91
Kreditlarning qaytishi ma’lum riskni talab qiladi. Shu sababli banklarda
kreditlar bo‘yicha zararlarni qoplash zaxirasi tashkil etiladi. Xususiy korxonalariga
va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha zararlarni qoplash
zaxirasining hisobini olib borish uchun 13199 balans hisob raqami ochiladi. Unda
bankning xususiy firmalar, shirkatlar, jamoa xo‘jaliklari hamda korxonalari,
korporasiyalariga bergan qarzlari undirib olinmay qolishi mumkin bo‘lgan qismi
bo‘yicha ko’riladigan zararlarni qoplash uchun yaratilgan zaxiralar hisobi olib
boriladi. Analitik hisob har bir mijoz va kredit turlari bo‘yicha alohida shaxsiy
hisobvaraqlarda aks ettiriladi. Boshqa mulkchilik shakllariga tegishli bo‘lgan
korxona, tashkilot, firma, bank va boshqalarga kredit berish va berilgan kreditlarni
qaytarish bo‘yicha operasiyalar ham xuddi shu tarzda amalga oshiriladi. Faqat
tegishli hisobvaraqlar tizimi ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: