda Gaff kasalligini keltirib chiqa-
rishi isbotlangan.
Kasallikning klinik belgilari va patanatomik o‘zgarishlari. Kasal
baliqlar oriqlanadi, oshqozon va ichakning hajmi kichrayadi,
kasallikning og‘ir ko‘rinishida va o‘lishdan oldin esa ichak at-
rofiyaga uchrab xuddi ipga o‘xshab qoladi. Qon ishlab chiqa-
ruvchi organlar funksiyasi buziladi, nafas olishi ishdan chiqadi,
umumiy modda almashinuvi o‘zgaradi, energiya resurslaridagi
sarf-xarajat ortadi, jigarning hajmi kichrayadi, baliq tanasining
biokimyoviy tarkibi o‘zgaradi, jumladan, aminokislotalar tar-
kibi o‘zgarib, paralich rivojlanadi.

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin