Baliqchilik asoslari



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə147/152
tarix14.12.2023
ölçüsü3,01 Kb.
#140743
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   152
NAZORAT SAVOLLARI
?
1. Baliq dushmanlari orasida qaysi sutemizuvchilar alohida ajralib
turadi?
2. Kutoralarning baliqchilik xo‘jaligiga yetkazayotgan zarari nima-
larda aks etadi?
3. Baliqlarning ko‘payishiga ziyon yetkazuvchi hayvonlarning sal-
biy ta’sirlarini yo‘qotish yoki kamaytirish uchun qanday tadbir-
larni qo‘llash samarali deb o‘ylaysiz?
4. Go‘shtxo‘r parrandalarning baliqlarga yetkazayotgan zarari ni-
malarda o‘z aksini topadi?
5. O‘rdaklarning baliqchilik xo‘jaliklaridagi ahamiyati qanday?
6. O‘rdaklarning suv havzalarida 1 ga maydonga haddan tashqari
ko‘payib ketishi oqibatida baliqlarda qanday kasalliklar avj oladi?
7. Baliqlarga parrandalar tomonidan yetkazilishi mumkin bo‘lgan
ziyon nimalarda o‘z aksini topadi?
8. Baqalar, tipratikanlar baliqchilik xo‘jaligiga qanday zarar yetkazadi?
9. Parrandalar tomonidan keltirilayotgan zararlarni yo‘qotish, ol-
dini olish maqsadida ko‘riluvchi chora-tadbirlarni bayon eting.


239
XVI bob. 
BALIQLARNING MEXANIK
SHIKASÒLANISHI
Baliqchilik sohasining industrial-jadal rivojlanishi sharoitida
ko‘pchilik texnologik jarayonlar baliqlarga mexanik shikast yet-
kazadi. Ko‘pincha mexanik shikastlanish, kontuziya va hokazo
bilan kechadi. Bunda baliqlarning o‘limi to‘g‘ridan to‘g‘ri me-
xanik shikastlanish oqibatida yoki ikkilamchi omillar, ayniqsa,
infeksion kasalliklar natijasida sodir bo‘ladi. Baliqlarni kuzda
ovlash va o‘tkazish ular uchun o‘ta xavfli hisoblanadi. Bunda
suvning harorati 10 °C dan pastga tushib, baliq organizmida
kechayotgan jarayonlarning tiklanishi qiyinlashadi, kuz va qishda
olingan jarohatlarning tuzalishi qiyin va sekin bo‘ladi hamda
zamburug‘li va boshqa kasalliklarning kelib chiqishi va rivojla-
nishi kuchayadi.
Bundan tashqari, ushbu davrda baliqlarning oziqlanishi to‘x-
tab, ular uzoq muddat davomida (yoz oyining boshlarigacha)
och qolishadi. Bu esa baliq organizmining kasalliklarga chidam-
liligini pasaytirib yuboradi.
Baliqlarni (ayniqsa, lichinkalari va bir yoshgacha bo‘lganla-
rini) tashishda vujudga keladigan shikastlanishlarning asosiy sa-
babi — bu ularning yaxshi tashkillashtirilmaganligidir.
Baliqlar, ularning ikrasi va lichinkalari nazorat uchun ovlan-
ganida davriy ravishda sortirovka, bonitirovka hamda gipofizar
inyeksiya qilish orqali ovlanganlarida ham shikastlanishlari mum-
kin. Baliqlar profilaktik ishlarni amalga oshirishda, vannalardan
foydalanish jarayonlarida ham jarohatlanadilar. Baliqlarda shi-
kastlanishlarga chidamlilik turlicha bo‘ladi, pelyad, oq va ola
peshanado‘ng baliqlar va gulmohi juda ham og‘ir o‘tkazishadi.
Shu sababli ularda ommaviy ravishda o‘lim kuzatilishi mumkin.


240
Baliqlarning shikastlanish omillariga yirtqich baliqlar, ha-
sharotlarning lichinkalari, parrandalar va baliqlarning boshqa
dushmanlari, suvdagi o‘simliklarning zichligi, shuningdek, baliq-
larni gidroqurilmalar orqali o‘tkazish ham muhim o‘rin egallaydi.

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin