162
Masalan, yurak normaga nisbatan 2,5 marotaba, jigar esa hatto
10 marotabagacha kattalashganligini ko‘ramiz, so‘ngra esa
degenerativ jarayonlarning rivojlanishi
oqibatida zararlangan
organlarning hajmi ancha kichrayadi. Bunda yurakning devori
qattiq, ushlab ko‘rilganda g‘adir-budur bo‘ladi.
Parenximatoz organlarda, mushaklarda, teriosti biriktiruvchi
to‘qimada yumaloq yoki noaniq shaklga ega bo‘lgan jigarrang
tusdagi donachalarni uchratish mumkin. Ba’zan qobig‘i yoril-
gan sistalarni ham uchratamiz. Jigar va qorin devorining ichki
qatlamida donachalar (donador tuzilishga ega) turli rivojlanish
bosqichidagi tuxumdonni eslatadi.
Òashxis kompleks ravishda: epizootologik ma’lumotlar, kli-
nik
belgilar, patanatomik o‘zgarishlar
hamda mikroskopik va
mikologik tekshiruv natijasi asosida qo‘yiladi. Mikroskopik tek-
shiruvda zararlangan organda zamburug‘lar yaxshi ko‘rinadi,
uning biriktiruvchi kapsula bilan o‘ralgan yumaloq tanasini tezda
va oson topishimiz mumkin.
Mikologik tekshirishda zararlangan
organlardan birlamchi
posevlar, ekib-o‘stirib ko‘rish jelatina yoki bulyonda o‘tkaziladi.
Sun’iy oziqaviy muhitlarga — jelatina, MPB, 1% li qoramol zar-
dobi quyilgan agarda zamburug‘lar yaxshi o‘sadi,
yumaloq
tanachani hosil qiladi, ulardan esa giflar tarmoqlanadi.
Davolash usullari ishlab chiqilmagan.
Oldini olish va qarshi kurashish tadbirlari. Ixtiosporidioz kelib
chiqqan paytda, birinchi navbatda, uning boshqa suv havzalarida
tarqalib ketmaslik choralarini ko‘rish
zarur hamda infeksiya
manbayini yo‘qotishga qaratilishi lozim. Buning uchun nosog‘-
lom xo‘jaliklarda karantin o‘rnatiladi. Nosog‘lom xo‘jaliklarning
suvlarida erkin xlor konsentratsiyasi 5—8 mg/
l atrofida yaratiladi,
suv
havzalarining, hovuzlarning ostidagi
loyqalar xlorli yoki
so‘ndirilmagan ohak bilan dezinfeksiya qilinadi (25—30 s/ga) va
quritiladi.
Dostları ilə paylaş: