19
bo‘ladi. Akula va lappakbaliqlarning erkagida qo‘shiluv a’zosi
borligidan ularning jinsiy dimorfizmi yaqqol ko‘rinib turadi.
Qarmoqchibaliqning jinsiy dimorfizmi juda alomat. Uning mitti
erkagi urg‘ochisining tanasiga og‘zi bilan yopishib olgan holda
yashaydi. Erkagi urg‘ochisini urug‘lantiradi, urg‘ochisi esa uni
boqadi. Urchish arafasida ko‘pgina baliqlar, chunonchi, sulay-
monbaliqlarning erkagida «nikoh libosi» paydo bo‘ladi. Bu narsa
baliqning urchish davrida kuchli rivojlangan
jinsiy bezlaridagi
gormonlar ta’siri natijasida yuzaga keladi. Jinsiy dimorfizm ba’zi
baliqlarning urchish davridagi xulqlarida ham ko‘rinadi.
1. Mamlakatimizda ovlanadigan baliqlarning asosiy qismini qaysi tur-
dagi baliqlar tashkil etadi?
2. Baliqlarning yoshi qaysi usullar orqali aniqlanadi?
3. Oziqlanish usuliga ko‘ra baliqlar qaysi turlarga bo‘linadi?
4. Baliqlarning jinsiy dimorfizmi haqida so‘z yuriting.
Dostları ilə paylaş: