Bank hisobi va audit


-MAVZU. MIJOZLARGA HISOBVARAQ OCHISH VA YURITISH



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/175
tarix22.12.2022
ölçüsü1,89 Mb.
#121664
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   175
Banklarda buxgalteriya hisobi [@iqtisodchi kutubxonasi]

5-MAVZU. MIJOZLARGA HISOBVARAQ OCHISH VA YURITISH 
TARTIBI.
Reja: 
1. Banklarda ochiladigan hisobvaraqlarning turlari.
2. Mijozlarga hisobvaraq ochish tartibi.
3. Mijozlarning hisobvaraqlarini yuritish tartibi.
4. Hisobvaraqlarni qayta rasmiylashtirish, boshqa bankka o’tkazish va 
yopish tartibi, qayta rasmiylashtirish, boshqa bankka o’tkazish va yopish 
tartibi. 
 
Tayanch so‘z va iboralar: Depozit hisobvarag‘i, talab qilinguncha 
saqlanadigan depozit, muddatli depozit, jamg‘armali depozit, ariza, nizom, imzolar 
va muhr namunasi, identifikatsiya raqami, shartnoma, hisobvaraqlar nomeri, milliy 
valutada ochilgan hisobvaraq, chet el valutasida ochilgan hisobvaraq, maxsus xos 
raqam, valuta kodi. 
 
1.Banklarda ochiladigan hisobvaraqlarning turlari. 
“Naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil etish” haqidagi Markaziy bank 
ko‘rsatmalariga asosan mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, har bir korxona
tashkilot va muassasalar o‘z faoliyatlarini boshlashdan avval tijorat banklarining 
birida talab qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlarini ochishlari lozim. Bu 
mijozlarga bankda ochilgan bank hisobvarag‘i hisoblanadi. 
Bank hisobvarag‘i - bank hisobvarag‘i shartnomasini tuzish orqali bank 
mijoz hisobvarag‘iga kelib tushgan pul mablag‘larini qabul qilish va shu 


47 
hisobvarag‘ga kiritish, mijozning hisobvarag‘idagi tegishli mablag‘larini 
o‘tkazish hamda hisobvaraq bo‘yicha boshqa operatsiyalar bajarishi 
to‘g‘risidagi farmoyishlarini bajarish vazifasini o‘z zimmasiga olishi 
natijasida bank bilan mijoz o‘rtasida vujudga keladigan huquqiy 
munosabatlardir. 
Bank hisobvarag‘ini ochish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
tomonidan 2009-yil 16-mart 7/2-sonli qarori bilan tasdiqlangan ‘‘O‘zbekiston 
Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnoma
(Adliya vazirligida 2009-yil 27-aprelda davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi) va unga 
kiritilgan o‘zgarishlar asosida tashkil etiladi. 
Bank hisobvaraqlari quyidagi turlarga bo‘linadi:

talab 
qilinguncha 
saqlanadigan 
(muddatsiz) 
depozit 
hisobvaraqlari; 

jamg‘arma depozit hisobvaraqlari; 

muddatli depozit hisobvaraqlari; 

depozitlarning boshqa turlari (akkreditivlar bo‘yicha, muddatsiz, 
foizsiz depozitlar) bo‘yicha hisobvaraqlar; 

ssuda hisobvaraqlari. 
Talab qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlari mulkchilik shaklidan 
qat’iy nazar, jismoniy va yuridik shaxslarga ochiladi. Xususan, qishloq xo‘jaligi 
korxonalari va savdo tashkilotlarining o‘z mablag‘larini saqlash va joriy 
operatsiyalarni bajarishi uchun mo‘ljallangan maxsus hisobvaraqlari ham shular 
jumlasidandir.
Budjet muassasalariga respublika va mahalliy budjet hisobidan ajratiladigan 
mablag‘larni keltirish hamda shu mablag‘lardan foydalanish uchun ularga talab 
qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlari ochiladi. 
Bank tizimi faoliyatining jahon standartlariga o‘tkazilishi munosabati bilan 
juda ko‘plab o‘zgarishlar kiritildi. Masalan, korxona va tashkilotlarning 
operatsiyalari o‘tkaziladigan hisob-kitob hisobvaraqlari “talab qilinguncha 
saqlanadigan depozit” hisobvaraqlari deb nomlandi. Bu hisobvaraqlarni nomerlash 
tartibi ham o‘zgardi. Mijozlar hisob-kitob va kassa xizmatlaridan foydalanish 
uchun banklarni mustaqil ravishda tanlaydilar. Har bir mijozga milliy va xorijiy 
valutada talab qilinguncha saqlanadigan asosiy depozit hisobvaraq faqat bitta 
bankda ochiladi.
Tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari bo’lgan rezident yuridik shaxslar, yakka 
tartibdagi tadbirkorlar hamda dehqon xo’jaliklari tomonidan milliy valyutada talab 
qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochish uchun bankka quyidagi xujjatlarni 
taqdim etishlari lozim: 

hisobvaraq ochish uchun ariza; 

tijorat faoliyati uchun mo’ljallangan tovarlarni xorijdan olib keluvchi yakka 
tadbirkorlar-yashash joyi bo’yicha davlat soliq xizmati idorasi tomonidan berilgan 
“Tijorat faoliyati bo’yicha tovarlarni olib keluvchi tadbirkor davlat ro’yxatidan 
o’tganligi to’g’risida” guvohnoma nusxasi;


48 

davlat ro’yxatidan o’tganligi to’g’risidagi guvohnoma nusxasi;

imzolar va muxr izi namunalari tushirilgan 2-nusxada varaqcha; 

ta’sis xujjatlari va unga kiritilgan o’zgarishlar; 

mijoz tomonidan pul-hisob kitob xujjatlarini imzolash vakolatiga ega 
bo’lgan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi xujjati. 
Shaxsni tasdiqlovchi xujjat ko’rsatilganda bank tomonidan uning 
kseronusxasi olinadi va mijozga qaytarib beriladi. 
Demak, yuqorida sanab o‘tilgan barcha hujjatlarning har biri ma’lum 
maqsadda tuzilib, hammasi birgalikda korxona rahbari tomonidan bank 
boshqaruvchisiga topshiriladi. Bu hujjatlar bank huquqshunosi, boshqaruvchisi 
tomonidan o‘rganib chiqilgandan so‘ng hisobvaraq ochish uchun ruxsatni bank 
boshqaruvchisi beradi. Boshqaruvchi hisobvaraq ochish uchun roziligini arizaga 
maxsus ajratilgan joyga o‘z imzosini qo‘yish orqali bildiradi.

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin