Baliqchilik asoslari



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə141/152
tarix14.12.2023
ölçüsü3,01 Kb.
#140743
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   152
Vitamin B
2
(riboflavin) yetishmasligi natijasida esa ko‘z
olmasining to‘qimasida qon quyilish, yuz, burun atrofida va
jabrasining qopqoqchasida qon quyiladi, yorug‘likdan qo‘r-
qish, ko‘z gavharining xiralashuvi, teri qatlamining qorayishi,
ishtahaning yo‘qolishi va nobud bo‘lishi bilan xarakterlanadi.
Vitamin B
3
yetishmasligi natijasida (nikotinamid) baliqlar o‘sish-
dan qoladi, gulmohi turidagi baliqlarda jabrasining shishishi,
ishtahaning pasayishi kuzatiladi, harakatlanishi susayadi, osh-
qozon va ichaklarning shishishi, ichakning keyingi qismlarida
qon quyilish va eroziyasi, mushaklarning qaltirashi, yurak mus-
kulaturasining izdan chiqishi, dermatit va yuqumli kasalliklarga
moyilligining oshishi ro‘y beradi. Vitamin B
6
(piridoksin) yetish-
masligida esa asab faoliyatining buzilishi, buyrak va ichaklarda
qon quyilish, anemiya, nafas olishning tezlashuvi, qorin bo‘sh-
lig‘ida suv to‘planishi (âîäÿíêà), jabra qopqoqchasining egilib-
qayrilib qolishi sodir bo‘ladi. Umuman, yetishmaslik oqibatida
baliqlar 14 kunda to‘liq nobud bo‘lishadi. Foliy kislotasining
yetishmasligida tana rangining qorayishi, anemiya, assit, ko‘zning
chaqchayishi, o‘sishdan qolish, vitamin B
12
(siankobalamin)
yetishmasligida esa ishtahaning yo‘qolishi, o‘sishdan qolish,
anemiya, ichaklar faoliyatining izdan chiqishi, eritrotsitlarning
butunligi buzilib, baliqlar yuqumli kasalliklarga beriluvchan
bo‘lib qoladi.
Vitamin D yetishmasligi oqibatida esa kaliy-kalsiy almashinuvi
buziladi, o‘sishdan qoladi, jabra qopqoqchasi o‘smay qoladi,
tanasi qiyshayadi, tetaniya kuzatiladi.
Òokoferol yetishmasligida baliqlarning o‘sishi yomonlashadi,
mushaklarda, buyrakda va boshqa organlarda distrofik o‘zgarishlar
kuzatiladi.
Vitamin C yetishmasligida dum, qorin va ko‘krak suzgichlari-
ning terisida shishlar paydo bo‘ladi, umurtqa pog‘onasining


230
qiyshayib qolishi, tug‘ma mayib, suyak va paylar shakllanishining
buzilishi oqibatida ko‘z chaqchayishi, jigarning gemorragiyasi
hamda buyrak va ichaklarda, jabralarda oq dog‘lar hosil bo‘lishi,
ba’zan esa jigar hujayrasining nekrozi, regenerativ jarayonning
pasayishi kuzatiladi.
Vitamin E yetishmasligida — ko‘payish funksiyasi buziladi,
ikrasi oqimtir tusga kiradi, tomirlarning o‘tkazuvchanligi oshadi,
nafas olishi qiyinlashadi, organizmda vitamin A ning buzilishi
natijasida zaharli moddalar — giperoksidlar hosil bo‘ladi, ane-
miya, transsudat peritoneal bo‘shliqda va perikardda, mushak
va miokardda degenerativ o‘zgarish, jigarda ba’zan seroidlarning
yig‘ilib qolishi ro‘y beradi.

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin